Mohiyat - bu birorta predmet sohaga tegishli obyektdan iborat. Mohiyatlarga misol - XIZMATCHI Baxtiyor Salimov, MIJOZ 77345, BUYURTMA 0049 va MAXSULOT 59037. Bir xil turdagi mohiyatlarning guruhlari mohiyatlarning sinflarini tashkil etadi. XIZMATCHI turidagi mohiyatlarning sinfi hamma XIZMATCHI turidagi mohiyatlardan iborat. Mohiyatlarning sinflarini bosh harflar bilan belgilaymiz. Mohiyatlar sinfi mohiyat nusxalarining to‘plamidan iborat deyishimiz mumkin. Masalan, Talabalar o‘quv loyihasidagi RO‘YHAT mohiyatining tarkibi - Zn (talaba reyting daftarchasining raqami), Familiya (familiyasi), Ism (ismi), Sharifi(otasining ismi), KSana (o‘qishga kirgan sanasi), Fak_N (fakultet raqami), Yon_N (yo‘nalish raqami), Kurs (kurs), Guruh_N (guruh raqami), PaspS (pasport seriyasi), Pasp N (pasport raqami).
Ana shu RO‘YHAT mohiyatining ikkita nusxasi 1-rasmda keltirilgan:
B005227
|
B059022
|
Sangirov
|
Sayfiyev
|
Sanjar
|
Baxtiyor
|
Chori o’g’li
|
Jo’rayevich
|
31.08.2018
|
31.08.2018
|
KI
|
KI
|
At-Servis
|
KI
|
2
|
2
|
208
|
202
|
AА
|
AA
|
5468990
|
0934073
|
1-rasm.
Mohiyatlar atributlarga ega bo‘lib, ularni xususiyat (propetries)lar deb ham atashadi. Xususiyatlar mohiyatlarni tavsiflaydi. Misollar sifatida Xodimning ismi, tug‘ilgan_sanasi va ish_staji atributlarini keltirish mumkin. «Mohiyat-aloqa» modelidagi berilgan sinfining hamma nusxalari bir xil atributga ega, deb faraz qilinadi. «Mohiyat-aloqa» modelining boshlang4ich ta’rifi kompozit (composite) va ko'p qiymatli (multi-valued) atributlami o‘z ichiga oladi. Kompozit atributga misol sifatida Manzil atributini olish mumkin, u Indeks, Shahar, Mavze, Ko‘cha va Uy atributlar guruhidan iborat. Ko‘p qiymatli atributga misol Ustoz familiyasi, bo‘lishi mumkin, chunki har bitta talabaning bir qancha ustozi bo‘ladi. Atribut bir pavtda ham kompozit, ham ko'p qiymatli bo’lishi mumkin. Masalan, Hudud_kodi, telefon_raqami atributlar guruhidan tuzilgan Telefon kompozit atributi, ko‘p qiymatli bo‘lishi mumkin, bu esa bitta odamning bir nechta telefon raqamlarini saqlash imkoniyatini yaratadi. Ko‘pgina «mohiyat-aloqa» modellarini amalga oshiruvchi vositalar bir qiymatli kompozit atributlarni inkor qiladi, ko‘p qiymatli atributlarni esa mohiyatlarda akslanishini talab qiladi.
Mohiyatlaming nusxalari identifikator (identifiers) - atributlarga ega bo‘lib, nusxalar nomlanadi, ya’ni identifikatsiya qilinadi. Masalan, XIZMATCHI sinfi mohiyati nusxalari Soliq_to‘lovchini aniqlovchi_raqam yoki Xizmatchining_familiyasi_ismi_sharifi atributlari bilan aniqlanadi. Ishga_kirgan_sanasi yoki Maoshi atributlari XIZMATCHI mohiyat sinfi nusxalarining identifikatorlari bo‘la olmaydi, chunki ular xodimni bir qiymatli aniqlay olmaydi. Shunga o‘xshash RO‘YXAT sinfining mohiyati nusxalari Zn yoki Familiya, Ism, O_Ism atributlari orqali identifikatsiya qilinadi. BUYURTMA sinfining mohiyatlari esa Buyurtma_raqami atributi orqali identifikatsiya qilinadi.
Mohiyat nusxasini identifikatori bitta yoki bir nechta atributdan tashkil topishi mumkin. Identifikator noyob (unique) yoki noyob bo 'lmasligi (nonunique) mumkin. Agarda identifikator noyob bo‘lsa, uning qiymati mohiyat nusxasining faqat bittasini aniqlaydi. Agarda identifikator noyob bo’lmasa, uning qiymati mohiyat nusxalarining qandaydir to‘plamini aniqlaydi. Masalan, Zn identifikator noyob, Familiya, Ism, O_lsm identifikatorlari noyob emas, chunki xuddi shunday familiya, ism va otasining ismidagi ikkita va undan ortiq odam bo’lishi mumkin.
Bir nechta atributlardan iborat identifikatorlar kompozit identifikatorlar deyiladi. Misol, Hudud_kodi, telefon_raqami identifikatori.
Mohiyatlaming o‘zaro munosabatlari aloqalar (relationships) orqali ifodalanadi. «Mohiyat-aloqa» modellari, aloqalar sinfini va aloqalarning nusxalarini o‘z ichiga oladi. Aloqalar sinfi (relationships classes) - mohiyatlar sinflari orasidagi o‘zaro munosabatlardan, aloqalar nusxalari (relationships instanses) esa, mohiyatlar nusxalari orasidagi o‘zaro munosabatlardan iborat. Aloqalarning ham xususiyatlari bo’lishi mumkin.
Aloqalar sinfi bir nechta mohiyatlar sinfi bilan munosabatda bo'lishi mumkin. Aloqada ishtirok etuvchi mohiyatlar soni, aloqa darajasini (relationships degree) belgilaydi. 2-rasmda aloqa darajasi ikki va uch bo'lgan holatlar keltirilgan. BUYURTMACHI BUYURTMA aloqasining darajasi 2, chunki unda ikkita mohiyat sinflari BUYURTMACH1 va BUYURIMA qatnashgan. OTA-ONA aloqasining darajasi 3, chunki unda uchta mohiyatlar sinflari OTA, ONA va FARZAND ishtirok etgan. Aloqa darajasi ikkiga teng bo‘lgan holatlar juda keng tarqalgan bo’lib, binar
aloqalar (binary relationships) ,(ikkilik)ikki tomonlama aloqa (ternary) deb ataladi.
Aloqaning darajasi 3 bo’lsa, uch tomonlama aloqa deyiladi.
2-rasm.
To‘rtinchi darajali aloqa to'rt tomonlama aloqa (quaternary) deb ataladi. 3-rasmda to‘rt tomonlama kelishuv aloqasi keltirilgan. Unda to‘rtta qatnashuvchi mohiyatlar, ya’ni OLUVCHI, ISHONCHLI SHAXS, MOLIYA_BO‘LIMI va BITIM qatnashgan. Bu aloqa bo‘yicha oluvchi ishonchli shaxs tomonidan maslahat olib va moliya bo‘limi qo‘llab- quvvatlagan holda, bitim tuzadi.
3-rasm.
O’quv ma’lumotlar bazasi uchun mohiyatlarni tuzib chiqamiz:
FANLAR
RO’YXAT
BAHOLAR
BAHOLAR
TALABA-REYTINGI FAN-BAHO
RO’YXAT
IXTISOSLIK
FAKULTETLAR
YO’NALISHLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |