O'zbek orfografiyasining tamoyillari
Tamoyil (prinsip) – lotincha boshlanish demakdir. Imloviy tamoyillar yozuvning poydevoridir. Orfografiyaning uchta asosiy tamoyili bor: 1) fonetik tamoyil; 2) morfologik tamoyil; 3) tarixiy-an'anaviy tamoyil. Bulardan tashqari, 4) differensial tamoyil va 5) grafik yoki etimologik tamoyillar ham mavjud. Lekin keyingi ikkalasi asosiy rol o'ynamaydi. O'zbek orfografiyasidagi mazkur tamoyillar o'zaro bog'liq holda ish ko'radi. Yozuvda xilma-xillikka yo'l qo'ymaslik uchun bularga qat'iy rioya qilinadi.
Orfografiya qoidalarining tuzilishi qanday prinsiplarga asoslanadi?
Orfografiya (grek. Orthos- "to‘g‘ri"+grapho - "yozaman") yozuv sistemasining grafikadan keyingi ikkinchi komponenti bo‘lib, u to‘g‘ri yozish me'yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi. Bunday qoidalar tizimini o‘rganadigan fan (tilshunoslikning bir bo‘limi) ham orfografiya deb nomlanadi.
Orfogramma - so‘zlarning yoki so‘z tarkibidagi fonema va morfemalarning imlo qoidalariga muvofiq yozilgan adabiy-orfografik shakli. Bunday shakllar (orfogrammalar) so‘zlarning yoki so‘z tarkibidagi fonema va morfemalarning til va nutqdagi ko‘rinishlaridan birini adabiy-orfografik me’yor qilib tanlanishiga asoslanadi. Masalan, arpa, asal so‘zlarining yozma shaklida orfogramma yo‘q, chunki bu so‘zlarning yozilishini grafikaning o‘zi boshqaradi; maqsad so‘zining yozma shaklini me’yorlashtirishda esa ikki хil holatdan birini asos sifatida tanlash zarurati paydo bo‘ladi: maqsad (fonematik prinsipga soslangan shakl)- maqsat (fonetik prinsipga asoslangan shakl). Hozirgi o‘zbek orfografiyasida birinchi holat (fonematik prinsipga asoslangan shakl) imlo uchun asos sifatida tanlangan, demak, bu so‘z tarkibidagi “d” orfogramma sanaladi, uni talaffuziga moslab “t” harfi bilan yozish imloviy хato hisoblanadi. Bunday holatlar o‘zak va affiksal morhemalarning imlosida ham uchrab turadi. Chunonchi, sifatdosh yasovchi “-gan” affiksi nitq oqimida “-gan”, “-kan”, “-qan” shakllarida namoyon bo‘ladi: borgan, ekkan, oqqan kabi. Bulardan birinchisida (borgan sifatdoshida) orfogramma yo‘q (“-gan”ning til va nutqdagi ko‘rinishlari o‘zaro farqlanmagani uchun); ekkan, oqqan so‘zlarining yozma shakllarida esa orfogramma bor: ularda “-kan” va “-qan” allomorflari adabiy-orfografik me’yor etib belgilangan, demak, til va nutqdagi uchta morfning(“-gan”, “-kan” va “-qan”ning) faqat talaffuzdagi ko‘rinishlari orfogrammaga asos qilib tanlangan.
Tog‘+ga, bog‘+ga kabi kelishik shakllarining rus-o‘zbek va lotin-o‘zbek yozuvlaridagi orfogrammalari ham o‘zaro farqlidir. Ulardagi o‘zak va affiksal morfemalar “тоқ” va “-қа” (rus-o‘zbek yozuvida) hamda “tog‘” va “-ga” (lotin-o‘zbek yozuvida) shakllarida yoziladi, demak, rus-o‘zbek yozuvida bu morfemalarning talaffuzdagi ko‘rinishlari (тоққа, bоққа kabi), lotin-o‘zbek yozuvida esa ularning tildagi asl ko‘rinishlari (tog‘ga, bog‘ga ) orfogrammaga asos qilib olingan.
Amaldagi (kirillcha) o'zbek yozuvi im lo qoidalari qachon tasdiqlangan? Yangi (lotincha) o'zbek yozuvining imlo qoidalari-chi?
Rus grafikasi asosidagi o‘zbek orfografiyasida «-uq» («-ук>>), «-iq» («-ик;») qo‘shimchasining imlosi qoidalashtirilmagan, lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi orfografiyasida esa bu qo‘shimchaning imlosiga oid maxsus eslatma bor, unda shunday deyiladi: «Undosh bilan xugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo‘shiladi: uz-uzuq, yut-yutuq kabi. Lekin uyushiq, burushiq, uchiriq (shuningdek, bulduriq) kabi so‘zlarning uchinchi bo‘g‘inida «i» aytiladi va shunday yoziladi. (q. 33- qoidaning eslatma qismi).
Ma’lumki, otlarga egalik qo‘shimchalarining qo‘shilishida har xil holatlar uchrab turadi. Masalan, boboya avzo so‘zlariga egalik qo‘shimchasi ikki xil tarzda – bobo so‘ziga «-m» va «-ng» shakllarida (bobom, bobong kabi), avzo so‘ziga esa «у+im», «у+ing» shakllarida («о» dan so‘ng bir «у» orttirilib) qo‘shiladi: avzo+y+im, avzo+y+ing kabi. Bunday holatni «и» bilan tugagan ayrim so‘zlarda ham uchratamiz: uyqu+m, uyqu+ng, ammo mavzu+y+im, mavzu+y+ing kabi. Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvining imlosida bunday holatlarni me’yorlashtiruvchi qoidalar yo‘q edi. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvining imlo uzimida esa yuqoridagi kabi holatlar hisobga olingan. Unda, xususan, shunday qoida berilgan: «о, o‘, и, e» unlilari bilan tugaydigan so‘zlaiga egalik qo'shimchalari quyidagicha qo‘shiladi:
ko'pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchalari -m, -ng, -si; -miz, - ngiz (yoki -lari') shaklida tovush orttirmay qo‘shiladi: bobom, bobong,
obosi; bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz orzungiz, orzusi kabi;
parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga 1, II shaxs egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda bir «у» tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obro‘yim, obro‘ying; obro‘yimiz, obro‘yingiz kabi; III shaxs egalik qo‘shimchasi parvo, avzo, obromavqe so‘zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu so‘zlariga esa -si shaklida qo‘shiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi «у» undoshi bilan tugagan so‘zga ham III shaxsda «-si» qo‘shiladi: dohiysi kabi) (q: 35- qoidaning 3- bandi).
Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra шпвул (shovul'), овум (ovul), кувур (quvur) so‘zlanda «в» dan so‘ng «у», шовилламоц (shovillamoq), ловимамок; (lovillamoq), гувилламон; (guvillamoq) fe’llarida esa «в» dan so‘ng «и» yoziladi. (q. 2- va 50-paragraf qoidalari). Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvida yuqoridagi ot va fe’llar uchun bitta umumiy qoida berilgan, bu qoidaga ko‘ra taqlidiy so‘zlardan yasalgan fe’llarda ham «v» dan so‘ng «i» emas, «и» yoziladi: shovullamoq, lovu’lamoq, gundlrmoq kabi. (q: 37- qoidaning i-bandi).
Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida («...qoida» ning paragrafida) fe’llarning orttirma daraja yasovchi «-dir» qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga «-tir» shaklida qo‘shilishi aytilgan, aslida esa jarangli «z» dan so‘ng «-tir» emas, «-dir» qo‘shiladi. Qiyos qiling: cho ‘miltirmoq, sevinurmoq, arrimo tomizdirmoq, oqizdirmoq kabi. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosida bu kamchilikka barham berilgan. Unda shunday qoioa bor: «nisbat shaklini yasovchi -dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlaiga (kel so‘zidan boshqa), shuningdek z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchidan keyin qo‘shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir о ‘tkazdir, tomiz.dir kabi». (q. 37- qoidaning 2- bandi).
Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida (qoidalarning 34- paragrafida) «f» yoki «г» bilan tugagan so‘zlarga «г» bilan boshlangan qo‘shimchalar qo‘shilganda, so‘z oxiri va qo'shimcha boshidagi undoshlar, aytilishiga mos holda yozilishi qoidalashtirilgan: бог – боща (bog‘ – boqqa), moF – тоцца (tog1 – toqqa), тег – теккан (teg – tekkan) kabi. Lotin grafikasiga asoslangan yangi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra esa bunday so‘zlar talaffuziga (fonetik prinsipga) ko‘ra emas, morfemalarning asl holiga mos ravishda (morfologik prinsip asosida)yozi!adi: bog‘ga, tog'ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha, bargga, teggan kabi (qarang: 37- qoidaning «d» bandi).
Amaldagi « 0„zbek orfografiyasining asosiy qoidalari» qanday bo'limlardan tarkib topgan? (Bo'lim larning nomlanishi. paragraflari...).
1956- yil «qoidalari»ning 43- paragrafiga ko‘ra «-гин» (*-gin»), л-гир» ($-gir»), «-гиз» (t-g\z»), «-ra3»(.<="" p="">
Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvining «...asosiy qoidalari»da ikki otdan tuzilgan qo‘shma sifatlarning ajratib yozilishi aytilgan: dymop буйин (ot + ot = qo‘shina sifat), %cieo ранг (ot + ot = qo‘shma sifat), бодом цовок; (ot + ot = qo‘shma sifat), %уй куз (ot + ot = qo‘shma siiat), /уза пучок; (ot + ot = qo shma sifat) kabi (58- paragraf, 3- qoida). Oo‘shma sifatlar imlosiga oid bu qoida amalda o‘zini oqlagani yo‘q: оромбахш, бук)ойранг, ищомбахш so‘zlari «ot + ot = qo‘shma sifat» qolipida tuzilgan bo‘lishiga qaramay, deyarli barcha imlo lug‘atlarida qo'shib yozilgan, девсифат, одамсисрат so‘zlari esa (ular ham «ot + ot = qo‘shma sifat» qolip:da shakllangan) lug‘atlarda har xil berilmoqda. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi «qoidalari»da bu tipdagi qo‘shma sifatlarning imlosi bir qadar tartibga solingan: «qoidalar»ning 38- bandida xona, noma, baxsh, rang, mijoz, sifat kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlarning qo‘shib yozilishi qayd etilgan: qabulxona, tabriknoma, orombaxsh, kamquvvat, bug'doyrang, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kat i. (q. 38- qoida). Shu qoida talablaridan kelib chiqqan holda, havo rang, jigarrang, bodom qovoq, qo ly ко ‘z. kabi qo'shma sifatlarning komponentlari ham lotincha o'zbek yozuvida qo‘shib yozilishi kerak: havorang, bodomqovoq, qo У ко % jigarrang kabi.
Yangi (lotincha) o'zbek yozuvining im lo qoidalari qanday bo'limlardan tarkib topgan? (Bo'lim larning nom lanishi, modda va bandlari).
Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlo qoidalariga кота минг боши (ndng boshi), ун боши (o‘n boshi), суз боши (so ‘z boshi) kabilar «birikmalik xususiyatini saqlagan so‘zlar sifatida ajratib yoziladi (q. 58- para- graf, 12- qoida). Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra esa «qaratuvchili birikmaning bir so‘z.ga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo‘shma otlar qo‘shilib yoziladi: mingboshi, so'zboshi, olmaqoqi»(q. 46- qoida).
1956-yil «qoidalari»da ikkinchi komponenti «ё» lashgan tovush bilan boshlangan uiep юрак, муз ёрар, иш ёцмас, к;ул ёзма tipidagi so‘zlarning ajratib yozilishi aytilgan (q. 58- paragraf, 14-qoida). Lotin grafikasidagi yangi yozuvda bunday so‘zlar qo‘shilib yoziladi: sheryurak, muzyorar, ishyoqmas kabi (q. 39- qoida).
Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra еру осмон (yen: osmon), ору номус (oru nomus), туну кун (turn кип), кечаю кундуз kechayu kunduz), eiuy цари (yoshu qari), i\Vio цузи (qo ‘yu qo ‘zQ kabi juft so'zlarda defis (chiziqcha) qo'yilrnaydi (57- paragraf, eslatma). Lotin grafikasi asosidagi o‘zbek. yozuvi imlosiga ko‘ra ham bunday so‘zlar ajratib yoziladi, ammo ularning qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, shu elementlardan oldin chiziqcha qo'yiladi: do ‘st-u dushman, kecha-yu kunduz kabi (51- qoidadagi eslatmaning 2- bandi).
Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra yil va oylarni (chislolarni) ko‘rsatuvchi arabcha raqamdan so‘ng chiziqcha (defis) yozilmaydi: 1956 йил 22 сентябрь kabi (47 paragraf qoidasi). Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra bunday o‘rinlarda chiziqcha qo‘yiladi: 1991- yilning 1- sentabri, 60-yillar kabi (56- qoida).
Amaldagi (kirillcha) o'zbek yozuvi imlosidagi qaysi qoidalar yangi
(lotincha) o'zbek yozuvi im lo qoidalari sirasiga kiritilmagan? Sabablari?
Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida izofali so‘zlarning – нук,таи назар (nuqiai nazar), ойнаи жа.\он (oynai jahon), дарди бедаво (dardi bedavo) kabilarning ajratib yozilishi nazarda tutilgan (58- paragraf, 7- qoida). Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosida bu qoidaga bitta o'zgarish kiritilgan: endilikda (yangi yozuvda) izofa undosh bilan tugagan so'zlarga «i» shaklida (masalan, dardi bedavo kabi), unli bilan tugagan so‘zlarga esa «yi» shaklida (masalan, nuqtayi nazar kabi) qo‘shiladi (65- qoida).
Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi «qoidalari»ning 69- va 71- paragraflari bir xil hodisaning birikmali nomlarini ikki xil yozishga yoi ochadi: birikma muhim vig‘ilish nomi bo‘lganda, undagi har bir so‘z bosh harf bilan, birikma muhim tarixiy voqea nomi bo‘lganda esa undagi birinchi so‘z bosh harf bilan, qolganlari kichik harf'bilan boshlanadi, Крим Конференцияси (69- paragraf qoidasiga mos) – Крим конференцияси (71- paragraf qoidasiga mos).
Izoh: birinchi misolda Qrim Konferensiyasining muhim yig‘ilish nomi ekanligi, ikkinchi misolda esa shu birikmaning muhim tarixiy voqea nomi hisoblanishi nazarda tutilgan.
Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosida shu ikki qoidadan faaat bittasi saqlangan, unga ko‘ra «Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navro‘z bayrami kabi» (70- qoida). Demak, lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosida yuqoridagi ikki qoidaning parallel yashashiga chek qo‘yi!gan, shu bilan mazkur qoidaning izchil bo‘lishi ta’minlangan.
Fonetik prinsip haqida ma‟lumot bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |