Fonetik prinsip. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko‘ra so‘z yoki so‘z shakllari talaffuzdagi ko‘rinishiga mos ravishda yoziladi. Masalan, tojik tilidagi tanur so‘zining o‘zbek tilida tandir deb, ruscha shchetka so‘zining esa cho‘tka deb yozilishi shu so‘zlarning o‘zbek tilidagi talaffuz me'yorlariga (fonetik prinsipga) asoslanadi. Shuningdek, ek+gan, ek+guncha kabi so‘z shakllari ham o‘zbek yozuvi imlo qoidalariga ko‘ra ekkan, ekkuncha deb (talaffuziga mos tarzda) yoziladi.
Quyidagi holatlarda ham fonetik prinsipga amal qilinadi:
a) ayrim otlarga egalik affiksi qo‘shilganda: burun>burni, ko‘ngil>ko‘nglim, og‘iz>og‘zing, o‘g‘il>o‘g‘lim kabi;
Do'stlaringiz bilan baham: |