Kombaynlarning umumiy tuzilishi va ishlashi.
O’ziyurar SK-5 «Niva» kombayni jatka, molotilka, g’aramlagich, dvigatel, yurish qismi, kabina, yuritish va boshqarish mexanizmlari hamda gidrosistemadan tashkil topgan.
Kombayn asosiy sistemalar ishini kontrol qiluvchi tovush va chiroq signalizasiyasi bilan jihozlangan.
4.2.1-rasm. SK-5 «Niva» don kombayni
1-bo’lgich, 2-motovilo, 3-qirqish apparati, 4-jatkaning shnegi, 5-jatkaning moslashish boshmo g’i, 6-erkin o’rnatilgan qiya transportyor, 7-molotilkaning qabul biteri, 8-baraban ostligi, 9-baraban, 10-silkitish taxtasi, 11-qaytargich biter, 12- ventilyator, 13-don shnegi, 14-barmoqli panjara, 15-yuqorigi va pastki tozalash g’alviri, 16-boshoq shnegi, 17-yuqorigi g’alvir uzaytirgichi, 18-poxol tiqqich, 19- somon tiqqich.
Kombayn ishlayotganda bo’lgichlar jatkaning qamrash kengligiga teng poyalar polosasini ajratadi, motovilo esa ularni qirqish apparatiga keltiradi.Qirqilgan poyalar shnek vositasida jatkaning markaziga suriladi va ular shnekning barmoqlari bilan qamrab olinadi, so’ngra platforma bo’ylab erkin o’rnatilgan qiya transportyorning plankalariga uzatiladi.Keyinchalik g’alla massasi qabul biteriga uzatiladi, u massani yanchish uchun yanchish apparatlariga yo’naltiradi.
Massa baraban va baraban tagligi orasidagi zazor orqali o’tayotganda undan don ajratadi va uning ko’p qismi to’pon bilan birga baraban tagligi g’alviridan silkitkich taxtaga tushadi.Qolgan massa qaytarish biteri vositasida poxol elagichga itqitib tashlanadi, u massani elaydi va natijada silkitgich taxtaga qolgan don, qipiq hamda xas-cho’plar tushadi.Poxol poxol tiqqichga uzatiladi, u uni g’aramlagichga beradi. Donli aralashma silkitgich taxtadan barmoqli panjaraga keladi, undan aralashma tozalagichning yuqorigi g’alviriga bir tekis qilib to’kiladi. Tozalagichning silkinib turuvchi yuqorigi va pastki g’alvirlarida aralashma ventilyator vujudga keltirgan havo oqimi tasiriga duch keladi.Bunda don va o g’ir aralashmalar g’alvir ko’zlari orqali o’tadi, xas cho’p va yengil aralashmalar esa yuqorigi g’alvirdan tushadi hamda havo oqimi va poxol tiqqich tasirida g’aramlagichga uzatiladi.
Yanchilmagan boshoqlar pastki g’alvirdan tushib, boshoq shnegiga yo’l oladi, undan esa boshoq elevatori va kichik shnek orqali uzil-kesil yanchish uchun yanchish
qurilmasiga uzatiladi. G’alvir va havo oqimi yordamida tozalangan don, don shnegiga keladi, undan esa elevator hamda taqsimlash shnegi bilan bunkerga tashib ketiladi, undan shnek yordamida transport vositasiga ortiladi. G’aramlagich to’lganda poxol va to’pon an g’izga bo’shatiladi.
G’aramlagich o’rniga maydalagich o’rnatilganda poxol truba bo’ylab tirkalma transport telejkasiga uzatiladi. G’allani alohida -alohida yi g’ishda kombayn jatkasiga podborshchik o’rnatiladi, u qator uyumlarni ko’tarib oladi va g’alla massasini jatkaning shnegiga uzatadi. Qolgan texnologik prosesslar xuddi bevosita kombaynda yi g’ishdagiga o’xshash bo’ladi.
Boshqa kombaynlarning umumiy tuzilishi va ishlashi asosan shunga uxshashdir. Biroq kombaynlar o’lchamlari, ish organlarining o’tkaza oluvchanligi va ayrim agregatlari hamda yi g’ish birliklarining konstruksiyasi bilan bir-biridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |