Ikkinchi nisbiy yondashuv. Talabalami asosiy omil sifatida olsak, talabalar modelning markaziy qismiga aylanadi va shunga asosan fakultetlar yordamchi mexanizm sifatida ishtirok etadi. Bu yondashuvda talabalami hammasini yagona markaziy tuzilmaga jamlash va qolgan tuzilmalami yordamchilar sifatida qarash mumkin. Talabalar modeldagi yagona markaziy tuzilmani tashkil etgani uchun, ular bir dekanat oliy o‘quv yurtidagi barcha talabalar bo’yicha o‘quv yili yoki semestr natijalarini olish va taqqoslash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Talabalar o‘quv loyihasini modellashtirish uchun, biz ikkinchi nisbiy yondashuvni tanlagan holda, unga yuqoridagi tahlil natijasida kirishi kerak bo‘lgan ma’lumotlaming ham ba’zilarini kiritmaymiz. Lekin bu torroq doiradagi «mohiyat-aloqa» modeli uni yaratish jarayoniga aslo salbiy ta’sir etmaydi.
Mohiyatlar
«Mohiyat-aloqa» modelini qurishni nomzod mohiyatlami aniqlashdan boshlash kerak. Hujjatlarda yoki suhbatlarda mohiyatlar odatda ot sifatida taqdim etiladi, ya’ni joy, insonlar, voqealar, asbob-uskunalar va h.k. Yuqoridagi ma’lumotlami berilgan modeliga nisbatan, eng muhim so‘z yoki ifoda nuqtayi nazaridan tahlil qilish natijasida, biz Talabalar o’quv loyihasida ishtirok etuvchi quyidagi mohiyatlar ro‘yxatini tuzamiz:
RO‘YHAT
BAHOLAR
FAKULTETLAR
YO’NALISH
FANLAR.
Berilganlami modellashtirish jarayonida fan qancha miqdorni tashkil etsa, san’at ham shu miqdorni tashkil etadi. Shuning uchun biz qabul qilgan qarorimiz, ana shunday yechimlardan birini tashkil etadi xolos. Muqobil variantlar orasidan to‘g‘risini tanlash uchun qo‘yilgan talablarga javob beruvchisini hamda berilganlar tizimning tuzilishiga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlash zarur. Ba’zida mohiyatlami atributlarini ko‘rib chiqish juda foydali bo’ladi. Masalan, agarda mohiyatlarda uni aniqlovchi atributdan tashqari hech qanday atribut ishtirok etmasa, bunday mohiyatlardan voz kechish kerak. Shu nuqtayi nazardan hosil qilgan bar bir mohiyatning atributlarini ko‘rib chiqamiz.
RO‘YHAT mohiyati ushbu atributlardan iborat bo‘lsin:
Zn (talabaning reyting daftarchasining raqami), Familiya (familiyasi), Ism (ismi), OIsm (otasining ismi), К Sana (o‘qishga kirgan sanasi), Fak_N (fakultetning raqami), Yon N (yo'nalishning raqami), Kurs (kurs), GuruhN (gunih nomeri), PaspS (pasport seriyasi), Pasp N (pasportining nomeri). Bu atributlaming hammasi talaba xususidagi ayrim berilganlarni o‘z ichiga oladi.
Biz bu yerda shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, atributlarning soni mohiyatning ma’nosidan kelib chiqqan holda qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik ko‘p so‘rovlarni tizimda tashkillashtirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Bu esa tizimni amaliyotdagi tub maqsadiga erishishini ta’minlaydi.
BAHOLAR mohiyati Zn (talabaning reyting daftarchasining seriyasi va raqami), Semestr (semestr raqami), Fan N (fanlar raqami), Ball (ma’lum fanga qo‘yilgan ball), SanaKir (fan bo‘yicha qo‘yilgan ballni tizimga kiritilgan sanasi), Ustoz (fan bo‘yicha baholagan ustozning familiyasi, ismi va sharifi) atributlaridan tuzilgan bo'lsin.
FAKULTETLAR mohiyati ikkita atributlardan - Fak_N (fakultet raqami) va Fakultet (fakultet nomi) iborat bo‘lsin. Har bir fakultet FAKULTETLAR mohiyatini hamda fakultetlar nomini yagona tarzda aniqlovchi fakultet raqami atributining qiymatlaridan iborat. Quyidagi ikkita mohiyat ham shunday vazifani bajarish uchun xizmat qiladi.
YO‘NALISH mohiyati ham ikkita atributlardan iborat bo'lsin - Yon_N (yo‘nalish raqami) va Yo‘nalishlar (yo‘nalishlar nomi).
Oxirgi FANLAR mohiyati ham ikkita atributlardan - Fan N (fan raqami) va FanNomi (fan nomi) tuzilgan bo‘lsin.
Munosabatning darajasi undagi atributlar soniga bog‘liq. Talabalar o‘quv loyihamizdagi Ro‘yxat munosabatida 1 ta atribut bor, demak, uning darajasi 1 ga teng. Baholar munosabatida oltita atribut bor, demak, uning darajasi oltiga teng. Qolgan Fakultetlar, Fanlar va Yo‘nalishlar munosabatlarining darajalari ikkiga teng. Munosabatning darajasi uning har bir kortejida nechtadan element saqlashini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |