Amaliy mashg‘ulot №8 Mavzu: Pokovka og‘irli uni boshqarish va zarur rejimiga rostlash



Download 28,96 Kb.
Sana24.06.2022
Hajmi28,96 Kb.
#698236
Bog'liq
Amaliy 8

Amaliy mashg‘ulot №8

Mavzu: Pokovka og‘irli uni boshqarish va zarur rejimiga rostlash


Ishdan maqsad: Pokovka og‘irli uni boshqarish va zarur rejimiga rostlashni o‘rganish

Nazariy ma’lumotlar


Metall buyumlarni o‘zaro erigan kavsharlar bilan biriktirib, ajralmaydigan birikmalar olish texnologik jarayoniga kavsharlash deyiladi. Kavsharlarning suyuqlanish temperaturasi kavsharlanuvchi metall buyumlarning suyuqlanish temperaturasidan past bo‘ladi. Kavsharlash metall buyumlarni eritib, payvandlashga bir oz o‘xshasa-da, kavsharlashda metall buyumlarning kavsharlash joylari erimaydi. Amaliyotda bu har ikkala usulni, masalan, mis va latunь buyumlarnii mis kavsharlar bilan kavsharlashda chegarasini ajratish kiyin. Kavsharlab, sifatli va arzon birikmalar olishda metall buyum va kavshar o‘zaro erishi va diffuziyalanishi, kavsharlanuvchi yuzalarning tozaligi, tekisligi, kavsharning yuza bo‘ylab oqishi bilan yaxshi ho‘llashi kabi kator texnika va niqtisodiy ko‘rsatkichlar roli muhim. Odatda, kavsharlar turli rangli metall qotishmalardan iborat bo‘ladi. Ayniqsa, evtektik qotishmalar suyuqlanish temperaturasining pastligi, suyuqlanish boshlanishi va tutash temperaturalari intervalining kichikligi qo‘l keladi.
Kavsharlashda kavsharlanuvchi metall buyumlarni kavsharlash joylari sirtlaridagi oksidlar, moy va kirlarni ajratish, bu yuzalarni oksidlanishdan himoyalash, sirt yuza tortishlarini kamaytirish, yaxshi oqib yuza xo‘llashini yaxshilash uchun flyuslardan foydalaniladi.
Metall buyumlarni kavsharlash boshqa ajralmaydigan birikmalar olish usullariga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega:
1. Metall buyumlarni kavsharlash joylarining erimasligi, kimyoviy tarkibining o‘zgarmasligi, strukturasi va mexanik xossalarining saqlanishi.
2. Metall buyumning kavsharlanadigan joylari toza, tashqi ko‘rinishi yaxshi, shakli va o‘lchami o‘zgarmasligi, ichki zo‘riqish kuchlanishlar yuqligi va ko‘shimcha ishlovlar talab etmasligi.
3. Har xil metall buyumlarni puxta kavsharlash imkoni borligi.
4. Kavsharlash jarayonining mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi.
Yuqorida qayd etilgan asosiy afzalliklariga ko‘ra, bu usuldan uglerodli va legirlangan po‘latlarning barcha markalarini, kattiq qotishmalarni, cho‘yanlar, rangli metallar va ularning qotishmalari, shuningdek, nodir metallardan tayyorlangan buyumlarni kavsharlashda, mashinasozlik sanoatida mashina, mexanizmlar detallari tayyorlashda keng foydalaniladi.
Kavsharlar suyuqlanish temperaturasiga ko‘ra yumshoq va qattiq xillarga ajratiladi:
1. Yumshok kavsharlar. Bu kavsharlarning suyuqlanish temperaturasi 400°S dan past bo‘ladi. Odatda, bu kavsharlarning cho‘zilishga puxtaligi 5—7 kg.k/mm2 dan ortmaydi. Bu kavshardan 200°S temperaturadan ortiq bo‘lmagan sharoitda ishlaydigan metall buyumlarni kavsharlashda foydalaniladi.
2. Qattik kavsharlar. Bu kavsharlarning suyuqlanish temperaturasi 500°S dan yuqori, cho‘zilishga puxtaligi 50 kg.k/mm2 gacha bo‘ladi.
Bu kavsharlardan 200°S temperaturadan ortik bulgan sharoitda ishlaydigan metall buyumlarni kavsharlashda foydalaniladi. 5.1—5.2-jadvallarda yumshoq va qattiq kavsharlarning kimyoviy tarkibi, suyuqlanish, qotish temperaturalari va qo‘llanish sahalari keltirilgan.
Yuqorida qayd etilganidek, flyuslar kavsharlanuvchi metall buyumlarni kavsharlash yuzasidagi oksid pardalarni eritib tozalash bilan bu yuzalarni oksidlanishdan saqlaydi. Ularning suyuqlanish temperaturasi va zichligi kavsharlarnikidan past bo‘lishi, kavsharlanuvchi metall buyumlar bilan birikmasligi, kuymasligi, korroziyaga berilmasligi kerak, flyuslar sifatida xlorid kislotaning suvdagi eritmasidan, rux bilan tuyintirilgan xlorid kislota ZnCl2, bura Na2B4O7, ammoniy xlorid (nashatir) NH4Cl, kanifol va boshqalardan foydalaniladi.
Masalan, xlorid kislotaning suvdagi eritmasini tayyorlash uchun ko‘zoynak taqib, qo‘lqop kiyib ehtiyotlik bilan kislotali idishga oz-oz suv quyib boriladi. Undan bug‘ ajralish tugagach, suv quyish to‘xtatiladi. SHunday qilib, eritma tayyor bo‘ladi.
Metall buyumlarni kavsharlashning turli usullari (gaz alangasida qizdirishda, sirtiga flyus qatlami suyultirilgan kavshar yoki tuzli vannaga tushirish bilan, elektr tokda kavsharlash joylarini qizdirish)da turli uskuna va asboblardan foydalaniladi.
O
datda, yumshoq kavsharlarda metall buyumlarni kavsharlashda ko‘proq kaviyalardan foydalaniladi. Kaviyalarning ish qismi misdan yasalgan bo‘lib, shakli biriktirish shakliga mos bo‘lishi, o‘lchami shunday bo‘lmog‘i kerakki, tez sovimasdan kavsharlash joylarini zarur temperaturaga qizdirishi bilan ishlatishga qulay bo‘lmog‘i kerak. 18.1-rasmda koviyalarga misollar keltirilgan.
18.1-rasm. Koviyalar.
a – bolg‘asimon, b – qirrali, d – elektrik.

Hisobot mazmuni


1. Mavzu.
2. Ishdan maqsad.
3. Qisqacha nazariy ma’lumot.
4. Xulosa
Download 28,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish