Amaliy mashg`ulot – 12
Mavzu: Desorbsiya jarayonini avtomatlashtirish
Ishdan maqsad:
Qisqacha nazariy ma`lumot
Desorber qurilmasi: Desorbtsiya jarayonining avtomatlashtirilgan funksional sxemalarini tuzish va jarayonda nazorat qilinadigan, rostlanadigan va boshqariladigan parametrlarni o’rganish.
I ssiqlik almashinish qurilmasi, aralashma tarkibidagi gazni suyuqlik bilan isitish orqali ajratib olinadi, odatda haroratni oshirish bilan suyuqlik (to’yingan absorbent) tarkibidagi uchuvchi gazlar olinadi.
Vertikal tsilindrik qurilma balandligi 19-20 m ni tashkil etadi, diametri esa 0,8 m, 25 ta tarelkasi bor, hamda kolonnaning yuqori qismida Rashig kolsalaridan yig’ilgan nasadkali qatlam mavjud.
1-rasm. Desorber qurilmasi. 1-Rashig kolsalaridan yig’ilgan nasadkali qatlam; 2-Tarelkalar.
Avtomatika elementlarini ularning funksional vazifasiga ko’ra tasniflash maqsadga muvofiq.Avtomatik tizim elementlarining tarkibiga kiruvchi funksional bog’lanishni ifodalovchi sxema funksional sxema deb ataladi.
Avtomatik tizimlar bir-birlari bilan ma'lum ketma-ketlikda bog’langan bo’lib, har biri tegishli vazifani bajaruvchi alohida elementlardan iborat.Mustaqil funksiyani avtomatik tizim tarkibining biror qismi avtomatika elementideyiladi.
Bundan tashqari, shu avtomatik tizimni turli dinamik hususiyatlariga ega bo’lgan va bir- birlari bilan bog’langan sodda bug’inlar shaklida tasvirlash ham mumkin. Bu holda avtomatik tizimning sxema bo’g’inlarning bo’g’lanishini aks ettiradi va tizimning tuzilish sxemasi deyiladi.
Funksional sxema avtomatlashtirishni tavsiflovchi, uning tarkibiy qismlari, ular orasidagi bog’lanishlar, tehnologik ob'ektni va uning avtomatlashtirish elementlari bo'lmish boshqarish, kuzatish, rostlash,himoya avtomatik sxemalari bilan ta'minlash chora-tadbirlarini ko'rsatib turuvchi texnik hujjatdir.
Funksional sxema avtomatlashtirish loyihasini amalga oshirishning boshlanishidir. Sxemada ob'ektning kuzatiladigan parametri va kuzatish o'rni; qo'llanadigan sezgich (datchik) va o'lchov asboblari; oraliqqa signal uzatish usuli (elektrik, inevmatik va gidravlik); ijrochi mehanizm va rostlash organi turlari, taqqoslovchi qurilmalari, uzib ulagichlar, ijrochi mexanizmlar, boshqarish apparatlari, markazlashtirilgan kuzatuv va boshqarish mashinalari (EXM), telemexanika qurilmalari, himoya va hisoblash elementlari ko'rsatiladi. Yordamchi qurilmalar, filtrlar; reduktorlar, ta'minlash manbalari, rele, magnitli ishga tushirgichlar, avtomatlar, saqlagichlar, manba zanjirlarining uzgichlari va boshqalar funksional sxemada ko'rcatilmasligi ham mumkin.
Neftdan ajratib olingan gazlarni tozalash texnologik tizimi.
Jarayonni amalga oshirishdan maqsad - gazni navbatdagi qayta ishlashga tayyorlash, undan H2S va karbonat angidridni ajratish. Gazni tozalashda absorbtsion va adsorbtsion usullar qo`llaniladi. Absorbtsion usulda asosan kimyoviy absorbtsiya jarayoni amalga oshirilib, gaz tarkibidagi H2S va SO2 moddalar turli kimyoviy brikmalar holida ajratib olinadi. Adsortsion usulda tozalash esa asosan aktiv ko`mir va sintetik tseolit vositasida amalga oshiriladi.
Absorbtsion usulda gaz tarkibidagi H2S ning 99% (massa) gacha, adsorbtsion usulda esa 98% (massa) gacha ajratib olinishi ta`minlanishi mumkin. Absorbtsion usulda H2S bilan bir vaqtda SO2 ham ajratib olinadi.
Ushbu mavzuda gazni monoetanolamin eritmasi vositasida absorbtsion tozalash texnologik tizimi ko`rib chiqiladi. Bu tizim bo`yicha jarayon quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Gaz K-1 absorberning pastki qismidan beriladi va kolonna yuqorisidan berilayotgan 15% li monoetanolamin bilan kontaktda bo`lib, absorbtsiya jarayoni amalga oshiriladi.
2-rasm. Gazni tozalash texnologik tizimi.
I – tozalashga berilayotgan gaz; II – tozalangan gaz; III – uglevodorod kondensati; IV – H2S; V – etanolamin eritmasi; VI – bug’; VII – suv.
Tozalangan gaz kolonna yuqorisidan chiqarilsa H2S ga tuyingan suyuqlik fazasi kolonna pastidan chiqariladi. Ushbu suyuqlik past bosimli S-1 separatorga berilib, unda suyuqlikga yutilgan uglevodorod gazlari va gaz kondensati ajratiladi. Suyuq faza separatordan T-1 va T-2 isitgichlar orqali K-2 desorberga uzatiladi va unda suyuqlik tarkibida yutilgan H2S va SO2 ajratiladi. Tozalangan suyuq faza T-1 isitgich va X-1 sovitgich orqali o`tib, zarur temperaturagacha sovitiladi va E-1 sig’imga, undan esa absorberga uzatiladi. Desorber yuqorisidan chiqarilgan H2S gazi va suv bug’lari XK-1 sovitgich-kondensator orqali o`tib E-2 sig’imga yig’iladi va undan H2S gaz holida chiqarilib, suv bug’lari kondensati esa desorberga qaytariladi.
Texnologik rejim.
Temperatura:
Absorberda - 35-400 S
Desorberda - 115-1300 S
Mashg`ulot topshirig`i:
Desorbtsiya jarayonida nazorat qilinadigan, rostlanadigan va boshqariladigan parametrlarni o’rganish.
Desorbtsiya jarayonining avtomatlashtirilgan funksional sxemalarini qurish.
Do'stlaringiz bilan baham: |