AMALIY MASHG`ULOT №15
Transport. Umumiy qoidalar.
4.4. Tasmali konveyerlar
4.4.1. Tasmali konveyerlarni loyihalash, Qurish va ishlatishda mazur Qoidalarni, konveyerlarni yerosti kon inshootlariga joylashtirishda esa «Erostida ma’dan, noma’dan va sochilma konlarni Qazishda xavfsizlikning yagona Qoidalari»ni Qo’llash zarur.
4.4.2. Tasmali konveyerlar Quyidagilar bilan jihozlanishi kerak:
a) odamlar o’tadigan tomondan konveyer uzunligi bo’ylab ixtiyoriy nuQtasidan, uni favQulodda to’xtatish uchun Qurilma;
b) konveyerni ishga tushirish boshlangani to’g`risidagi, uning bor uzunligi bo’ylab eshitiladigan signalizatsiya;
v) konveyerni avariya himoyasi ishlagandan so’ng, uni masofadan ishga tushirishga yo’l Qo’ymaydigan blokirovkalash Qurilmalari;
g) tasma to’xtagan (sirpangan) hollarda konveyer uzatmasini o’chirish Qurilmasi;
d) tasmani yonga Qarab chiQib ketishiga yo’l Qo’ymaydigan Qurilma va uni yonga Qarab chiQib ketishi, tasma eni o’lchamini 10% dan ortiQ bo’lganda konveyer uzatmasini o’chirish datchigi;
e) Qiyalik burchagi 100 ortiQ bo’lgan konveyerlarni tasmalari o’z-o’zidan harakatlanishiga yo’l Qo’ymaydigan Qurilmalari;
j) boshQaruv pulytidan konveyerni ishga tushirishga yo’l Qo’ymaydigan mahalliy blokirovka;
z) konveyerlar joylashtirilganda yuzadagi oraliQ masofalari ko’pi bilan 500 m bo’lgan o’tish ko’priklari;
i) odamlar o’tadigan joylarda tashilayotgan material bo’laklari tushishidan himoyalash Qurilmalari;
k) boshQaruv punkti va konveyerlarni yuritish stantsiyalari (dispetcher va konveyer liniyalarida ishlayotgan xodimlar) orasidagi ikki tomonlama telefon, radiokarnay aloQa yoki radioaloQa;
l) konveyer bo’ylab hech bo’lmaganda bir tomondan odamlar o’tadigan yo’laklar.
Konveyerlarni ishga tushirish paytida xizmat ko’rsatuvchi xodimlar xavfsizligi to’liQ ishonch bilan ta’minlanishi kerak. SHovQin darajasi yuQori bo’lgan joylarda tovush signaligiga Qo’shimcha nurli signal ham ko’zda tutilishi kerak.
Konveyerlarni ishga tushirish bilan birga mavjud aloQa vositalari bilan ishlaydigan shaxslarga texnologik jihozni ishga tushirish haQida dispetcherlik nomini aytish bilan xabar berish kerak.
To’xtash sababini aniQlamasdan konveyerlarni ishga tushirish taQiQlanadi.
4.4.3. Qorong`i paytlarda ish joyi va odamlar o’tadigan joylar yoritilishi kerak. Konveyer galereyalarini Qorong`i joylari kunduz kuni ham yoritilishi kerak.
4.4.4. Konveyerlar ustidan o’tadigan ko’priklar eni kamida 0,8 m bo’lgan g`adir metall to’shama, balandligi kamida 1,0 m bo’lgan suyanchiQ va tagidan kamida 0,14 m bort polosagiga ega bo’lishi kerak. Galareyalar va Qiya stvollarga konveyerlar joylashtirilganda to’shamadan Qurilish konstruktsiyasini (kommunikatsiya tizimlarini) eng ko’p chiQib turgan Qismigacha bo’lgan masofa vertikal bo’yicha kamida 2,0 m bo’lishi kerak.
4.4.5. Konveyerli galareyalar va Qiya stvollarda odamlar o’tish uchun konveyer va devor orasida kamida 0,7 m, konveyerlar orasida esa kamida 1,0 m masofali joy bo’lishi kerak. Odamlar harakatlanmaydigan uchastkalardagi konveyer va devor orasi kamida 0,4 m, Qurilish konstruktsiyasidan (kommunikatsiya tizimlari) va konveyerni eng ko’p chiQib turgan Qismigacha bo’lgan masofa vertikal bo’yicha kamida 0,6 m bo’lishi kerak.
4.4.6. Tasmali konveyerlarning yuritish, taranglash, o’chirish stantsiyalari konveyer ishlayotgan paytda barabanlardan sochilib tushadigan materiallarni Qo’lda tozalashga yo’l Qo’ymaydigan to’siQlarga ega bo’lishi kerak. Yechib olinadigan to’siQlar konveyerni motor yuritmasi bilan blokirovkalangan bo’lishi, ya’ni to’siQ yechib olinayotganda konveyerni ishga tushirishga yo’l Qo’ymaydigan bo’lishi kerak. Konveyerlarni boshQarish pulytlari to’siQ yechib olinayotgani haQida xabar beradigan nurli signalizatsiya, belgiga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |