Onlayn rejimida taqdimotlarga ma’lumotlar kiritish va namoyish etish
Amaliy topshiriqlarni bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar
Mavzuni tanlang. Yangi taqdimotni hosil qilgan dan so`ng shablonni tanlash tavsiya etiladi. Tanlanga taqdimot shabloni matn, rangi va obyekt eskiz bilan imkoni boricha o`zaro bo`gliq holda bo`ladi. 2D va 3D shablonlarni tanlashingiz mumkin. 2D shablon mavzusida tekislik bo`yicha kamera ko`chib yuradi. 3D shabloni mavzusida fon o`lachamini kattalashtirish va kichiklashtirish uchun xizmat qiladi.
Shablon sizning tassavurlaringizni inikosi bo`lishi mumkin. Masalan, agar siz biror maqsadga erishish yo`lida to`siqlarni yengib o`tish haqida gapirmoqchi bo`lsangiz, u holda alpinistlar tasvirlangan shablondan foydalanishingiz mumkin.
Taqdimotga shablonlarni kiritib bo`lgandan so`ng mavzuni o`zgartirmaslikka harakat qiling. Matnlar va obyektlar qo`shilib o`zgartirib bo`lmaydigan holga kelib qoladi. Ish boshlashdan oldin mavzu tanlanadi va shu mavzuda ish oxirigacha saqlab qo`ying.
2D shablondan 3D shablon fonga o`tishingiz mumkin, buning uchun sichqoncha o`ng tugmasni 2D mavzusi ustiga bosing va «Change background» («fonni o`zgartirish») buyrug`ini tanlang. 3D opsiyasidagi Edit tugmasini bosing va 3 tasvirni qo’shishingiz mumkin, biridan – ikkinchisiga o`tkazib kattalashtirish mumkin.
«Change background» tugmasi yordamida taqdimot elemantlarining rangini o`zgartirishingiz mumkin.
Obyektlarni joylashtiring. Taqdimotning asosiy nuqtalaridan boshlang. Bu har bir bo`limning markaziy elementi hisoblanadi. Maydonnning xohlagan joyiga matn, tasvirlarni va boshqa obyektlarni qo`shish mumkin.
Matn kiritish uchun maydonning xohlagan qismiga sichqoncha tugmasini ikki marta bosing. Matn maydoni hosil bo`ladi: bu maydonda matn kiritishingiz va nusxasini qo`yishingiz mumkin bo`ladi. Matn uchun katta qism ajratish uchun matnni belgilab uni qo`yish kerak bo`lgan joyigacha tashib kelinadi.
Maydonga obyekt qo`shganingizda so`ng tahrirlash uskunalarini hosil qilish uchun uni belgilang. Obyekt tahrirlash uskunalari o`rab olingan chegara bilan belgilanadi.
Obyekt masshtabini o`zgartirish uchun «+» va «-» tugmalarni tanlash va bosib turish.
|
Obyekt o`lchamini o`zgartirish uchun tasvir chegaralaridagi burchaklarini belgilash va tortish
|
|
|
Obyektni maydon bo`yicha ko`chirishda markazda joylashtirish uchun qo`l shaklini tanlaymiz
|
Obyektni to`ntarish, aylantirish uchun chegara burchagining chekasida joylashgan kichik aylanadan foydalanamiz.
|
|
|
Chegarani tahrirlash uchun yuqorida joylashgan «Open Frame» tugmasini tanlaymiz.
Obyektni olib tashlash uchun «Open Frame» yonida joylashgan «Delete» tugmasini tanlaymiz.
Taqdimotda ishlatilayotgan tasvir sifati yaxshi bo`lishiga e`tibor qarating. Agar siz taqdimotni ko`rish jarayonida tasvirlarni tanlaganingizda uning masshtabini o`zgarishi butun ekranni egallashi mumkin. Bu holda sifati yaxshi bo`lmagan tasvir nuqtalardan iboratdek ko`rinib qoladi.
.
Obyekt atrofida bo`sh joy qoldiring. Agar siz obyekt atrofiga anchagina bo’shliq qo`ysangiz, Prezi kamera fokusini oson e’tibor qilishingiz mumkin. Bu matn yoki tasvirni vizual ajratish imkonini beradi.
|
Effektning ko`p bo`lishi uchun qisqa matnlardan foydalaniladi. Matnni kichik o`lchamlarda kiring. Matn namoyish bo`lmagan holda o`qish imkoniga ega bo`lmaydi. Namoyish vaqtida matn kattalashib, foydalanuvchi e`tiborini qaratadi.
|
|
|
Fokus hosil qilish uchun chegara hoshiyalarini qo`yish lozim.Chegara hoshiyalari ikki turda bo`ladi: ko`rinadigan va ko`rinmaydigan. Ko`rinadigan hoshiya chegaralari ekranda obyekt aylana ko`rinishida ajratadi. Ko`rinadigan hoshiya chegaralari ekranda obyektlarni fokus sifatda aniqlashda foydalaniladi. Har ikkala holatda ham obyektning qanchalik kattalashtirilganligini nazorat qiladi.
Shuningdek ko`rinadigan hoshiya chegaralari boshqa taqdimotlarga va intenetdagi boshqa ma`lumotlarga murojatlarda foydalanish mumkin. Interaktiv ko`rinishdagi taqdimotlar yaratishda foydalaniladi.
Matnlarni ajratishda ham chegara hoshiyalari ishlatiladi. Bir kadrda sarlavha matnlari ajralib, e’tiborni qaratishda ham chegara hoshiyalaridan foydalaniladi. Matnga yo`nalish bering va kamera ajratilgan matnga fokuslanadi. Bu instrument tayanch so`zlarni ajratib ko`rsatish uchun muhim hisoblanadi
Yagona uslubni yaratish. Matnlarni o`lchamlarini tanlash uchun matnning kerakli qismi ajratib olinadi. Matn o`lchamini o`zgartirish uchun chegara burchagiga sichqoncha tugmasini bosish va matnni keraklicha kattalashtirish lozim. Matnning har ikkala qismining rangi o`zgarib bir xil ko`rinishga keladi, siz tanlagan matnning ko`rinish to`q rangda bo`ladi - bu har ikkala qismda ham matn o`lcham o`zgarganligini bildiradi.
Bu usulni tasvirlar va boshqa obyektlar uchun ham qo`llash mumkin.
|
Belgilangan holda ular orasida ko`k rangdagi nuqtali chiziqlar hosil bo`ladi.
|
|
|
Taqdimotni maksimal kichiklashgan o`lchamda ko`riladi. Taqdimotning yaxshi natijaga etishilgan kattalashgan holda bo`lganda foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadi. Bu shundan iboratki, namoyish vaqtida mavzuning muhim qismini ajratib, ma`lumotlarni o`qish uchun yetrlicha kattalashtirib ko`rish imkoniga ega bo`lishi mumkin. Shuningdek mavzu bo`yicha mantiqiy mazmunga ham ega bo`lishi lozim.
Loyihada atrofidagi ko`rinmaydigan chegara hoshiyalari yordamida ko`rish holatiga o`tishingiz mumkin. Loyihani barcha elementlarini ko`rish holatiga o`tish uchun chegara hoshiyasiga sichqoncha tugmasini ikki marta bosish kifoya. Bu asosiy chiqishlarni ko`rish uchun juda qulay hisoblanadi.
Taqdimot tuzilishi yagona standart asosida bo`lishi kerak. Agar kadr ma`lum bir uslubida foydalanilsa, muhim tushunchalarni ajratib ko`rsatish uchun, ushbu uslubda taqdimot oxirigacha qo`llash lozim. Shuningdek matn rangi va obyekt xususiyatlarini bir xilda bo`lishi tavsiya etiladi. Taqdimotdagi dizaynning bir xilligi ma`lumotni aniq etkazishga muhim rol o’ynaydi.
Yo`nalishni yaratish.
Yo`nalish muharririni ochish. Ish sohasidagi chap qismidagi«Edit Path» tugmasini bosing. Bu o`z yo`lini tanlashni boshlash imkonini beradi. Birinchi obyektni tanlang, keyin esa boshqa obyektlarni ham ketma –ket xuddi shu kabi tanlang.
Ko`chish yo`lini saqlashda hoshiya yo`nalishining maxshimal chiziqli bo`lishiga harakat qilish lozim. Foydalanuvchi tomonidan ma`lumotni qabul qilishda yo`nalishni yo`qotilishiga yo`l qo’ymasligi lozim.
Yo`nalishni o`zgartirish. Taqdimot yo`lini tahrirlash uchun, yo`nalish nuqtasini tanlang va bir obyektdan kiyingi obyektga ko`chirib o`tkaziladi. Nuqtalar orasiga yangi qadamlar qo`shish uchun, belgi animatsiyasi yonida joylashgan «+» kichik tugmaga bosing va uni obyektga ko`chirib o`ting. Bu yo`nalishga yangi tugash nuqtasini hosil qiladi.
Yo`nalishni loyiha oxirgi nuqtasida tugating. Taqdimot maketini o`zgartirishda yo`nalishni tahrirlashda ko`p berilib ketish yaramaydi. Birinchi bo`lib taqdimot uchun mustahkam marketini tanlang, taqdimotni ko`rib chiqing va so`ngra yo`nalishni o`rnating.
Taqdimotni namoyish qilish.
Taqdimotni ko`rinishini mashq qiling. Taqdimotni namoyish qilishdan oldin, uni bir necha marta takrorlab o`qing. Kadrlar orasidagi ko`chish qancha vaqtda bajarilishiga ahamiyat bering. Barcha obyektlarda “kamera” ning to`g`ri fokuslanishi va kadrlar orasidagi chiqishlarning tezligining to`g`riligiga ishonch hosil qiling.
Taqdimotga kirishga yordam berish uchun kadrlarda katta bo`lmagan belgilarni qo’shishingiz mumkin, bu taqdimot namoyishda auditoriyaga ko`rinmaydi. Taqdimotning ko`rinmaydigan qismlariga eslab qolish qiyin bo`lgan raqamlar, sanalar va boshqalarni kiritishingiz mumkin.
Yo`nalishni boshqarish. Taqdimot namoyish etilayotgan vaqtda «Далее» tugmasidan foydalanib keyingi yo`nalishga o`tish mumkin. Agar siz masshtabni o`zgartirmoqchi bo`lsangiz, taqdimotning boshqa qismiga sichqoncha o`rta tugmasini aylantiring. Yo`nalishga yana qaytish uchun esa «Далее» tugmasi tanlang.
.
Shoshilmang. Taqdimot vaqtida kadrdan kadrga sakramang. Auditoriyani taqdimotdagi ma`lumotni qabul qilishiga imkon bering. Agar taqdimotlardagi kardlarni tez-tez o`tkazsangiz auditoriya ma`lumotlarda adashib, tushunmay qolishinishi mumkin.
Taqdimotni kuzatuvchilar savollar berishiga imkon bering. Prezi slaydlardan iborat emas, shuning uchun bir ma`lumotdan boshqasiga o`chish osondir. Auditoriya savollariga javob berishda e`tibordan qodirilgan ma`lumotlarga tezda qaytish juda oson. Savollarga javob berish uchun taqdimotni kichiklashtirib tezda topib ko`rsatish imkoniga egadir.
TOPSHIRIQLAR:
Taqdimot uchun mavzuni tanlang.
Tanlangan mavzuga taqdimot shabloni tanlang.
«Change background» tugmasi yordamida taqdimot elemantlarining rangini o`zgartirishingiz mumkin.
Taqdimotga obyektlarni joylashtiring.
Taqdimotga joylashtirilgan obyekt masshtabini o`zgartiring.
Taqdimotga jolashtirilgan obyekt o`lchamini o`zgartiring.
Taqdimotdagi obyektni maydon bo`yicha ko`chiring
Taqdimotdagi obyektni aylantiring.
Taqdimotdagi obyektni chegarani tahrirlash uchun yuqorida joylashgan «Open Frame» tugmasini tanlang.
Taqdimotdagi obyektni olib tashlash uchun «Open Frame» yonida joylashgan «Delete» tugmasini tanlang.
Taqdimotga matn kiritish uchun maydonning xohlagan qismiga sichqoncha tugmasini ikki marta bosing.
Taqdimotdagi ajratilgan qismiga matn kiriting yoki nusxasini joylashtiring.
Taqdimotdagi matnni ajratish tahrirlash uchun chegara hoshiyalarini tanlang.
Taqdimotdagi matn o`lchamini o`zgartiring.
Fokus hosil qilish uchun chegara hoshiyalarini qo`ying.
Taqdimotda ko`rinadigan hoshiya chegaralarini qo`ying.
Taqdimotda ko`rinmaydigan hoshiya chegaralarini qo`ying
Taqdimotdagi dizayniga e`tibor qarating.
Taqdimotdagi obyektlar uchun yo`nalishni yarating.
Yo`nalish nuqtalarini joylashtiring.
“Edit Path” tugmasini orqali yo`nalishni tahrirlang.
Yo`nalishni o`zgartiring.
Tayyor taqdimotni namoyish qilish uchun tayyorlang.
Yo`nalishni boshqaring.
Ma`lumotlarni daftaringizga qayd eting.
Blis o`yin
Do'stlaringiz bilan baham: |