È
È
ô
qi/100
bu yerda: n-inshoot elementlarining soni;
I
o
-alohida elementning yyeyilishi;
qi-element narxining ulushi, %.
Jismoniy yeyilishdan boshqa ma’naviy yeyilish (eskirish) bor; bunda inshoot o‘zining dastabki
qiymatini yo‘qotadi. Unga sabab texnik taraqqiyot tufayli paydo bo‘lgan yangi konstruksiyaning ta’siri
arzonroq tushadi (1-tur ma’naviy eskirish) yoki kam mehnat talab qiladigan yangi konstruksiyalar paydo
bo‘ladi (2-tur ma’naviy eskirish).
Aerodrom inshootlaridan qayta qurilmaydiganlari (binolar) ma’naviy eskiradi. Qoplamalar esa
vaqti-vaqti bilan qayta qurilishi va kapital ta’mir qilinishi tufayli ma’naviy eskirmaydi, ular faqat jismoniy
eskirishi (yyyeyilishi) mumkin.
Inshootlar yyyeyilishining 4 bosqichi bor: ozgina (0-21%) yyeyilish; bunda inshoot yaxshi
ishlayvyeradi, faqat joriy ta’mir qilinadi; 21-40% oraliqdagi yyeyilishni bildiradigan shikastlanishlar; bunda
kapital ta’mir zarur; to‘liq yyeyilish (60% dan ortiq); bunda inshoot avariyaviy holatda turadi, uni
almashtirish yoki qayta qurish kerak.
Aerodrom qoplamalari aerodromning qimmat qismi hisoblanadi. Shuning uchun
aerodromlarda qattiq bo‘lmagan qoplamalar qurilishida mahalliy tosh materiallar va sanoatning
qo‘shimcha maxsulotlaridan foydalanish imkoniyatini inobatga olish zarur. Bunda ularni qoplama
qonstruksiyasida shunday joylashtirish kerakki, uning mustahkamligi va ko‘pga chidamliligi uni
qurishda va saqlashda eng kam baho, mehnat xarajatlari va mexanik quvvat sarflarida
ta’minlansin.
Tuzilmaviy qatlamlarni qoplamada joylashtirishda XK turganida, uchishi va qo‘nishida
yuzaga keladigan vertikal va gorizontal kuchlanishlar chuqurlik bo‘yicha o‘chib
borishi,shuningdek to‘shalgan gruntda harorat va namlikni o‘zgarib turshi mumkinligi hisobga
olinishi lozim. Shuning uchun qoplama materiallarining mustahkamligi va sovuqqa bardoshliligi
chuqurlik bo‘yicha kamayishi mumkin. Qoplamalarning suv o‘tkazuvchanligi chuqurlik bo‘yicha
bir muncha ortishi kerak, chunki qoplama tasodifiy kirgan suv turib qolmasligi va muzlaganda uni
buzilishiga sabab bo‘lmasligi kerak.
Zarur xollarda qoplama tuzilmasida suvni chetlatish uchun qo‘shimcha qatlamlar ko‘zda
tutilshi kerak. Qoplamadagi tuzilmaviy qatlamlar juda katta bo‘lmasligi kerak, sabab qurilish
ishlarini tashkil eti shva ish yurgizish qiyinlashadi.
Qoplamalarni loyihalashda grunt xususiyatlarini barqarorligini ta’minlovchi va ularga tabiiy
va ekspluatatsion omillar ta’sirini kamaytirish tadbirlari ko‘zda tutilishi lozim: qoplamada maxsus
suvdan himoyalovchi kappilyar suvlarni to‘shvchi yoki issiblik o‘tkazmaydigan qatlamlar qurish;
yuza suvlarini chetlatishni ta’minlash va suv oqizish-drenaj tizimlarini qurish yo‘li bilan gruntli
asosning suvli tartibini barqarorligini ta’minlash; bo‘sh gruntlarni ustivor gruntlar bilan qisman
yoki to‘liq almashtirish; gruntni mustahkamlash. Aerodrom qoplamalarini loyihalashda bir nechta
variantlar ishlab chiqilishi lozim, bulardan qurilish va ekspluatatsiya xarajatlari solishtirilib,
oqilonasi tanlab olinadi.
Qattiq bo‘lmagan aerodrom qoplamalarini mustahkamlikka hisoblash chegaraviy
holat uslubi bo‘yicha amalga oshiriladi.Qoplamaning ishlash mexanizmi qatlamli elastik
chiziqli-shakli o‘zgaruvchi yarim fazoviy model deb qaraladi. XK ni ko‘p sildirakli
tayanchli otsirligini kuch ta’siri yakka sildirakdan tushadigan otsirlikni ekvivalent ta’siriga
keltiriladi.
Asfalqtbeton qoplamalar hisobi ikki mezon bo‘yicha olib boriladi: butun tuzilmani
chegaraviy nisbiy egilishga va asfalqtbetonni egilishdan cho‘zilishga. Egilishdagi cho‘zilishga
mustahkamlikni tekshirish faqat asfalqtbetonli qatlamlar uchun, ya’ni qoplama yuzasini
yaxlitligini ta’minlovchi qatlamlarda bajariladi.Botslovchilar bilan ishlov berilagn asos qatlamlari
uchun bunday tekshirish bajarilmaydi.
Yengillashtirilgan turdagi qoplamalar faqat bir mezon-chegaraviy nisbiy egilish bo‘yicha
hisoblanadi.
Qattiq bo‘lmagan tuzilmalarning chegaraviy nisbiy egilish qiymati gruntli asosni siljishga
chegaraviy qarshiligi bilan shartlangan,shuning uchun qattiq bo‘lmagan qoplamalar uchinchi
mezon bo‘yicha alohida hisoblanmaydi.
Nazorat savollari
1.
Aerodrom inshootlari qanday jarayonda ishlaydi?
2.
«To‘lqinli tavsif» tushunchasi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |