Ko‘krak markaz oralig‘i - ko‘krakning baland nuqtalari orasi o‘lchab aniqlanadi.
Ko‘krak osti aylanasi – ko‘krak osti gir aylantirib o‘lchanadi.
Bel aylanasi– bel gir aylantirib o‘lchanadi.
Son aylanasi– ikkala sonning eng baland joyidan, beldan 18-20 sm pastroqdan gir aylantirib o‘lchanadi.
Tirsak aylanasi– tirsak chizig‘i bo‘yicha o‘lchanadi.
Bilak aylanasi– kaftining asosidan o‘lchanadi.
Yengning uzunligi. Bu o‘lchovni olishda qo‘l pastga tushirilgan bo‘lishi ham, tirsakdan sal bukilgan bo‘lishi ham mumkin. Qo‘l pastga tushirilgan bo‘lsa – qo‘lning yelka bug‘inidan bosh barmoqning katta bo‘g‘inigacha o‘lchanadi, uni tirsakdan bukib turganda esa – yelka bug‘inidan kaftning asosigacha o‘lchanadi.
Yengning tirsakkacha uzunligi – qo‘lning yelka bo‘g‘inidan tirsakkacha o‘lchanadi.
Yubkaning uzunligi– bel chizig‘idan boshlab zarur uzunlikkacha o‘lchanadi.
Shimning umumiy uzunligi – beldan zarur uzunlikkacha (yon tomondan) o‘lchanadi.
Shimning tizzagacha uzunligi– beldan oyoq bo‘yicha tizzagacha o‘lchanadi.
Og‘ chizig‘ini (qadamining uzunligi) pochaning pastki chizig‘idan (poshnadan) chovgacha oyoqning ichki tomoni bo‘yicha o‘lchanadi.
O‘tirish chizig‘i. O‘lchovi olinadigan kishi stulga o‘tqaziladida, beldan stulgacha bo‘lgan uzunlik o‘lchanadi. Zarur o‘lchovlar olinib bo‘lgach, andaza chizishga kirishiladi. Kiyimning har bir qismi (detali) alohida chiziladi, shu bilan birga, ko‘krak aylanasi chizmani chizish uchun asosiy o‘lchov bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘krak aylanasining yarim o‘lchovi kiyimning razmer qilib qabul etilgan (masalan, ko‘krak aylanasi 104 sm ni tashkil etsa, kiyimning razmeri 52 bo‘ladi). Kiyimning orqasi, oldi va boshqa simmetrni detallari chizmasining kengligi kiyimning yarim kengligiga teng bo‘ladi, lekin andazaning bo‘yi (uzunligi) buyumning o‘lchab aniqlangan to‘la uzunligi bilan baravar qilib olinadi. Yeng va boshqa nosimmetrik detallar andazasi shu detallarning to‘la kengligi (eni) va uzunligiga teng qilib chiziladi.
Turli razmer va fasondagi kiyimlarning andaza chizmasini chizish uchun chizmada asosiy chiziq va nuqtalar qanday joylashganligini hamda ularning gavda xususiyatlari bilan bog‘lanishini tushunib olish kerak. Asosiy andaza chizmasini chizish qoidalarini bilib olgach, turli razmerdagi andazalarni chizish qiyin bo‘lmaydi, chunki ularning asosi bir xilligicha qoladi, o‘zgarmaydi. Andaza chizmalarini chizish misollarida shartli o‘lchovlar olingan. Shunga ko‘ra, boshqa razmerdagi kiyimni tikish uchun kiyimlarning turlari bo‘yicha yozilgan matolalarda berilgan misollarga qarab chizma chizishga to‘g‘ri keladi, bunda o‘lchovlarga mos keladigan razmerlarni asos qilib olish kerak. Kerakli razmerda andaza chizmasi tayyor bo‘lgach, shu chizmaga acoclanib har xil kiyimning turli fasonidagi andazalarni chizish mumkin. Buning uchun tegishli model yasaladi.
Ishning bajarilish tartibi
1. Odam gavdasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish.
2. Gavdadan o‘lchov olish usullarini o‘rganish.
3. Gavdadan ketma-ketlikda o‘lchov olishni o‘rganish.
4. O‘lchov olishda qo‘yiladigan talablarni o‘rganish.
Sinov savollar
1. Gavdadan o‘lchov olish usullari bo‘yicha nimalarni bilasiz?
2. Gavdadan ketma-ketlikda o‘lchov olishni ko‘rsatib bering.
3. O‘lchov olishda qanday talablar qo‘yiladi.
Foydalaniladigan asosiy adabiyotlar ro‘yxati
1. Ismatullayeva X.Z. va boshqalar. Maxsus materialshunoslik. -T.: “ Iqtisod - Moliya”, 2007.
2. Ochilov T.A. va boshqalar To’quvchilik materiallarini sinash T. Ozbekiston 2004.
3. Olimov Q. Tikuvchilik korxonalarini jihozlari va uskunalari.-T.: “G‘.G‘ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi”, 2008.
4. Gaipova N. va boshqalar. Tikuvchilik texnologiyasi asoslari Toshkent Adabiyot 2006 yil.
5. Q. Abdullayeva. Tikuvchilik buyumlarini loyhalash va modellashtirish asoslari. T. 2006 y.
6. Sharipov Sh va boshqalar Mehnat ta’limi 5-sinflar uchun 2014 yil
7. Woodwork Joints William Fairham 2008
8. Mangal S.K, Mangal Uma Educational technology. Dehli 2012 yil
Elektron ta'lim resurslari
1. http: // www. Istedod. uz
2. http: //www. pedagog. uz
3. http://www. ziyonet. uz
4. http://www. tdpu. uz
5. http://www.Abduqodirov.pbnet.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |