Amaliy mashg ʻ ulot-11. Mavzu: Mikroprosessorning ishlash asoaiy taxlili. Mikroprosessor


Mikroprosessorli tizim apparat vositalari



Download 328,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana15.04.2022
Hajmi328,5 Kb.
#554989
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
a11

Mikroprosessorli tizim apparat vositalari. 
Mikrokontroller (MK) mikroprosessorli boshqarish (MPT) apparat 
vositalari. 
MK dasturlar xotirasiga yozilgan amaliy dastur kirish signalining xohishiy 
kombinatsiyasida ham MK ishonchli ishlashini taʻminlab berishi kerak. Ammo 
elektromagnit xalallar, manba kuchlanishini tebranishi va boshqa tashqi taʻsirlar 
natijasida 
loyihalashtiruvchilarning 
nazarda 
tutgan 
dasturning 
bajarilish 
jarayonining tartibi buzilishi mumkin. Tizimning operatori boʻlmagan holda MK 
ishonchli ishga tushirish, ishlashini nazorat qilish va ishga layoqatligini tiklash 
maqsadida barcha zamonaviy MK ishonchli ishlashini taʻminlovchi apparat 
vositalar bilan taʻminlanadi. Ularga quyidagilar kiradi:
- MK nolga oʻtkazuvchi signalni hosil qilish sxemasi;
-maʻnba kuchlanishini monitoring qiluvchi modul;
-qoʻriqchi taymer.
Ularning tuzilishi. 
ShK ning tizimli shinasiga va MPga tipik tashqi 
qurilmalar bilan bir qatorda baʻzi bir qoʻshimcha integral mikrosxemalar ulangan 
boʻlishi mumkin; ular mikroprosessorning ish imkoniyatlarini kengaytiradi va 
yaxshilaydi: 
matematik soprotsessor, xotiraga bevosita 
murojaat qilish 
nazoratchisi, 
kiritish-chiqarish 
soprotsessor, 
uzilishlar 
nazoratchisi 
va 
boshqalar.Matematik soprotsessor qayd qilingan va koʻchib yuradigan nuqtali 
ikkilik sonlar ustida, ikkilik kodlangan oʻnlik sonlar ustida amallar bajarishni 
tezlashtirish uchun, baʻzi bir transtsendent, shu jumladan trigonometrik 
funktsiyalarni hisoblash uchun keng ishlatiladi. Matematik soprotsessor oʻzining 
buyruqlar tizimiga ega va asosiy MP bilan parallel (vaqt boʻyicha kelishilgan 
holda), lekin MP boshqaruvi ostida ishlaydi. Amallarni bir necha oʻn martalab 
tezlashtiradi. MP ning oxirgi modellari, 80486 DX MP dan boshlab, soprotsessorni 
oʻz strukturasi ichiga olgan. Xotiraga bevosita murojaat qilish nazoratchisi MP ni 
magnit disklardagi yigʻuvchilarni bevosita boshqarishdan xalos etadi, bu esa ShK 
ning samarali tezkorligini jiddiy oshiradi. Bu nazoratchisiz TXQ, va TEQQ 


orasidagi qiymatlarni almashish MP registri orqali ikki qadamda, nazoratchi bor 
boʻlganda esa bir qadamda amalga oshiriladi qiymatlar bevosita, MP ni chetlab 
oʻtib, TXQ va TEQQ oʻrtasida uzatiladi. 
 
Kiritish-chiqarish soprotsessori — MP bilan parallel ishlashi hisobiga, bir 
nechta tashqi qurilmalarga (displey, printer, QMDY, EMDY va b.) xizmat 
koʻrsatganda kiritish-chiqarish jarayonlarini bajarishni juda tezlashtiradi; MP ni 
kiritish-chiqarish jarayonlarini qayta ishlashdan ozod etadi, shu jumladan xotiraga 
bevosita murojaat qilish rejimini amalga oshiradi.Uzilishlarning nazoratchisi ShK 
da muhim rol oʻynaydi.
Uzilish — bir dasturni bajarilishini hozirgi vaqtda yanada muximroq boshqa 
dasturni 
tezkor 
bajarish 
maqsadida 
vaqtincha 
toʻxtatilishidir.Uzilishlar 
kompyuterni ishlashida doimo paydo boʻladi, shuni aytash etarliki, maʻlumotlarni 
kiritish-chiqarishning hamma jarayonlari uzilishlar bilan bajariladi, masalan, 
taymerdan uzilishlar uzilish nazoratchisi tomonidan sekundiga 18 marta hosil 
qilinadi va xizmat koʻrsatiladi (tabiiyki, foydalanuvchi ularni sezmaydi).
Uzilishlar quyidagilarga boʻlinadi:
• kiritish-chiqdrish bazaviy tizimidan uzilishlar yoki quyi daraja uzilishlar;
• operatsion tizimdan uzilishlar yoki yuqori daraja uzilishlari.
Izoh.
Uzilishlar toʻgʻrisida toʻliqroq maʻlumotni [3] ishdan bilib olish 
mumkin.
Uzilishlar nazoratchisi uzilish jarayonlariga xizmat koʻrsatadi, tashqi 
qurilmalardan uzilishga soʻrovni qabul qil adi, bu soʻrovni muximlilik darajasini 
aniqlaydi va MP ga uzilish xabarini beradi. MP, bu xabarni olib, joriy dasturning 
bajarilishini toʻxtatadi va tashqi qurilma soʻragan uzilishning maxsus xizmat 
koʻrsatish dasturini bajarishga oʻtadi. Xizmat koʻrsatish dasturi bajarilgandan soʻng 
uzilgan dasturni bajarilishi qayta tiklanadi. Uzilishlar nazoratchisi dasturlanadigan 
hisoblanadi. 

Download 328,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish