Amaliy mashg‘ulot №6 Shag‘al ishlab chiqarish texnologiyasi Ishning maqsadi Ushbu amaliy mashg‘ulotning maqsadi talabalarga shag‘al ishlab chiqarish texnologiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar berish.
Ishning nazariy asoslari Shag‘al deb, yirikligi 5 mm dan (ba’zida 3 mm) 70 mm (ba’zida undan ham yuqori) gacha tog‘ jinsi tosh bo‘laklariga aytiladi.
Shag‘al donasi yuqori darajali jinslar bo‘lgan granitlar, gneyslar, diabazlar, oxaktoshlar va qum-tuproqlardan iborat bo‘ladi.
Dengiz qirg‘oqlarida va daryo havzalarida mavjud shag‘al donalari o‘ta silliq yuzali bo‘lib, tuxumsimon yoki oval disk shaklida bo‘ladi, betonda sement toshi bilan yomon bog‘lanadi. Shu sababli, shag‘al tosh mustahkamlik chegarasi 30 MPa dan ortiq bo‘lmagan betonlarda qo‘llanadi. Shag‘alning yirik fraksiyalari chaqiq tosh olish uchun maydalashda ishlatiladi.
Ba’zi holatlarda shag‘alning yumaloq shakldagi donasi chaqiq toshga nisbatan samaralidir. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida o‘ta harakatchan va yuqori joylashuvchan beton qorishmasi olish mumkin.
Shag‘al asosan qum-shag‘al konlarni qayta ishlashda olinadi. Qum-shag‘alli aralashmada shag‘alning massa ulushi o‘rtacha 30-40 % ni tashkil etadi.
Qum-shag‘alli konlarni ochish va qayta ishlashni tashkil etish yuqorida aytib o‘tilgan qum konlarini qayta ishlash usullaridan kam farqlanadi.
Qum-shag‘alli konlarni qayta ishlashda qum alohida va shag‘al standart fraksiyalarga ko‘ra donalari yirikligi bo‘yicha alohida ajratiladi.
Hozirgi vaqtda qazib olinayotgan qum-shag‘alli aralashmalar hamma vaqt ham navlarga ajratilmaydi. Ularni bevosita beton tayyorlashda ishlatiladi. Bu qulay, arzon va ba’zan maqsadga muvofiq bo‘lib, bunda qum-shag‘alli aralashmaning donadorlik tarkibi beton uchun optimalga yaqin bo‘lishi shart.
Biroq ko‘p hollarda navlarga ajratilmagan qum-shag‘alli aralashmani betonda qo‘llashda betonning sifati tushadi va sement sarfi oshadi.
Qum-shag‘alli aralashmalar, shag‘al va qumni alohida ishlatishga qaraganda qavatlanishga moyildir. Shu sababli ular bir jinsli bo‘lmaydi. Shuning uchun qumni fraksiyalash katta ahamiyatga ega.
Qum-shag‘alli aralashmalarni navlarga ajratishda katta ko‘zli g‘alvirlar ishlatiladi va sochiluvchan aralashmaning donalari yirikligi bo‘yicha ajratish jarayonini esa elashdeyiladi.
Elash bevosita aralashmani katta ko‘zli g‘alvir bo‘yicha harakatlanishidan bajariladi. Ba’zan bu elaklar burchak ostida o‘rnatiladi, bunda aralashma tabiiy qiyalik burchagidan katta bo‘ladi. Bu holatda aralashma o‘z og‘irligi bo‘yicha harakatlanadi.
Bunday g‘alvirlarni harakatlanmaydigan deyiladi. Ko‘pincha harakatlanuvchi g‘alvirlar ishlatiladi, unda navlarga ajratish jarayoni jadal ketadi.
Katta ko‘zli g‘alvirlarning elashyuzasi kolosnikli, shtampalangan quyma yoki chetanli bo‘lishi mumkin. Kelosnikli katta ko‘zli g‘alvirlar alohida kolosnik elementlaridan yig‘iladi, bu maxsus profilli sterjinlardan iborat bo‘lib, navlarga ajratilayotgan aralashma kolosniklar orsidagi yoriqdan tushadi.
Shtampalangan quyma panjara listli po‘latdan aylana yoki yoriqsimon tirqishlardan iborat holatda tayyorlanadi.
Elash yuzasining asosiy parametri bu kesimga yoki tirqishlar yuzasining g‘alvirning yoki panjaraning yuzasi nisbatiga bog‘liq.
G‘alvirlardagi va panjaradagi teshiklarnig o‘lchamlari shu holatda hisoblanadiki, bunda aralashmadagi zarur olinadigan donalar ulardan erkin o‘tishi kerak, bu esa panjaraning qiyaligi, qalinligi va donalarning panjarada harakatlanishi tezligiga bog‘liq.
Masalan, donalar yirikligi 40 mm gacha bo‘lgan to‘ldiruvchilarni elash uchun kvadrat tirqishli o‘lchami 42 mm dan ibort gorizontal joylashgan katta simli g‘alvir ishlatiladi, qiyalik (20°) bo‘yicha joylashtirganda esa 45 mm ko‘zli g‘alvir ishlatiladi.
Katta ko‘zli g‘alvirning tirqishi qanchalik katta bo‘lsa, berilgan o‘lchamdan kichik donalarning barchasi undan o‘tish ehtimoli katta bo‘ladi va yirik fraksiya g‘alvir ichida qolmaydi.
Biroq, bu holatda yirik donalar mayda fraksiyalar bilan ifloslanishi mumkin. Optimal variant tanlanadi, lekin aralashmani to‘liq ajratish mumkin emas.
Standartda bu holatlar bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan: qumda 5 % yoki 10 % shag‘al bo‘lishi, shag‘alda esa 10 % gacha qum bo‘lishi ruxsat etilgan. Amaliyotda bu chegaralar hamma vaqt ham saqlanmaydi.
Shag‘alni navlarga ajratishda turli konstruksiyali qo‘zg‘aluvchan katta ko‘zli g‘alvirlar ishlatiladi.
Yassi katta ko‘zli g‘alvirlar eng ko‘p qo‘llanilib, harakatlanish xarakteriga ko‘ra ikkita guruhga bo‘linadi: chayqaluvchan va tebranuvchan.
Chayqaluvchan g‘alvirlar shunisi bilan farqlanadiki, undagi panjara haraktlanuvchi krivoship mexanizmi bilan qattiq kinematik bog‘lanishi orqali harakatga keladi. Rasm-6.2,a da aylanma chayqaluvchi g‘alvir sxemasi keltirilgan. Bunday g‘alvirlarni giratsion deb ataladi.
Tebranuvchan, ba’zida inersion deb nomlanadigan g‘alvirlar ularda joylashgan tebratgich-debalansli val (rasm-6.2,b) harakatlanishidan tebranadi.