Mustaqillik yillarida Pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo’nalishlari
Mustaqillik yillarida Pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo’nalishlari Mustaqillik yillarida pedagog kadrlarni tayyorlashning yangi tizimi ishlab chiqilib, uzluksiz ta’limda o‘qitish sifati va samaradorligini bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy, ma’naviy-axloqiy tayyorgarligi belgilab berishi haqidagi qat’i y xulosaga kelindi. Ana shu sababli ham “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi sifatida ta’lim sohasini tubdan isloh qilish uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash belgilab berildi” Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning boy milliy madaniy-tarixiy an’analar, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy-pedagogik mexanizmlari ishlab chiqildi va ta’limni insonparvarlashtirishning ustuvorligi ta’minlandi.
Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning boy milliy madaniy-tarixiy an’analar, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy-pedagogik mexanizmlari ishlab chiqildi va ta’limni insonparvarlashtirishning ustuvorligi ta’minlandi.
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik davrida o’ziga xos pedagogik nazariyalar maktabi vujudga keldi. Mazkur pedagogik nazariyaning tadrijiy rivojlanishi bu davrda yetakchi bo’lgan millatning ijtimoiy, ilmiy tafakkur darajasini yaqqol ifodalaydi. Shu bilan bir qatorda, pedagogik fikrlarning taraqqiyoti davlat tomonidan ta’lim-tarbiya oldiga qo’yilgan ijtimoiy buyurtmaga bevosita bog’liqdir. Chunki ijtimoiy buyurtmada davlat va jamiyat ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Jamiyat a’zolarining ijtimoiy ehtiyojlari ta’lim orqali qondirilar ekan, xuddi Shu ta’lim tizimining ilmiy asoslanishiga zaruriyat mavjud.
Mustaqillik yillarida o’zbekiston Respublikasida insonparvar, demokratik xarakterdagi uzluksiz ta’lim tizimi joriy etildi. U birinchi navbatda Shaxsning ma’naviyati, qobiliyati, iqtidori, salohiyatini ro’yobga chiqarish, uni amaliyotga joriy etish uchun zarur Shart-Sharoitlar yaratishga qaratildi. Bu esa pedagogika fanining yangi metodologiyaga tayanilgan holda rivojlanishiga yo’l ochdi, pedagogik tadqiqotlar ko’lamini kengaytirdi, Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim nazariyasini ishlab chiqishga yo’naltirildi. Chunki pedagogika fani uchun ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb etilgan o’quvchi hamda talabalar o’zlashtirgan bilimlar hamda ularning intellektual rivojlanganligigi, axloqiy sifatlarni qay darajada egallaganliklari muhim ahamiyatga ega.

Do'stlaringiz bilan baham: |