AMALIY MASHG’ULOT №-16 G’alla kombaynlarining tuzlishi, texnologik ish jarayonlari
Ishning maqsadi: Boshoqli ekinlarni mashina bilan o’rib-yig’ib olishga qo’yilgan agrotexnik talablar, mashinaning tuzilishi, tasnifi hamda ishlashi haqida tushunchalar berish.
Jixoz va asbob uskunalar: G’alla o’rish va yig’ish kombaynlariga oid plakatlar, kombaynlar asosiy ish organlarining namunalari, o’lchov lineykasi, klyuchlar.
Ishni bajarish tartibi:
Donni o’rish kombaynlarining tuzilishi, texnologik jarayoni va asosiy rostlashlar.
Don tozalashda qo’llaniladigan mashinalarning turlari bilan tanishish
Kombayn bilan bevosita yig’ishda (bir fazali usulda yig’ish) g’alla o’riladi va yanchiladi. Don tozalanadi va bunkerga yig’iladi, poxol esa dalaga g’aramlab ketiladi.
Alohida-alohida (ikki fazali) yig’ishda g’alla dumbullik paytida qatorga uyumlash jatkasi bilan o’riladi va ang’izga yotqiziladi. Uch-to’rt kundan keyin kator uyumlardagi don pishib yetiladi va ular podborshchiklar bilan jihozlangan kombaynda ko’tarib olinadi. Qolgan ishlarda kombayn xuddi bevosita yi g’ishdagiga o’xshash operasiyalarni bajaradi.Ikki fazali usulda yig’ish bir fazali usulda yig’ishga qaraganda 5..8 kun ilgari boshlanadi va u tezroq tamomlanadi, bu esa don nabudgarchiligini kamaytiradi. Birinchi navbatda begona o’t bosgan, yotib qolish va to’kilishga moyil g’alla alohida-alohida usulda yig’ib olinadi: poyalar qalinligi 1 m2 maydonda 300 tadan, ularning balandligi 600 mm dan kam bo’lmasligi zarur.Qirqish balandligi 120...250 mm qilib o’rnatiladi.Sernam rayonlarda o’rilgan massa yupqa qator uyumlarga, quruq rayonlarda qalin ensiz qator uyumlarga yotqiziladi. G’allani o’rishda don nobudgarchiligi 1%, qator uyumlarni ko’tarib olishda 0,5%, kombayn molotilkasidagi nobudgarchilik 1,5% dan ortiq bo’lmasligi darkor.Uru g’lik donning maydalanishi 1%, oziq-ovqatga ishlatiladigan donniki esa 2% dan ortiq bo’lmasligi zarur.Bunkerdagi donning tozaligi 96% dan kam bo’lmasligi kerak.
Alohida -alohida yi g’ishda donli ekinlarni o’rish uchun donli ekinlarni yi g’uvchi SK-5 «Niva» va SKD-5 «Sibiryak» kombaynlariga o’rnatiladigan JVN-6A, JNS-6-12, JShN-6 va JVR-10 qator uyumlash jatkalari hamma MTZ-80 traktori bilan agregatlanadigan tirkalma JVS-6 qator uyumlash jatkasi ishlatiladi.
O’ziyurar SK-5 «Niva» kombayni donli ekinlarni bevosita va alohida-alohida usulda yi g’ish uchun mo’ljallangan.Unga quvvati 88 kVt (120 o. k.) bo’lgan SMD- 19 yoki SMD-20 dvigateli o’rnatilgan.Kombaynning o’tkazuvchanligi don massasini poxol massasiga nisbatan 1,0:1,5 bo’lganda sekundiga 5...6 kg g’alla massasiga tu g’ri keladi.
Kombayn buyurtmachiga qamrash kengligi 3,2; 4,1; 5,0; 6,0; 7,0 m li jatka bilan birga yetkazib beriladi. Kombayn ventilyasiya sistemasi bor germetik kabina bilan taminlangan.Kontrol qilib turish uchun ish organlari signalizasiya qurilmalari bilan jihozlangan.
O’ziyurar SK-6 «Kolos» kombayni. U sekundiga 6...8 kg g’alla massasini o’tkaza oladi. Kombayn qamrash kengligi 4,1; 5,0; 6,0; 7,0 m bo’lgan jatkalar bilan komplektlanadi.SK-6 kombayni va uning modifikasiyalariga quvvati 110 kVt (150 o. k.) bo’lgan SMD-64 dvigateli o’rnatilgan.
O’ziyurar SKD-6 «Sibiryak» kombayni. Bu kombaynning o’tkaza oluvchanligi sekundiga 6,3 kg.Kombayn sernam sharoitlarda donli ekinlarni yi g’ish uchun qo’llaniladi.Unga savagichli ikkita baraban va SMD-20 dvigateli o’rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |