Amaliy ish №9 Kompressor va yuk ko’tarish mashinalarining elektr yuritmalari quvvatini hisoblash Ishni bajarishdan maqsad



Download 274,41 Kb.
bet1/3
Sana06.01.2022
Hajmi274,41 Kb.
#324246
  1   2   3
Bog'liq
Amaliy ish №9


Amaliy ish № 9
Kompressor va yuk ko’tarish mashinalarining elektr yuritmalari quvvatini hisoblash

Ishni bajarishdan maqsad. Kompressor qurilmalarining elektr uskunalari va elektr yuritmalari quvvatini xisoblash usullari bilan tanishish

Qisqacha nazariy ma’lumotlar

SHaxta pnevmatik qurilmalari (kompressorlar) 9 at. bosimgacha bo‘lgan qisilgan xavoni ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi. SHaxta va rudniklarda pnevmatik yuritmali kon-shaxta qurilmalari, jumladan otboyniy molotoklar, perforatorlar, tog‘ jinslarini yuklovchi, burg‘ilovchi, to‘ldiruvchi mashinalar, lebyodkalarni qisilgan xavo bilan ta’minlash uchun qo‘llaniladi.

Ishlash prinsipiga ko‘ra kompressorlar sig‘imli va turbo -kompressorlarga bo‘linadi.

Sig‘imli kompressorlardaoning bosimi uning xajmini kamayishi xisobiga oshiriladi (silindrda xavo qisiladi), turbokompressorlarda esa xavo oqimining aylanadigan ishchi g‘ildirak kurakchalari bilan kuchli ta’siri natijasida (xavoning tezligi energiyasining bosimga o‘zgartirilishi).

Tuzilishi bo‘yicha sig‘imli kompressorlarga porshenli (ishchi organi ilgarilama – qaytma xarakatlanadi) va rotatsion va vintli (aylanadigan porshenli)lar kiradi; turbokompressorlar markazdan qochma va o‘q chiziqlilarga bo‘linadi. Konchilik korxonalarida porshenli va markazdan qochma kompressorlar keng qo‘llaniladi.

Porshenli kompressorlar – sig‘im bo‘yicha ta’sir qiladigan xisoblanadi: xavoning qisilish jarayoni berk fazoda – silindrning ichki ish xajmida amalga oshiriladi. Markazdan qochma ventilyatorlarda xavo oqimi ishchi g‘ildirakka o‘q chiziq yo‘nalishi bo‘ylab olib kelinadi va unga kirishda o‘zining yo‘nalishini 900 ga o‘zgartiradi xamda g‘ildirakning kurakchalar orasidagi kanallarida endi radial yo‘nalishda xarakatlanadi, bunda g‘ildirakning kirishidan chiqishi tomonga kurakchalar bo‘ylab xarakatlanadi.Xavoning xajmini o‘zgartirish uchun unga ta’sir qiladigan, silindrni ichida xarakatlanadigan porshen xizmat qiladi.

Silindrlar xavoni so‘radigan, qisadigan, tarmoqqa xaydaydigan so‘ruvchi va xaydovchi rostlovchi organlar - klapanlar bilan ta’minlangan

Porshenli kompressorlarning o‘ziga xos bo‘lgan jixadi vaqt bo‘yicha ketma – ket ish jarayonining uchta bosqichini – so‘rish, qisish, xaydashlarni amalga oshirishdir.

Porshenli kompressorlarning yuritmalari sifatida shtok, kreyskopf, shatun va krivoshiplardan tuzilgan krivoship – shatun mexanizmi qo‘llaniladi va u elektr yuritmaning aylanma xarakatini ilgarilama – qaytma xarakatga o‘zgartiradi.

Markazdan qochma kompressorlar ishlash prinsipi bo‘yicha markazdan qochma ventilyatorlar va nasoslarga o‘xshashdir. Xavoning qisilishi aylanadigan g‘ildirakning kurakchalari bilan xavo oqimining o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladigan aerodinamik kuchlar bilan amalga oshiriladi. Ishchi g‘ildirakka xavo kirish qurilmasi orqali kiritiladi, u xavo oqimining tezligini kesim yuzasi bo‘ylab bir maromda taqsimlanishini ta’minlaydi.

Istemolchilarni qisilgan xavo bilan ta’minlash uchun kon korxonasining er yuzasida kompressor stansiyalari quriladi. Kompressor stansiyasi deb bir necha kompressor qurilmalaridan tashkil topgan majmuaga aytiladi. Kompressor qurilmalari kompressorlardan, uning yuritmasidan, yordamchi uskunalardan, shuningdek nazorat va avtomatlashtirish vositalaridan iborat bo‘ladi. Kompressor stansiyasi kompressor qurilmalari bilan birga yordamchi uskunalar – so‘rish filtrlari, oxirlovchi sovutgichlar, xavo yig‘gichlar, shovqin so‘ndirgichlar, nasoslar va b. bilag ta’minlangan bo‘ladi.

Suv xaydash qurilmalarining ishlash rejimi uzoq muddatli va yuklamasi o‘zgarmaydi. Nasoslarning ishlash rejimi, yuklamalari, ishga tushirish jarayonlariga muvofiq elektr yuritmalari uchun qisqa tutashgan rotorli asinxronnыe dvigatellar va kamdan-kam sinxron dvigatellar qo‘llaniladi.

Nasoslar elektr yuritmalarida quvvati 200 – 250 kVtgacha bo‘lsa past kuchlanish va quvvati undan katta bo‘lsa yuqori kuchlanish qo‘llaniladi.

Past kuchlanishli elektr yuritmalarni boshqarish va ximoya qilish uchun kon avtomat uzgichlari va puskatellari qo‘llaniladi. YUqori kuchlanishli elektr yuritmalarni boshqarish va ximoya qilish uchun, yuqori kuchlanishli komplekt taqsimlovchi qurilmalar qo‘llaniladi

Kompressor elektr yuritmalarining quvvati quyidagi formula bilan xisoblanadi:
, kVt
gde Q – kompressor unumdorligi, m3 /min

- kompressor fik

- uzatma fik

Ai , Aa –izotermik va adiabatik qisilishlarga muvofiq solishtirma ish kDj /m3


Ai , Aa qiymatlari xaydash bosimiga muvofiq qabul qilinadi
Xaydash bosimi kPa 500 600 700 800 900 1000

Ai kDj /m3 158 175 191 201 216 225

Aa kDj /m3 200 230 256 280 300 320
Elektr dvigatel rusumini tanlash uchun yana nasosning aylanish tezligi berilgan bo‘lishi kerak.
Nasos elektr yuritmasining quvvatini xisoblash
Dastlabki ma’lumotlar:
1.Kompressor - VP-60 / 8

m3/min– unumdorligi

- bosimi

- kompressor fik

- uzatma fik

Ai = 216 kDj /m3

Aa = 300 kDj /m3

ayl/min aylanish tezligi
Quvvatini xisoblash

kVt
dvigateli qabul qilinadi : kVt, ayl/min V
2.Kompressor - SK115 / 9

m3/min unumdorligi

bosimi

kompressor fik

uzatma fik

Ai = 216 kDj /m3

Aa = 300 kDj /m3

ayl/min aylanish tezligi
Quvvatini xisoblash

kVt

dvigateli qabul qilinadi: kVt, ayl/min V


Download 274,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish