Amaliy mashg`ulot-1 Mavzu: Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo`llari. Kommunikativ qobiliyat va pedagogik ta`sir ko`rsatish.
Bajardi: 9-2 MTS guruhi Qodirova Maftuna Nosirovna
Tekshirdi: Jabborova Saodat Zoirovna
Mavzu rejasi: 1. Pedagogik qobiliyat va uning turlari. 2. Kommunikatsiya haqida tushuncha. 3. O`zaro pedagogic ta`sir va uning vazifasi. 4. O`qituvchining o`quvchi bilan o`zaro munosabatga kirishi.
1. Pedagogik qobiliyat va uning turlari.
Didaktik qobiliyatlar- bu bolalarga o`quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg`otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg`ota biladigan qobiliyatlardir.
Akademik qobiliyatlar- matematika, fizika, biologiya, ona tili,adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlarga xos qobiliyatlardir. Qobiliyatli o`qituvchi o`z fanini faqt kurs hajmidagi emas balki atroflicha keng, chuqur bilib, bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib,o`quv materialini mutlaqo erkin egallab,unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo`lsada tadqiqot ishlarini olib boradi.
Perseptiv qobiliyatlar- bu o`quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o`quvchi shaxsining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog`liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatlardir. Qobiliyatli o`qituvchi bolalarning har qanday mayda-chuyda xatti-harakatlarida, erkin ifodalanadigan ayrim holatlarida hamda ularning ichki dunyosida yuzaga keladigan o`zgarishlarni sezdirmasdan ilib oladi.
2. Kommunikatsiya haqida tushuncha.
Aloqa (lot: communication-umumlashtiraman,bog`layman) kibernetikada- informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan kommunikatsiyani aloqa ham deb ataladi.
Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy kommunikatsiya turi bor: ’’inson-inson’’, ’’inson-mashina’’, ’’mashina-inson’’, ’’mashina-mashina’’.
Aloqa faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki kishilar o`rtasida mos aloqa kanali bo`yicha axborotlarni uzatish jarayonlarini o`z ichiga oladi.
Kommunikativ qobiliyat- bu pedagogik o`zaro harakat sohasida maxsus ko`rinishga ega bo`lgan muloqotga qobiliyatlilikdir.
3. O`zaro pedagogik ta`sir va uning vazifasi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta`limiy va tarbiyaviy isloxotlarning maqsadi- komil insonni shakllantirishdir. Bu borada pedagogic tizimdagi fanlarning ahamiyati kattadir. Shu jumladan, ’’ Pedagogik mahorat’’ fanini o`qitishda talabalarda mustaqillik va ijidiy fikrlashni rivojlantirish masalasiga alohida e`tabor qaratilgan.
Pedagogik mahorat fanidan dars beruvchi oliy maktab o`qituvchisi, kuchli mahorat egasi o`z kasbining ustasi bo`lishi bilan birga keng dunyoqarashli, ichki va tashqi madaniyati bir-birini to`ldiradigan hamda boy pedagogik, hayotiy tajribaga ega bo`lishi lozim.
4. O`qituvchining o`quvchi bilan o`zaro munosabatga kirishi.
Muloqot- yunoncha so`z bo`lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o`zaro fikr almashuv ma`nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so`zlashuvida paydo bo`ladi. Inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta`lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me`yorlar g`oya va mafkura omillari ta`sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida kamolotga yetadi.
Pedagogikada muloqot o`qituvchi va o`quvchilar jamoasining o`zaro ta`sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o`zaro axborot almashishida, ta`lim va tarbiyaviy ta`sir o`tkazishida, o`zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo`ladi.
E`tiboringiz uchun katta rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |