Manbalar
Ijtimoiy munosabatlarni o`rganish uchun asosiy manba bo’lib, diniy-ahloqiy
majburiyat-draxmalar («Manu qonunlari») siyosat san'ati to’grisidagi (Artxashastra),
muhabbat to’g`risidagi (Kamasutra) maxsus traktatlardan foydalaniladi. Bu manbalarda
fikrlar sxolastik, an'anaviy ruhda bayon qilingan, shu bilan birga bu asarlar qachon va
qayerda tuzilganligini aniqlash mumkin emas. Tarixiy voqealar adabiyotda kam tilga
olinadi. U ko’p hollarda yarim afsonaviy kissalarda aks etadi. Yilnomalar eramizning I
asrlarida Seylondagi budda monastirlarida tuzilgan va boshqa asosan budda ta'limotiga
oid siyosiy-xo’jalik hujjatlari bo’lgan. Davlat va xususiy arxivlar yetib kelmagan.
Hujjatlar palma daraxti barglari, po`stloq yoki mato parchasi kabi murt asosda yozilgani
uchun saqlanmagan.
Bizgacha faqat eramizdan avvalgi III-II ming yilliklarga oid o’qish qiyin bo’lgan
Hind sivilizatsiyasiga oid muhrlardagi qisqa yozuvlar va Ashoki davri (er. avv. III asr)
yozuvlarigina yetib klgan.
Qadimgi Hindistonda qurilish materiali sifatida asosan yog`och ishlatilgan. Tosh va
bronza haykaltaroshligi keyingi asrlardagina paydo bo’lgan. Yana shuningdek, Hind
qadimiy obidalarini o`rganish asoan XX asrda boshlandi. Faqat ozgina shaharlar,
Moxenjo-Daro, Xarappa katta maydonlarda qazib ochilgan.
Janubiy Osiyo tarixini o`rganish XVII oxiridan aniqrog`i, 1784 yil Kalkuttada
sharqshunoslarning birlashmasi Osiyo jamiyatiga asos solinishidan boshlandi. XVIII asr
oxirida
sanskrit
adabiyotining
yodgorliklari:
«Manu
qonunlari»,
Kalidasining
«Shakuntali» dramasi, falsafiy poema «Bxagavagita» tarjima qilindi.
Nemis tadqiqotchilari Hindistonda jahon madaniyatining ildizini qidirdilar. XIX
asrning birinchi yarmida sanskrit tilining qadimgi fors, lotin va yunon tillari bilan
qarindoshligi nazariyasi ilmiy asoslandi. XIX asrning o’rtalarida va ikkinchi yarmida
hind adabiyotning yodgorliklari asosan vedalarni tarjima qilish va chop qilish yuzasidan
muhim ishlar qilindi. Jumladan, Sharqning muqaddas kitoblari 50 tomli (Oksford
universitetida Maks Myuller asos solgan) seriya, ko’p tomli sanskrit lug`atlari paydo
bo’ldi. XIX asrning oxirida T.Ris, Devids pali tilidagi matnlarini o’rganish va chop
etish jamiyatini tashkil etdilar.
XIX asrning 70-yillari XX asrning boshlarida Hindistonda arxeologik qazishlar
boshlandi. Asrimizning 20-30 yillarida janubiy Osiyoning eng qadimgi hind
sivilizasiyasi ochildi. XX asr boshlarida hindshunoslikning umumiy konsepsiyasida
yevrosentrizm an'anasi kuchli edi. Qadimgi hind jamiyati turg`un, mustaqil taraqqiyotga
qobiliyatsiz, hind davlati teokratik va despotik, tafakkur chalg`itilgan va faqat diniy deb
talqin qilindi. Hindistonga makedoniyalik Iskandarning yurishini siyosiy ahamiyati
burttirib ko’rsatildi. Xind madaniyatining muxim yutuqlari (epik asarlar, poeziya, teatr)
yunonlardan o’zlashtirilgan deb ko’rsatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |