Amaliy mashg‘ulot №6
Mavzu: Qattiq bo‘lmagan aerodrom qomlamasini loyihalash
Ishning maqsadi:
Talabalarni aerodrom inshootlarining ishlash qobiliyati va xizmat
muddatini aniqlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish. Aerodrom inshootlarining ishlash
qobiliyati va xizmat muddatini aniqlash.
Ishni bajarish tartibi:
Ishonchlilik nazariyasining
asosiy tushunchasi buzilish, ya’ni ishlash
qobiliyatini yo‘qotish bo‘lib, u to‘satdan yoki asta-sekin sodir bo‘ladi.
Ishlash qobiliyati-inshoot o‘ziga byerilgan vazifani bajara olish holati, aerodromga nisbatan olganda
havo kemalarining xavfsiz uchishi va qo‘nishini ta’minlay olishi.
Inshoot o‘z ish qobiliyatini uzluksiz saqlab qolishini «buzilmasdan ishlash» deyiladi. U
buzilmasdan ishlash ehtimolligi va ta’mirgacha o‘rtacha ishlagan vaqti bilan o‘lchanadi. Inshootning «uzoq
ishlashi» uning ishlash qobiliyatining, chegaraviy holat yaqinlashgunicha, joriy qarash va ta’mir uchun zarur
tanaffuslarni hisobga olgan holda davomiyligi bilan tavsiflanadi.
Chegaraviy holatda inshootni ekspluatatsiya qilish to‘xtatilishi zarur,
chunki bunda xavfsizlik
talablari buziladi, ta’mirning samarali chegarasidan chiqib ketiladi. Bunday inshoot ko‘rilayotgan vaziyatda
tiklanmaydigan deyiladi.
Inshootning ta’mirlanishga va texnik ko‘rsatishga moslanganligini ta’mirbop xususiyat deyiladi. U
muayyan materiallar, mashinalar va texnologiya bilan byerilgan vaqt mobaynida ta’mir qilish ehtimolligi
nuqtai nazaridan qaraladi. Inshootning saqlanuvchanligi belgilangan ko‘rsatkichlarning qiymati byerilgan
oraliqlarda doimiy ravishda saqlanishini ko‘rsatadi. Inshootning xizmat muddati, uni ekspluatatsiya qilish
boshlangan kundan to chegaraviy xolatga tushguncha o‘tgan taqvim kunlari (yillari) bilan o‘lchanadi.
Aerodrom inshootlari tabiatdagi to‘lqinli jarayonlar sharoitida ishlaydi.
L.YA. Sikerman ko‘rsatishicha, o‘z holiga qaytmaydigan o‘zgarishlar (zanglash, eskirish va b.) ni keltirib
chiqaradigan tabiat kuchlarining o‘zaro ta’siri va odamning ta’mir-tiklov ishlar
bilan aralashuvi bir xil
bo‘lmagan, o‘ziga xos to‘lqinli xususiyatga ega. «To‘lqinli tavsif» tushunchasi ostida tabiiy va sun’iy
kuchlarning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan tebranma jarayonlarini aks ettiruvchi grafiklar yoki
matematik modellar tushuniladi. Aerodrom inshootlarining dinamik tizimlariga xos to‘lqinli tavsif bir
nechta, har xil sikllardan iborat bo‘lib, ular asta - sekin qayta tiklanmaydigan chegaragacha pasayib boradi
(1-rasm).
1-rasm. Aerodrom inshootlari dinamik tizimining to‘lqinsimon tavsifi:
(raqamlar 1,2,3. . .
va harflar A,B,V. . .- ekspluatatsiya jarayonida inshootlar holatining sikllari va davrlar)
Birinchi siklga bir nechta, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan davrlar kiradi: 0-1 chizitsi inshootni qurish va u
byerilgan xususiyatga (mustahkamlikka) ega bo‘lishi; 1-2 chiziq ekspluatatsiya qilish boshlanguncha
inshoot xolatida qaytmas o‘zgarishlar sodir bo‘lishi; 2-3 chiziq ekspluatatsiya
natijasida ishlab moslashish,
bunda ishlash texnologiyasi buzilsa, buzilish ro‘y byeradi; bu uchastkada (A-B chizitsi) buzilishlar jadalligi
sezilarli bo‘ladi; 3-4 chiziq shakl o‘zgarishlari barqarorlashib, charchash zo‘riqishlari
yitsilib boradi,
ekspluatatsiya xolatlari va havo kemalari jiddiy ta’sir etmaydigan nuqsonlar etila boradi; bunda tursun rejim
yuzaga kelib, buzilishlar jadalligi bir xil qoladi (B-V chiziq); 4-5 chiziq vaqt o‘tishi bilan, materiallar
eskirishi, yyeyilishi, ularda mayda darzlar va boshqa nuqsonlar paydo bo‘lishi natijasida buzilishlar jadalligi
keskin oshadi (V-G chiziq) va keyingi ekspluatatsiya uchish xavfsizligini pasaytirib yuboradi. Demak,
kapital ta’mir talab etiladi. 5-6 chiziq sistemaning yuqori ishlash qobiliyatini tanlash davrini aks ettiradi,
garchi dastlabki qobiliyatga erishish mumkin bo‘lmaydi.
Keyingi to‘lqinli tavsifning ikkinchi sikli boshlanadi-yu, uning davrlari qisqaroq va jarayonlarining
sifati boshqacharoq bo‘ladi. Uning davrlari: 6-7 oldingi (1-2) ga, 7-8 (2-3) ga, 8-9 (3-4) ga, 9-10 (4-5) ga,
10-11 (5-6) ga o‘xshash.
Keyin uchinchi, to‘rtinchi va hokazo sikllar bo‘lishi mumkin. Bulardan inshoot shunchalik ishdan
chiqib qoladiki, qayta qurish (tiklash-kuchaytirish, yangi konstruksiyalar kiritish, o‘lchamlarni o‘zgartirish)
talab etiladi. SHuni ta’kidlash lozimki, sistemaning integral xaraktyeristikalari 1,6,11
nuqtalarda normal
taqsimlanish qonuniyatiga bo‘sunadi. Inshootning yyeyilishi, qoplama
yuzasi va konstruktiv
elementlarining buzilishi natijasida holat o‘zgarishi, ya’ni jismoniy yeyilish yuz byeradi. Uning shakllari
har xil: mexanik yeyilish, korroziya, materialning charchashi, deformatsiya va emirilish. Jismoniy yeyilish
qancha katta bo‘lsa, xizmat muddati shuncha kichkina va qoldiq narx ham kichkina. Jismoniy yeyilishni
kamaytirish uchun o‘z vaqtida ta’mir qilib, ekspluatatsiya holatini to‘liq yoki qisman tiklash zarur.
Inshootning jismoniy yyeyilishi uning alohida elementlarining yyeyilishi bilan aniqlanadi:
1