Amaliy ish 9 Mavzu: Dizellarning ta’minlash tizimini tuzilishi va ishlashini o‘rganish



Download 121,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana31.05.2023
Hajmi121,05 Kb.
#946828
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
A 9 DTT(3)



Amaliy ish 9 
 
Mavzu: Dizellarning ta’minlash tizimini tuzilishi va ishlashini o‘rganish 
Ishning maksadi.
Qishloq xo‘jaligida keng foydalaniladigan dizellar misolida 
ta’minlash tizimi elementlari xavotozalagich, turbokompressor, yoqilg‘i baki, 
yoqilg‘i filtrlari, yoqilg‘i nasoslari, forsunka va aylanish chastotasi rostlagichlarini 
vazifasi, tuzilishi va ishlashini o‘rganish. Ta’minlash tizimi elementlariga texnik 
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar xosil qilish. 
Ish joyini jixozlash.
Urganilayotgan ta’minlash tizimi elemenlari, kalitlar 
tuplami va tegishli moslamalar. Mavzuga tegishli plakatlar va modellar. 
 
Ta’minlash tizimi havo va yoqilg‘ini tozalab silindrga uzatish hamda yonib 
bo‘lgan gazlarni silindrdan tashqi muhitga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. 
Ta’minlash tizimida quyidagi tashkil etuvchilarni ko‘rsatish mumkin: 
- xavoni tozalash tizimi; 
- yoqilg‘i etkazib berish tizimi; 
- ishlab bo‘lgan gazlarni shovqinsizlantirish tizimi. 
Havo bilan ta’minlash tizimining
asosiy vazifasi dizelni barcha tezlik va 
yuklanish rejimlarida ishlaganida uning silindrlariga purkalayotgan yoqilg‘ini to‘liq 
yoqish uchun kerak bo‘lgan tozalangan havo miqdorini ta’minlash uchun xizmat 
qiladi. 
Traktor avtomobillarga qaraganda ko‘proq changlangan sharoitda ishlaydi. 
Silindrlar ichiga kirib qolgan moddalarni 90% ishlab bo‘lgan gazlar bilan birga 
tashqi muxitga chiqib ketadi, qolgan 10% esa porshen xalqalari va silindrlar tirqishi 
orasida qolib abraziv edirilish hosil bo‘lishiga imkon beradi. 
Traktorni havo tozalagichlari ikki, uch pog‘onali bo‘lishi mumkin. Birinchi 
pog‘ona inersion usuli bo‘yicha, ikkinchi va uchinchi pog‘onalar filtratsiya 
prinsipida tozalanadi. 
Havo tozalagichni birinchi pog‘onasi misoli 1-rasmda ko‘rsatilgan. Tashqi 
muxitdan silindrlarga kiritilayotgan havo to‘r 6 dan o‘tayotganida katta mexanik 
moddalardan tozalanib konussimon qobiq 4 va inersion panjara 3 tirqishga 
yo‘naltiriladi. 
So‘rish quvuri 2 ga kirishdan avval changlangan havo oqimi 180
0
buriladi, 
so‘ngra to‘r 3 xalqlari tirqishlaridan yuqoriga xarakatlanadi. Burilish jarayonida 
havo tarkibida bo‘lgan og‘ir mexanik moddalar o‘zlarini inersiya kuchlari ta’sirida 
qobiq 4 bo‘yicha xarakatlanib chang yig‘ish bunkeri 1 da to‘planadi va keyinchalik 
tashqi muxitga chiqarib tashlanadi. 
Ikkinchi pog‘ona tozalash misoli 1-rasmni «b» ko‘rinishida keltirilgan. 
Birinchi tozalanish pog‘onasidan o‘tgan havoni asosiy 14 va saqlagich 15 filtr-
patronlarini pardalaridan o‘tish jarayoni sodir bo‘ladi. Ikkala filtr patronlar havo 
tozalagich asosi tagiga gayka 11 lar bilan siqib qo‘yiladi. 



1-rasm. Xavo tozalagich. 
1-chang to‘plash bunkeri; 2-so‘rish quvuri; 3-panjara haltasi; 4-konussimon qobug‘; 5-radial 
joylashgan plankalar; 6-to‘r; 7-quvurcha; 8-xavo tozalagich asosi; 9-siquvchi bolt; 10-
patrubok; 11-gayka; 12-qopqoq; 13-16-zichlash xalqalari; 14-asosiy filtr; 15-saqlagich filtr; 17-
quvur; 18-rezbali teshikcha; 19-flanets; 20-disk rezbasi; 21-shaffof qopqoq; 22-disk; 23-
qo‘zg‘aluvchan baraban; 24-qo‘zg‘almas baraban; 25-prujina. 
CHang to‘lib qolganligini ko‘rsatadigan indikator (1-rasm «v» ko‘rinishi) 
xavo tozalagichni to‘lgan darajasini ko‘rsatadi va unga qarab filtrlash elementlari 
o‘zgartiriladi. Xavo tozalagichni chiqarish partubkasida siyraklanish cheklangan 
miqdordan oshib ketsa indikator diafragmasi egilib qo‘zg‘aluvchan baraban 23 ni 
bo‘shatib yuboradi, undan so‘ng prujina 25 yshbu barabanni qo‘zg‘almas baraban 24 
ni oynalari atrofida aylantiradi va unda shaffof qopqoq 21 orqali qizil chiroq yonib 
darak beradi. Indikator quvur 17 ga shlang orqali ulangan. SHlangning bir uchi 
rezbali teshikda 18 ga, ikkinchisi esa indikator rezbasi 20 ga maxkamlangan. Xavo 
tozalagich flanets 19 yordamida koritish quvuriga maxkamlanadi. 
Kombinatsiyalangan havo tozalagichlar qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan 
avtomobil dvigatellarida qo‘llaniladi va ko‘p pog‘onali tozalash tizimidan iborat 
bo‘ladi.

Download 121,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish