Real vaqtdagi operacion tizimlar.
Avtomatlashtirilgan tizimlar ish unumdorligining yaxshilanishiga DMK yoki kompьyuterlar tezligining ta’siri juda kattadir. Ushbu tezlikni kiritish-chiqarish modullarining tezkorligi, va kompьyuter mikroprocessori ta’minlaydi. Bu tizimlarning dinamik xarakteristikalarini yaxshilashga yordam beradi, lekin ko’pchilik operacion tizimlar bir vaqtni o’zida qo’yilgan masalalarni echishga qodir emaslar, ya’ni bajarish vaqti tasodifiy miqdordir. Ba’zi hollarda berilgan vazifalarni bajarishda vaqtni oldindan ayta olmaslik, tizim qotib qolishiga, ishdan chiqishiga olib keladi.
Masalan, avtomat konveyer shishalar sonini sanamoqda. Agar shishalar datchiklar qarshisida har 1 sekund oralig’ida paydo bo’lib, shishaning paydo bo’lishiga nisbatan tizim reakciyasi 0,7 sekund bo’lsa tizim ishga yaroqli hisoblanadi. Agar 1 sekunddan kechiksa, shishalar sonining tasodifiy xatoliklari yuzaga keladi, ya’ni tizim ishdan chiqadi.
Ushbu xatolikni tuzatish, masalalarni echishga sarflanadigan tasodifiy vaqt va apparat uzilishlariga reakciya vaqtini ta’minlash uchun operacion tizimlar sinfi ishlab chiqilgan. Bunday operacion tizimlar real vaqtdagi operacion tizimlar degan nom olgan va qattiq real vaqtdagi hamda yumshoq real vaqtdagi operacion tizimlarga bo’lingan. Real vaqtdagi operacion tizimlarning ajralib turuvchi belgisi bu masalalarni echishga ketadigan vaqt emas, balki ushbu vaqt kattaligining doimiyligini kafolatlanishidir.
Qattiq real vaqtdagi vaqtdagi operacion tizimlar oldindan ma’lum bo’lgan vaqtda masalalarni bajarilishini kafolatlaydi. Yumshoq real vaqtdagi operacion tizimlarda esa bajarish uchun sarflanadigan vaqt noaniqligini tuzatish, sozlash uchun asosiy choralar ko’rilgan bo’ladi.
Real vaqtdagi rejimni ta’minlash uchun operacion tizimlarda quyidagilar mavjud bo’lishi kerak:
ko’pmasalali rejimlarda (vazifalarni bajarish jarayonida o’zgartirish mumkin bo’lgan) dinamik prioritetlarning qo’llab quvvatlanishi;
prioritetlarni meros qoldirish imkoniyati;
operacion tizim yadrosi orqali vazifalarni aniqlab olish imkoniyati;
operacion tizimlarga servis xizmat ko’rsatish.
Odatda real vaqtdagi operacion tizimlarda virtual xotira bo’lmaydi, bu usul vazifalarni bajarish uchun sarflanadigan vaqtni aytib bo’lmaydigan tizimlarda uchraydi.
DMK va kompьyuterlarda avtomatlashtirish masalalarini echish uchun kengroq tarqalgan operacion tizimlarga Windows CE, QNX Neutrino va OS-9 real vaqtdagi operacion tizimlar misol bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |