AMALIY MASHG’ULOT № 15
Mavzu: Kimyoviy reaksiya muvozanatini hisoblash.
Qaytar va qaytmas reaksiyalar. Kimyoviy muvozanat
Idishga azot va vodorodni solamiz va idish qopqog‘ini berkitamiz. Ma’lum sharoit hosil qilinganda azot va vodorod molekulalari o‘zaro ta’sirlashib, ammiak molekulasini hosil qila boshlaydi.
Natijada idishda azot va vodorodning miqdori kamayib, ammiakning miqdori ortib boradi. Shu bilan birgalikda azot va vodorod molekulalarini bir-biri bilan ta’sirlashish ehtimolligi kamayadi. Endi azot va vodoroddan ammiak hosil bo'lishi o‘miga, ammiak molekulasi parchalanib, azot va vodorod molekulalari hosil bo‘la boshlaydi. Ya’ni reaksiya teskari yo‘nalishda boradi.
Kimyoviy reaksiyalarni 2 guruhga bo‘lishimiz mumkin:
- Qaytar reaksiyalar;
2. Qaytmas reaksiyalar.
Faqat bir yo‘nalishda boradigan va reaksiyaga kirishayotgan boshlang'ich moddalar oxirgi mahsulotlarga to‘liq aylanadigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi. Qaytmas reaksiyalar shunday reaksiyalarki, reaksiya natijasida hosil bo'lgan mahsulotlar parchalanib yoki o'zaro reaksiyaga kirishib dastlabki moddalami hosil qilmaydi. Mis metallining konsentrlangan nitrat kislota bilan reaksiyasida olingan mahsulotlardan, ya’ni azot (IV) oksid, mis (II) nitrat va suvni o‘zaro reaksiyaga kirishtirib metall holidagi misni olib bo‘lmaydi.
Quyidagi hollarda kimyoviy reaksiyalar qaytmas bo‘ladi:
1. Reaksiya mahsulotlari reaksiya doirasidan cho‘kma yoki gaz holda chiqib ketsa, masalan:
2. Kam ionlanadigan birikma, masalan, suv hosil bo‘lsa,
3. Reaksiya davomida katta miqdorda energiya ajralsa, masalan, magniyning yonishi:
Bir vaqtning o‘zida bir-biriga teskari ikki yo‘nalishda boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi. Qaytar reaksiyalarda kimyoviy jarayon qarama-qarshi tomonda sodir bo'ladi. Ya’ni, avval reaksiya mahsulotlari va ayni daqiqada reaksiya mahsulotlaridan dastlabki moddalar ham hosil bo‘ladi. Qaytar reaksiyalar- ning tenglamalarida chap va o‘ng qismlari orasida qarama-qarshi tomonlarga yo'nalgan ikkita strelka qo‘yiladi. Oltingugurt (IV) oksidi suv bilan reaksiyaga kirishib, sulfid kislota hosil qiladi:
Bu reaksiyada hosil bo‘layotgan sulfit kislotaning eritmadagi miqdori ortib borishi bilan teskari reaksiya ham sodir bo‘la boshlaydi
Reaksiya boshlanganidan so‘ng dastlabki moddalar sarflanib, ularning miqdori kamayadi va mahsulotlaming miqdori ortib boradi. Bunda to‘g’ri reaksiya tezligi yuqori bo‘ladi. Mahsulotlaming miqdori ortib borishi bilan teskari reaksiya tezligi ham ortib borib, ma’lum vaqtdan keyin bu reaksiyalar tezligi tenglashganda kimyoviy muvozanat qaror topadi.
To‘g‘ri reaksiya tezligi bilan teskari reaksiya tezligi tenglashgan holat kimyoviy muvozanat deb ataladi. Kimyoviy muvozanat qaytar reaksiyalarda sodir bo’ladi, qaytmas reaksiyalarda muvozanat haqida gapirish noo‘rindir.
Muvozanat konstantasi eksperimental yo‘l bilan aniqlanadi. Uning son qiymati berilgan haroratdagi muvozanat holatiga baho beradi. Muvozanat konstantasining qiymati qancha katta bo'lsa, reaksiyada mahsulot miqdorlari ko‘p, agar uning qiymati kichik bo‘lsa, dastlabki modda(lar) ning miqdori ko‘pligini ko‘rsatadi.
Muvozanat konstantasi moddalarning konsentratsiyalariga bog‘liq emas, dastlabki moddalaming miqdorlari kamaysa, tegishli mahsulot miqdori ortadi, ya’ni biror moddaning konsentratsiyasi o‘zgarishi, boshqa moddalaming konsentratsiyalari o‘zgarishiga olib keladi. Muvozanat konstantasi haroratga bog‘liq. Demak, kimyoviy muvozanat holatida boshlang’ich moddalar konsentratsiyalarining ko‘paytmasi reaksiyadan keyingi hosil bo‘lgan moddalar konsentratsiyalarining ko‘paytmasiga teng bo‘ladi.
Kimyoviy muvozanat vaqtida harakat to'xtamaydi, vaqt birligi ichida qancha mahsulot parchalansa, xuddi o'shancha mahsulot hosil bo‘ladi. Kimyoviy muvozanat dinamik (harakatchan) xususiyatga ega bo‘lgani uchun u tashqi omillar ta'sirida o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |