Rasm-6.2.Yassi harakatlanuvchi katta ko‘zli g‘alvirning sxemasi:
a-giratsion; b-inersion
Panjaraning tebranish amplitudasi va nuqta sahnasi debalanslar inersiya kuchiga, shu bilan birga prujina elastikligiga, g‘alvirning massasiga va uni materiallar bilan yuklash darajasiga bog‘liq.
Chayqaluvchan va tebranuvchan g‘alvirlar poydevorlarga prujinalarda o‘rnatiladi yoki orayopma to‘siniga prujinali amortizatorli po‘lat troslarda qotiriladi. Panjaralar ko‘pincha qiya holatda o‘rnatiladi, biroq navlarga ajratiluvchi materiallar joylashishini ta’minlash maqsadida tebranish yo‘nalishi bo‘yicha gorizontal ham o‘rnatiladi.
G‘alvirlarda bitta, ikkita panjara (elak) va undan ortiq panjara qo‘yiladi. Ular g‘alvirning ramasiga parallel holatda: nisbatan katta ko‘zli elak yuqorida va uning ostida nisbatan kichik ko‘zli elak o‘rnatiladi. Har bir elakdan ma’lum fraksiyali navlarga ajratilgan materiallar olinadi.
Rasm-6.3. Baraban tipidagi g‘alvirning sxemasi
Qurilishda yassi g‘alvirlardan tashqari, baraban tipidagi g‘alvirlar ishlatiladi (rasm-6.3), ularda materiallarni navlarga ajratish nisbatan sekin qiya o‘q atrofida silindr panjaraning bir tekisda aylanishidan bajariladi.
Agar panjara tugallanadigan shaklda bo‘lsa, u holda baraban o‘qi gorizontal holatda bo‘ladi.
Baraban tipidagi g‘alvirlar turli o‘lchamdagi tirqishlardan iborat seksiyalardan iborat bo‘lib, material mayda ko‘zli panjaradan yirikka qarab harakatlanadi, rasm-6.3 da ko‘rsatilgan. Ba’zida ikki yoki uchta panjaradan iborat biri-ikkinchisida joylashgan baraban tipidagi g‘alvirlar ishlatiladi.
Bunda yassi g‘alvirlardagi kabi navlarga ajratish yirikdan maydaga qarab bajariladi.
Keyingi vaqtlarda noruda qurilish materiallarini navlarga ajratishda yassi g‘alvirlarda o‘rnatilgan rezinali elaklar keng qo‘llanilmoqda. Shu bilan bir qatorda rezina yoki sintetik polimerlardan quyilgan elaklar ham ishlatiladi.
Bunday elaklarning afzalliklari: ishlab chiqarishning ortishi, o‘ta toza elash, shovqinnning kamayishi va eng asosiy elakning eskirishga chidamliligidir.
Yirik ko‘zli g‘alvirning panjarasidan o‘tgan material, panjara osti mahsuloti(quyi sinf) deyiladi, panjara o‘tmagan materialni, panjara usti mahsuloti (yuqori sinf) deb ataladi.
Topshiriqlar
1. Shag‘al haqidagi ma’lumotlarni o‘rganing va daftaringizga yozib oling.
2. Qum-shag‘alli aralashmalarni navlarga ajratish haqidagi ma’lumotlarni o‘rganing va daftaringizga yozib oling.
3. Shag‘al koni uchun asosiy transport turi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganing va daftaringizga yozib oling.
Nazorat savollari
1. Shag‘al qanday olinadi va u haqida nimalarni bilasiz?
2. Donalari yirikligi bo‘yicha shag‘alning qanday guruxlari bor?
3. Elash ishlari qanday amalga oshiriladi ?
4. Baraban tipi haqidagi g‘alvir haqida so‘zlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |