Markazsiz jilvirlash. Bunda ikkita jilvirlash toshidan foydalaniladi, bu toshlardan biri kesish ishini bajaradi, ikkinchisi esa ishlov berilayotgan zagotovkani aylantiradi va zarur bo’lgan taqdirda unga bo’ylama surish harakatini uzatadi. Ishlov beriladigan zagotovka mahkamlanmaydi, balki ana shu toshlar orasida siljib, chetlari kertilgan pichoqga tayanadi. Jilvirlash toshlarining ikkalasi ham bir tomonga aylanadi, bu hol zagotovkaning uzluksiz aylanishiga imkon beradi. Kesish jarayonida ishlov berilayotgan zagotovka bilan etakchi tosh bir chiziq bo’ylab urunishi uchun etakchi toshning yasovchisi giperbola shaklida qilinadi. Toshlar har xil tezliklar bilan, jilvirlovchi tosh 30 – 40 m/sek tezlikda, yetakchi tosh esa 10 – 20 m/min tezlikda aylanadi, bunda yetakchi tosh ishqalanish kuchi tufayli zagotovkani ushlab turuvchi ro’lini o’ynaydi va zagotovkani deyarli o’zining tezligi bilan aylantiradi.
3151 modelli doiraviy jilvirlash dastgohini ko’rib chiqamiz. Bu dastgoh zagotovkalarning silindrik, konussimon vat ores yuzalarni markazlardan foydalanib sirtqi jilvirlash uchun mo’ljallangan. Dastgoh quyidagi asosiy uzellardan iborat: oldingi babka (zagotovkani aylanma harakatga keltirish yuritmasi bilan), staninaning ko’ndalang yo’naltiruvchilari bo’ylab suriluvchi jilvirlash babkasi, ketingi babka, stamina, stolning gidravlik yuritmasi, staninaning bo’ylama yo’naltiruvchilari bo’lab suriluvchi stol, burish plitasi. Jilvirlash babkasi ko’ndalang yo’nalishda maxovik vositasida suriladi. Stolning gidravlik yuritmasi dasta vositasida boshqariladi. Knopka stansiyasi bilan belgilangan. Ishlov beriladigan zagotovka oldingi va keying babkalarning markazlariga o’rnatiladi va povodokli patron yordamida zagotovkani aylanma harakatga keltiriladi.
Pritirlash (yoki dovodkalsh) shundan iboratki, bunda pritir va mayda donali erkin abrazivyordamida suyuq moy muhitida zagotovkaning ishlov beriladigan yuzasidan metal zarrachalari qirib olinadi.
Pritirlash quyidagi materiallardan: kulrang cho’yan, rangdor metal va ularning qotishmalari, plastiplasticlar va boshqa materiallardan tayyorlanadi.
Pritirlash uchun ishlatiladigan abraziv materiallar: tabiy korund, elektrokorund, donadorligi 5 – 16 bo’lgan kremniy karbid, GOI pastasi (76% xrom oksid, 22% stearin, 2% kerosin), olmos kukuni, bor karbidi kukuni. Pritirlash va dovodkalash uchun abraziv donalar o’lchamini tanlash detallarning ishlov beriladigan yuzalarining g’adir – budirligi va aniqligiga nisbatan qo’yiladigan talablarga bog’liq bo’ladi. Pritirlash yo’li bilan silindrik, yassi va boshqa yuzalarga ishlov beriladi.
Pritirlash yuzaga oldindan botirilgan abrazivli pritir yordamida, suyuq moy muhitidagi erkin abraziv yordamida pritir bilan biriktirilgan detallarning ishlov beriladiganyuza orasida kichikroq bosim hosil qilib, bir – biriga ishqalanish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin; bu holda ikki detalning bir – biri bilan urinadigan yuzalari orasiga abraziv kukuni surtilib, ular o’zaro ishqalanadi (masalan, klapan osti konuslarining pritirlanishi).
Ish disklar yuzasiga sirtqi silindrik yuzalarini pritirlash uchun abrzaiv kukuni bilan jilolash suyuqligi aralashmasi botirilgan. Silindrik zagotovkalarga aylanuvchi disklar qo’yiladi. Silindrik yuzalarni pritirlashda qo’yim diametriga 0,005 – 0,05 mm ni tashlil etadi. Moylash suyuqligi sifatida kerosin, benzin va mashina moyi ishlatiladi.
Superfinishlash (nafis dovodkalash) – ishlov beriladigan detaldan juda toza yuza hosil qilish uchun maxsus kallak yordamida nozik abraziv dovodkalashning bir turi. Nozik dovodkalash uchun oq elektrokorunddan, yashil kremniy kerbididan, keramika yoki bakelit bog’lovchi asosida tayyorlangan abraziv brusoklar, shuningdek, metal bog’lovchili olmos brusoklar ishlatiladi. Nozik dovodkalash usulidan toblangan po’lat, toblanmagan po’lat, cho’yan, rangli metallar va ularning qotishmalaridan tayyorlangan detallarning doiraviy, yassi, konussimon (ko’pincha sirtqi) yuzalariga ishlov berishda foydalaniladi. Zagotovka superfinishlanishidan oldin jilvirlanishi kerak. Superfinishlashning moxiyati shundan iboratki, bunda abraziv brusoklar aylanayotgan zagotovka yuzasi yoki kallak bo’ylab minutiga 5 – 15 m tezlik bilan ilgarilanma – qaytar harakatda, shu bilan birga, chastotasi minutiga 200 dan 2000 qo’sh yurish va amplitudasi 1 – 6 mm bo’lgan tebranma harakatda bo’ladi; brusoklarning siljish tezligi 0,1 – 1,1 m/min bo’ladi. Nafis dovodkalash jarayonida brusoklar ishlov berilayotgan yuzaga ozgina kuch bilan siqiladi, buning natijasida zagotovka qizimaydi va zagotovkaning yuza qatlami juda ham oz darajada deformatsiyalanadi. Moylash – sovutish suyuqligi sifatida 5 – 10 % mashina moyi aralashtirilgan kerosin ishlatiladi.
Ichki jilvirlash dastgohlari har xil ko’rinishdagi: ochiq, pog’onali, berk, silindr va konussimon teshiklarni jilvirlash uchun mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |