Yangi mavzu bayoni
Bolajonlar sizlar bilan bugun “Aqlli qarg`a” nomli hikoya haqida suhbatlashamiz.
O`qituvchi Abdulla Avlonoy haqida qisqacha ma`lumot beradi va hikoyani ifodali qilib o`qib, mazmunini o`quvchilar bilan muhokama qilishadi.
Ekranga qarg`a va ko`za rasmi chiqariladi. O`quvchilar ketma-kelikda hikoyani ifadali o`qishni boshlaydi. Matnda uchragan notanish, tushunarsiz so`zlar yuzasidan lug`at ishi olib boriladi.
Lug`at ishi:
Jazirama – juda issiq havo
Tashnalik – suvsizlik
Quvnoq daqiqa o`tkaziladi
Yangi mavzuni mustahkamlash
O`quvchilar bilan “O`rmonda va hovlida” o`yini o`tkaziladi: O`quvchilar ikki guruhga bo`linadilar. Ular ikki ustunga o`rmonda va hovlida o`sadigan daraxtlarning nomini yozadilar:
1-guruh: 2-guruh:
O`rmonda Hovlida
Darslikda berilgan hikmatli gapni o`qituvchi o`qiydi va o`quvchilar bilan tahlil qiladi. Dars oxirida o`quvchilar bilan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkazilib, xulosa chiqariladi.
Qarg`a jaziramada nega qiynalibdi?
Ko`zadagi suvni ichish uchun qarg`a qanday yo`l tutdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |