Ko‘tarish mashinasi elektr yuritmasining quvvatini xisoblash
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Yer osti kon korxonalarining texnologik jarayonlari majmuasida ko‘tarish qurilmasi eng ma’suliyatli va murakkab tashkil etuvchi xisoblanadi, u odamlarni, kon massasini, uskunalarni xamda materiallarni stvol orqali er ostiga tushirish va er yuzasiga ko‘tarishni ta’minlaydi
Ko‘tarish qurilmasi (KQ) ko‘tarish mashinasi (KM), kopyor, shkiv, kanat, idishlar, qabul maydonchasi va bunkerlardan tashkil topadi. KMning asosiy tashkil etuvchilari kanatni o‘rash organi (baraban), reduktorlar, elektr dvigatellar, boshqarish va ximoya tizimlari xisoblanadi.
KQ vazifasiga ko‘ra yuk ko‘taradigan xamda odam va yuk ko‘taradigan; ko‘taruvchi idish turiga ko‘ra skipli va kletli; elektr yuritmasining turiga ko‘ra o‘zgaruvchan tok elektr yuritmali va o‘zgarmas tok elektr yuritmali; boshqarish usuliga ko‘ra qo‘lda, masofadan, masofadan – avtomat ravishda, yarim avtomat va avtomat boshqaruvchi turlariga bo‘linadi.
Xar bir yuk ko‘taruvchi KQ ishlash sikli tezlanuvchan, tekis xarakatli, sekinlanuvchan, tortuvchi, to‘xtatuvchi, pauza davlaridan iborat (olti davrli diagramma). Xar bir odam va yuk ko‘taruvchi KQ tezlanuvchan, tekis xarakatli, sekinlanuvchan, pauza davlaridan iborat (uch davrli diagramma).
KQning yuklamalar diagrammasiga, elektr yuritmasining mexanik tavsiflariga muvofiq va uni tezligini rostlash imkoniyatiga ko‘ra, KMsini samarali ishlashi uchun – quvvati 1500 kVt gacha bo‘lsa elektr yuritmasi uchun faza rotorli asinxron dvigatel va undan katta quvvatli uchun mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelli G – D yoki TT – D elektr yuritma tizimi qo‘llaniladi
Ko‘tarma mashinaning ishlash rejimi takrorlanuvchan qisqa muddatli o‘zgaruvchan yuklamali bo‘lgani uchun oldin elektr yuritmasi dvigateli quvvatining o‘rtacha miqdori va aylanish tezligi xisoblanadi. Tezligi va xisoblangan quvvati bo‘yicha dvigatel rusumi tanlanadi. Keyin ekvivalent kuchlar usuli bo‘yicha dvigatelning quvvati miqdori aniqlanadi va natijaviy qilib aniq rusumi tanlanadi. Tanlangan dvigatel zo‘riqish imkoniyati ga tekshiriladi.
Ko‘tarma mashinaning quvvatini xisoblash uchun ishlashining tezlik diagrammasi (1-rasm) va yuklamalari o‘zgarishi diagrammasi (2-rasm) beriladi. Yuklamalar, barabanga ta’sir etuvchi kuchlar orqali ifodalangan Diagrammalardagi ko‘rsatkichlarning va boshqa kerakli ko‘rsatkichlarning miqdorlari tegishli jadvallarda aloxida variantlarda keltiriladi (1,2- jadvalar)
Rasm 1.Ko‘tarma mashinasi ishlashining tezlik diagrammasi
Rasm.2. Ko‘tarma mashinasining yuklamalari o‘zgarishi diagrammasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |