Agar yozuvlar faqat bosma harflarda yozilsa, so’zning birinchi harfi ham boshqa harflar singari bir xil balandlikda yoziladi. Yozuvlar kichik shriftlarda yozilsa, ularning yozma harflarda yozish tavsiya etiladi. Bu holda so’zning birinchi harfi bosma harfda yozilib, yo’g’onlashtirilmaydi. Yozuvlarda uchraydigan raqamlarning balandligi bosma harflarning balandligiga teng bo’ladi. Injenerlik grafikasida asosan B turdagi qiyaligi 75o ga teng bo’lgan shriftlar ishlatiladi. Lotin alifbosidagi shriftlarning h-10 balandlikdagi namunasi yuqorida ko’rsatilgan, pastda esa, kichik shriftlarning namunalari va raqamlarning yozilish namunalari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |