Amaliy mashg‘ulot materiallari



Download 45,3 Kb.
bet1/2
Sana25.02.2022
Hajmi45,3 Kb.
#463234
  1   2
Bog'liq
1-mavzu


AMALIY MASHGULOT MATERIALLARI
1-mavzu: «O‘zbek tilining amaliy uslubiyati» fanining
maqsad va vazifalari. Nutqning vazifaviy uslublari
REJA:
1. O‘zbek tilining amaliy uslubiyati kursi haqida umumiy ma'lumot.
2. «O‘zbek tilining amaliy uslubiyati» fanining maqsad va vazifalari.
3. Nutqning vazifaviy uslublari.
Tayanch so‘z va iboralar: til me'yorlari, talaffuz, urg‘u, uslubiyat, grammatika, grammatik kategoriyalar, lisoniy vositalar, leksikologiya, semasiologiya, mantiqshunoslik (logika), ruhshunoslik (psixologiya), lug‘atshunoslik (leksikografiya), tasviriy vositalar, ellipsis.
Darsning maqsadi: talabalarga “O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanining ahamiyatini tushuntirish, ularni nutqning vazifaviy uslublari bilan tanishtirish.
O‘zbek tilining amaliy uslubiyati – til me'yorlarini egallash, ya'ni talaffuz, urg‘u, so‘z ishlatish, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilish, shuningdek, tilning tasviriy vositalaridan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish, ifodali o‘qish madaniyatini egallashni nazarda tutadi.
O‘zbek tilining amaliy uslubiyati – amaliy jihatdan omma nutqining xilma-xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan. Ushbu fan tilshunoslikning nazariy kurslaridan olingan bilimlarga tayangan holda to‘g‘ri va ravon nutq tuzish qonuniyatlari, sirlari, til, til me'yorlari, nutq, nutqiy sifatlar, nutq uslublari, nutqda uchraydigan kamchilik va xatolar, nutqiy asar ko‘rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolarni tahlil qiladi.
Amaliy uslubiyat fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – talabalarda til vositalaridan o‘rinli va samarali foydalana olish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, tilning uslubiy imkoniyatlarini, leksik, fonostilistik va grammatik uslubiy xususiyatlarini to‘liq o‘rgatish, ularni amalda to‘g‘ri qo‘llay bilish hamda nutq uslublarini farqlashga yordam berishdir.
Fanning vazifasi – o‘zbek adabiy tilining uslubiy yo‘nalishlarini, tilga xos nazariy qarashlarini amalda to‘g‘ri qo‘llash, tilda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga e'tibor bergan holda o‘z fikrini og‘zaki va yozma nutq shakllari orqali to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatadi.
Tilning so‘z boyligini, uning sinonim, antonim, omonimlar sistemasini, har bir so‘zning o‘ziga xos ma'no va grammatik xususiyatlarini, ularning o‘zaro munosabatlarini yaxshi bilish – nutqning tozaligi, ta'sirchanligi, ifodaliligi, qisqaligi kabi ko‘pgina boshqa aloqaviy sifatlarni ham ta'minlaydi.
Demak, tilning lug‘at tarkibini yaxshi bilmasdan turib, boy nutqga erishib bo‘lmaydi. O‘zbek tilining amaliy uslubiyati ilmiy tarmoq sifatida lug‘atshunoslik (leksikografiya) bilan o‘zaro uzviy aloqadorligini ko‘rsatadi.
Fikrni ona tilida mustaqil, ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda etish uchun insonda nutqiy madaniyat yetarli darajada bo‘lmog‘i lozim.
Zero, amaliy uslubiyat tildan bemalol va maqsadga muvofiq tarzda foydalana olishni ta'minlaydigan ko‘nikma, malaka va bilimlarning jami demakdir.
O‘qituvchining asosiy quroli uning tili, nutqi ekan, bu quroldan samarali foydalanish zarur. So‘z bir yoki bir nechta ma'noda bo‘lishi mumkin. So‘z ma'nolarining qaysi biri hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun me'yor ekanligini belgilash semantik me'yor hisoblanadi. So‘zlarning ma'nosi tilning izohli, ikki tilli va atama lug‘atlarda o‘z ifodasini topadi.
Adabiy tilning uslubiy me'yori til birliklarining nutqda vaziyat ko‘zda tutilgan maqsaddan kelib chiqib eng ma'qulini qo‘llash zaruriyatidan paydo bo‘ladi. Shu ma'noda uslubiyat deganda, so‘z qo‘llash mahorati ham tushuniladi.
Ushbu taqdim qilinayotgan qo‘llanma – talabalarda matnni uslubiy tahlil qilish ko‘nikmasini vujudga keltiradi, sinonimik vositalardan to‘g‘ri foydalana olishga yordam beradi, til vositalarining uslubiy bo‘yoqdorligini aniqlashda tilni his qilish qobiliyatini rivojlantiradi, turli nutq uslublaridan hamda o‘zbek tilining turli ifoda vositalaridan amaliy foydalanish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bizning maqsadimiz amaliy uslubiyat kursi bo‘yicha nazariy ma'lumotlarni mustahkamlash, talabalarga matnni uslubiy tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘zbek tilining so‘z turkumlari va sintaktik vositalaridan, shuningdek, nutqning bayoniy-ifodaviy vositalaridan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Nutq uslublari deganda, til uslublarining aloqa jarayonida qo‘llanilishi tushuniladi. Boshqacha aytganda, nutq uslublari til uslublarining harakatdagi shaklidir. Til boyliklarini tanlab ishlatishga qarab nutq ko‘rinishlari bir necha turga ajratiladi. Ana shu xilma xillik nutq uslublari deb ataladi. Nutq uslublari aloqaning maqsadga muvofiq amalga oshishi natijasida so‘zlovchining til boyliklaridan tanlab foydalanishi tufayli shakllangan nutq ko‘rinishidir.
Hozirgi vaqtda tilshunoslikda til uslublari tasnifida vazifaviy uslublar tan olinadi. Har bir alohida olingan uslub o‘zining uslubiy buyog‘i bilan boshqa uslublar uchun xos bo‘lgan til birliklaridan farq qiladigan, u yoki bu darajada ular bilan uslubiy raqobat hosil qiladigan ma'lum bir tizimga ega bo‘ladi. Til uslublari quyidagi turlarga ajratiladi:
1. So‘zlashuv nutqi uslubi.
2. Ilmiy uslub.
3. Rasmiy uslub.
4. Publitsistik (ommabop) uslub.
5. Badiiy nutq uslubi.



Download 45,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish