Amaliy mashg’ulot № 7
Mavzu: 7. Оksidlаnish qаytаrilish rеаktsiyalаri.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning oksidlanish darajasi o’zgarishi bo’yicha ham bo’linadi.
- Oksidlanish darajasi o’zgarmasdan boradigan reaksiyalar.
- Oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan yani oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.
- Oksidlanish darajasi o’zgarmasdan boradigan reaksiyalar- bularga alamashinish, ko’pchilik ajralish va parchalanish reaksiyalari kiradi.
- Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari- elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalar kiradi.
Oksidlanish daraja- atomning elektron berishi yoki qabul qilishi natijasida atomda hosil bo’ladigan shartli zaryadga aytiladi.
Agar atomga ē biriksa, manfiy (-) zaryad, atom ē bersa, musbat (+) zaryadga ega bo’ladi. Agar murakkab burikmalardagi elementning qaysi biri ē berib musbat, ē qabul qilib manfiy zaryadlanishini shu elementning nisbiy elektomanfiylik qaymatiga bog’liq. Qaysi elementning nisbiy elektromanfiyligi katta bo’lsa, shu element ē qabul qilib manfiy zaryadlanadi. Nisbiy elektromanfiylik qiymati kichik bo’lgan element ē larini berib musbat zaryadlanadi.
Oksidlanish darajasining son qiymati atom bergan yoki qabul qilgan elektronlar soni bilan ifodalanadi.
Oddiy moddalar har doim 0 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. M: N20, O20, P0, Si0, Fe0, Cu0 va boshqalar.
Metallar o’z birikmalarida musbat oksidlanish darajasiga ega. Masalan:
, va bosh.
Vodorod ko’pchilik birikmalarida +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
,
Vodorod metall gidridlarida -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Masalan: , , va bosh.
Kislorod o’zining aksariyat birikmalarida -2 oksidlanish darajasini hosil qiladi. , , va bosh.
Kislorod ftorli birikmalarida +2 oksidlanish darajasini hosil qiladi. ba’zan bo’ladi.
Peroksidlarda esa, -1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. va boshqalar.
I-A-guruhcha elementlari har doim birikmalarida +1, II – A-guruhcha elementlari har doim +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Masalan: , , , va boshqalar.
Murakkab moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajasini quyida berilgan elementlarning oksidlanish darajasidan foydalangan holda topamiz. Shuni yodda tutish kerakki murakkab moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajalarining yig’indisi har doim 0 ga, murakkab ionlarda esa ionning zaryadiga teng. Masalan: KMnO4 tarkibidagi Mn ning oksidlanish darajasini quyidagicha topish mumkin: bizga K va O ning oksidlanish darajasi malum shulardan foydalanib topamiz.
.
Murakkab ionlarda:
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektron oluvchi atom, molekula yoki ionlar oksidlovchi deyiladi va ular reaksiyadan keyin qaytariladi.Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektron beruvchi atom, molekula yoki ionlar qaytaruvchi deyiladi va ular reaksiyadan keyin oksidlanadi. Atom, molekula yoki ionlarning elektronlarini berish jarayoni oksidlanish jarayoni deyiladi va ularning oksidlanish darajalari ortadi:
H2 -2e = 2H+ Fe+2-1e = Fe+ 3
Atom, molekula yoki ionlarnig elektronlarni biriktirib olish jarayoni qaytarilish jarayoni deyiladi va ularning oksidlanish darajalari kamayadi:
So + 2e = S -2 AI+3 +3e = Al
Do'stlaringiz bilan baham: |