Operacion tizim tushunchasi va ularning turlari
Operatsion tizimlar (OT) kompyuter apparat vositalari ish jarayonini tashkil qilish, axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o`rtasidagi o`zaro aloqani ta`minlash, amaliy dasturlarning ishlashini ta`minlash vazifalarini bajaradi.
OT ning vazifalaridan biri axborotning kirish chiqish jarayonini avtomatlashtirish foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarni bajarishni boshqarishdir. OT kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi, to`g’ri hisoblashlarga xalaqit beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi, qiyinchiliklar paydo bo`lganda nima qilish zarurligi haqida ko`rsatma beradi.
Operacion tizimlarga misol qilib quyidagilarni atishimiz mumkin:
MS DOS
OS/2
UNIX
Linux
Windows
Windows CE.NET
QNX Neutrino
OS-9
MS DOS va OS/2 operacion tizimlari bir vazifali OT bo’lib, vazifalar buyruq kirtish orqali bajariladi. Uning interfeysi juda sodda ko’rinishga ega va foydalanuvchilar uchun noqulayliklar tug’diradi. Ushbu OTlarga bo’lgan talab hozirda kamayib bormoqda.
UNIX va Linux OTlari asosan tarmoq uchun mo’ljallangan bo’lib, asosan server kompьyuterlarida o’rnatiladi.
Hozirgi vaqtda Windows tizimdan keng foydalanilmoqda, shuning uchun quyida biz ushbu OTga ko’proq to’xtalamiz.
WINDOWS muhiti foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan ko’pgina imkoniyatlarga ega bo’lgan programmadir. U MS DOS OC imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
WINDOWS muhitida ishlash natijasida foydalanuvchi ko’pgina qulayliklarga ega bo’ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko’chirish, qayta nomlash, o’chirish va xokazo amallar tezda va yaqqol bajariladi. SHu bilan birga bir paytning o’zida bir necha kataloglar bilan ishlash imkoniyatiga ega.
Bu dastur bir paytning o’zida bir necha masalalarni echish, ixtiyoriy printer va displey bilan, MS DOS programmalari bilan ishlash qobiliyatiga ega.
Yagona interfeysga, yahni WINDOWS turli versiyalari va programm ilovalari bilan ishlashning standart qoidalariga ega ekanligi muximdir. Hozirgi kunda WINDOWS millionlab foydalanuvchilar ehtiborini o’ziga jalb etdi. Mcrosoft firmasi WINDOWSni takomillashtirish borasida doimo ishlamoqda. SHu bilan birga turli programm ilovalarining yaratilishi WINDOWS ning imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Bu MICROSOFT WORD, PAGE MAKER, EXCEL, COREL DRAW va boshqalardir.
Windows XP (experience)- operacion tizimi grafik interfeysga ega bo’lgan, 64-razryadli (64-Bit Edition) ko’p masalali, ko’p foydalanuvchili va yuqori tezlikka ega bo’lgan zamonaviy operacion tizimdir. U AQSH-ning Microsoft korporaciyasi tomonidan 2001 yilda ishlab chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |