AMALIY MASHG`ULOT №13
Temir yo’l transporti
1. Karyer temir yo’l transporti (orasi 1520 mm iz) ko’chma tarkibi, inshootlari vaqurilmalari mohiyati va undan foydalanish amaldagi «O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanishqoidalari», «O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha yo’riqnoma» va «O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida ishora berish bo’yicha yo’riqnoma» talablarining mazkurqoidalarga zid bo’lmaganqismlariga muvofiq bo’lishi kerak.
Har bir karyerda mahalliy sharoitidaqo’llashni hisobga oluvchi «Karyerda temir yo’l transportidan foydalanishqoidalari» ishlab chiqilishi va korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Tor izli temir yo’l transportining karyerda ishlashi korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» davlat inspektsiyasi organlari bilan kelishilgan yo’riqnomalar bilan belgilanishi kerak.
2. Tushirilgan yoki ortishga tayyorlab yo’l chetiga teribqo’yilgan yuklarqurilishlarning yaqinlashish gabaritlarini buzmaydiganqilib taxlangan va mahkamlangan bo’lishi kerak.
Balandligi 1200 mm gacha bo’lgan yuklar (yo’l ishlari uchun to’kiladigan ballastdan tashqari) chetdagi temir iz kallagining tashqi chegarasidan kamida 2,0 mm masofada, yuklarning undan katta balandligida esa kamida 2,5 mm masofada joylashishi kerak.
Yo’lni yuqori tizilmalari amaldagiqurilish me’yorlari vaqoidalariga muvofiq bo’lishi kerak. Karyer va uyumlarda ballasti bo’lmagan temir yo’llardan foydalanish taqiqlanadi.
Harakatlanish yo’llari uchun ballast sifatida mahalliy materiallardan (gil, torf, o’simlik tuprog`i va boshqalari bundan mustasno) foydalanishga ruxsat etiladi.
Harakatlanish yo’llarini tutash birikmalaridagi boltlarni soni kamda to’rtta bo’lishi kerak.
4. Strelkalar bilan markazlashtirilgan boshqarishqo’llaniladigan stantsiya va postlarniqordan, jinslar va boshqalardan tozalash avtomatik, mexanizatsiyalashgan usul yokiqo’lda kamida ikki shaxs tomonidan bajarilishi kerak.
qorong`i paytda, shuningdek tuman va bo’ronlarda strelkani tozalashga oid ishlar bajariladigan joyga relys kallagidan kamida 0,5 m balandlikda, kelishi kutilayotgan poezdgaqaratib fonary o’rnatish kerak.
5. Poezdlar harakati jadal va manevr ishlari katta bo’lgan temir yo’llarni kesib o’tish joylariga o’ziturar ogohlantiruvchi belgilar bilan to’silgan yokiqorong`i paytda yoritiladigan piyodalar o’tadigan tonneli, ko’prik yoxud yo’laklarqurilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |