Amaliy mashg’ulot №4 Ishlab chiqarish xonalarida zaruriy havo almashinish karraligini aniqlash va moslama tanlash


Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari



Download 324,7 Kb.
bet2/7
Sana29.12.2021
Hajmi324,7 Kb.
#81007
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XFX 4 (2)

Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari

Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari mehnat xavfsizligi standartlari sistemasi “Ish zonasi mikroiqlimi” ga asosan belgilangan. Ular gigienik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan.Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan.



Ish toifalari quyidagicha belgilanadi:

Yengil jismoniy ishlar (1 toifa)—o'tirib, tik turib yoki yurish bilan bog'liq holda bajariladigan, biroq muntazam jismoniy, zo'riqish yoki yuklarni ko'tarishni talab qilmaydigan ishlar, energiya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.s)ni tashkil etadi. Bunga tikuvchilik korxonasi, aniq asbobsozlik va shu kabi korxonalar kiradi.

O'rtacha og'irlikdagi jismoniy ishlar (II toifa)—soatiga 9150— 250 kkal (172—293 J.s) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og'ir bo'lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog'liq bo'lgan ishlar kiradi. Masalan, yigiruv-to'qish ishlari, mexanik yig'uv, payvandlash sexlaridagi ishlar shular jumlasidandir.

Og'ir jismoniy ishlar (III toifa) — muntazam jismoniy zo'riqish xususan og'ir yuklarni (10 kg dan ortiq); muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish va ko'tarish bilan bog'liq ashlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293 Js)dan yuqori bo'ladi. Bunday ishlar temirchilik, quyuv va boshqa qator sexlarda bajariladi. Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi risoladagi va yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan miqdorlar ko'rinishida normalanadi. Risoladagi miqdorlar deganda, odamga uzoq muddat va muntazam ta'sir qilganda tashqi muhitga moslashuv reaksiyalarini kuchaytirmasdan organizmning normal faoliyatini va issiqlik holatini saqlashini ta'minlaydigan mikroiqlim ko'rsatgichlarining yig'indisi tushunilib, ular issiqlik sezish mo'tadilligini vujudga keltiradi va ish qobiliyatini yuksaltirish uchun shart-sharoit hisoblanadi. Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan mikroiqlim sharoitlari organizmning faoliyatini va issiqlik holatdagi o'zgarishlarini, fiziologik moslanish imkoniyatlaridan chetga chiqmaydigan tashqi muhitga moslashish reaksiyalarming kuchayishini bartaraf etadigan va tez normaga soladigan mikroiqlim o'rsatgichlarining yig'indisidir. Bunda sog‘liq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq nomo'tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin. 3,4,5-jadvalarda mikroiqlimning risoladagi va yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan normalari keltirilgan. Doimiy ishlarda jadvalda keltirilgan miqdorlar ta'minlanishi lozim, ular havoni mo'tadillashtirishda ham majburiydir. Biroq qator hollarda, masalan, issiqlik ko'p ajralib chiqadigan yoki isitiladigan xonalarining hajmi katta metallurgiya, mashinasozlik va boshqa zavodlarda yo'l qo'yiladigan normalarga (3,4-jadval) asoslanishi mumkin, biroq mehnat va dam olish rejimlariga qo'yiladigan gigienik talablarga, organizmning issiqlab ketishi va sovuq qotishini oldini olishga fqaratilgan barcha vositalaridan foydalanishga ham amal qilish zarur.

Normalarda organizmning tashqi muhitga moslashish faqat tashqi sharoitlarga emas, balki mehnatning og'ir-yengilligiga bog'liq holda o'zgarib turadigan issiqlik hosil qilishi miqdoriga aloqadorligi ham hisobga olinadi. Shunga ko'ra yengil ishlarda, o‘rtacha og'irlikdagi va og'ir ishlarga qaraganda, havoning birmuncha yuqori harolatlarda va harakatining birmuncha kam tezlikda bo'lishi qabul qilingan. Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan normalar yilning sovuq va bir mavsumdan ikkinchisiga o'tish davrlarida (tashqi havoning) o'rtacha kundalik harorati 10°C dan yuqori (yoki muvofiq holda past) doimiy ish joylaridan tashqarida (1-jadval) birmuncha katta raqamlarda o'zgarib turishi, yilning issiq paytida esa (4-jadval) sexlar havosining oshgan harorati (ayniqsa, O'rta Osiyo sharoitida va issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo'lgan sexlarda) issiqlikning aniq ortiqcha bo'lishini ko'zda tutadi. Bu tashqi niuhitining issiq bo'lishi bilan birga katta miqdordagi issiqlikni yo'qotishni qiyinligi bilan bog'liq. Biroq bu holda ham normalar yo'l qo'ysa bo'ladigan maksimumni chegaralaydi. Issiqlik ajralishi yuqori bo'lgan sexlarda havoning harakat tezligi ham birmuncha ortiqcha belgilanadi. GOST12-1.005-76 da xonalarning katta-kichikligi, issiqlik va namlik ajratilishining birga uchrashi, doimiy harorat yoki harorat va narnlik kabilarni sun'iy usulda tutib turish sharoitlarini hisobga oladigan qator qo'shimcha tavsiyalar va aniqliklar ham mayjud.

Ish sohasidagi mikroiqlim mezonlari uchun gigiyenik me’yorlar hujjatlarda ko’rsatilgan. Ish zonasiga nol sathidan balandligi 2 metrgacha bo’lgan bo’shliq hisoblanadi.

Doimiy ish o’rniga ishlovchining ish vaqtdan uzluksiz 2 soat yoki yarmidan ko’prog’ini o’tkazadigan ish joyi hisoblanadi.

Ish zonasidagi mikroiqlimdagi harorat, havo namligi va havo harakati tezligining odam organizmiga birgalikdagi ta’siri, shuningdek, atrofdagi yuzalarning temperaturasi bilan aniqlanadi. Xonalardagi ortikcha issiqlik sanitariya – texnik tadbirlar yordamida, jumladan, surish qurilmalari yordamida kamaytiriladi. 20 kkal (m 3 soatdan yuqori bo’lgan xonalar "Issiq sexlar" kategoriyasiga kiradi).



Download 324,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish