Taqdimot shabloning tanlash muloqot oynasi
Taqdimot uchun shablonlarni tanlash orqali taqdimot asosni quramiz va unda kerakli ma`lumotlar bilan to`ldiramiz. Buning uchun taqdimot muharriri mavjud. Ish stoli elementlarini sichqoncha tugnasini bosish orqali tanlash mumkin. Demak shablondagi barcha elemenlarni, sarlavha, matn, rasmlarni tahrirlash va o`zgartirish mumkin.
Prezi taqdimoti muhariri oynasi
Taqdimot bilan ishlaganda zarur bo`ladiga asosiy uskunalar oynaning yuqori qismida jolashgan va uchta menyuga guruhlangan:
• Frames and Arrows: formaning turli sohalarini belgilash imkoniyati va taqdimotga yangi slayd ko`rinishlarini qo`shish.
• Insert: kerakli ma`lumotlarni taqdim etish uchun tasvirlar, video va boshqa fayllarni qo`shish imkoniyati. Keng va qo`llash mumkin bo`lgan klipart goleriyasidan foydalanish imkoniyati mavjud. Taqdimot namoyishdagi musiqal jo`rligini ham joylashtirish mumkin.
• Theme: ko`rish jihozlanishini sozlash mumkin. Ushbu menyu yordamida biz hohlagan vaqtda boshqa mavzuni tanlash imkoniyatiga ega bo`lamiz. Taqdimot jihozlanishni yoki biror bir element rangini o`zgartirish orqali amalga oshirish mumkin.
Ishni hohlagan etapida taqdimotni qanday namoyish etilishini ko`rish mumkin, buning uchun oynaning chap tomonida joylashgan Present tugmasini tanlash orqali bajariladi. Prezi servis bo`lsada loyihani avtomatik saqlash imkoniyati mavjud, shunday bo`lsada muharirdan chiqib ketish oldidan quyidagi tugmani bosish lozim bo`ladi.
Taqdimotni saqlash muloqot oynasi
Hujjatni saqlash uchun avvalambor sahifaga murojat imkonini beradi, hohlagan maqul uslubda tadbiq etishishingiz uchun. Ikkinchidan taqdimotni onlayn shaklida namoyish etish imkoniyatiga ega bo`lasiz. Hujjatning yana bir saqlash uslubi bu PDF formatida saqlash. So`ngi variant bu taqimotni o`z kompyuteringizga avtonom ko`rinishda saqlash Inetnetga ulamagan holda ham taqdimotni ko’rish imkoniyati.
Prezi dasturini ishga tushiring. Sahifaning yuqori qismdagi «Create» tugmasini tanlang. «Your Prezis» qatoridagi «+New Prezi» tugmasini tanlang.
Taqdimot uchun eskiz o’ylab toping. Qanday maqul deb topsangiz ish sohasiga hohlagan kadrlarni joylashtirng.
Prezi uchun dizayn tanlang, unda taqdimot maksimal kichraytirilganda qanday ko`rinishga kelishi mumkinligini tasavvur qiling. Taqdimot yaratishda yaxshi natijaga erishish uchun oldindan chiqish effekti tuzilishini tasavvur qilish ya`ni ketma- ketligini to`g`ri tashkil etish lozim .
Taqdimot asosi uchun tayanch nuqtalarni tanlab joylashtiring. Bu nuqtalar – kordinatsion nuqtalar deb tasavvur qiling, har bir kadrni yaratganda hu nuqtalarga tayanib ish tuting.
Taqdimotni yo`nalish kabi ekanligi haqida o`ylang. Yo`nlaish bu – taqdimotni bir kadrdan ikkinchisiga o`tishi kabidir.
Yo`nalish kabi taqdimotni namoyish etilishini o`ylang. Yo`nalish – bu, taqdimot bir kadrdan boshqasiga o`tgani kabi harkat qiladi. Yo`nalish chiziqli ketma –ket harakat qilish o`rniga, yo`nalish har xil tartibda harakatlanadi, yo`nalish bo`yicha harakatlanayotgandek “kamera” taqdimotdan taqdimotga ko`chadi.
Taqdimotda yo`nalishi barqaror bo`lishiga etibor berishingiz lozim. Taqdimotni rejalashtirilgan vaqtda kamera eskez bo`ylab harakatlanishini e`tiborga oling. Prezi obyektlarni kattalashitirish, kichiklashtirish va aylanish imkoniyatiga ega.
Topshiriqlar:
Kompyuterdagi brauzerlardan birini ishga tushiring .
//prezi.com saytiga kiring.
Saytdan ro`yxatdan o`ting.
Dastur versiyasini tanlang .
Yangi taqdimotni yatratish uchun New Prezi tanlang.
Oyna elementlariga e`tibor qarating.
Taqdimot uchun shablonni tanlash muloqot oynasi bilan tanishing.
Taqdimot bilan ishlaganda zarur bo`ladigan oynaning yuqori qismida jolashgan asosiy uskunalar bilan tanishing.
Oynaning chap tomonida joylashgan Present tugmasini ya’ni namoyish tugmasi vazifasi bilan tanishing.
Sahifaning yuqori qismdagi «Create» tugmasini tanlang.
«Your Prezis» qatoridagi «+New Prezi» tugmasini tanlang.
Taqdimot uchun eskiz uylab toping.
Taqdimot asosi uchun tayanch nuqtalarni tanlab joylashtiring.
Tadimotni yo`nalish kabi namoyish etilishini o`ylang.
Tadimot uchun kerakli yo`nalishni tasavvur qiling.
Taqdimot uchun yo`nalish tanlang.
Taqdimotni avtomatik saqlash tugmasi bilan tanishing.
Taqdimotni turli ko`rinishlarda saqlashni o`rganing.
Bajarilgan ishlarni qisqacha daftaringizga qayd eting.
Do'stlaringiz bilan baham: |