Lotin alifbos - Lotin alifbosi – yozuv tizimidir. Roman, olmon va boshqa koʻpchilik tillarning asosiy yozuvi hisoblangan hozirgi lotin alifbosi 26 harfdan iborat. Harflar har tilda har xil nomlanadi.
- Lotin alifbosi asosidagi yozuvdan roman, olmon, kelt va baltiy guruhlari barcha tillari, shuningdek slavyan, fin-ugor, turk, semit va eron guruhlarining ayrim tillari, alban, bask tillari, shuningdek ayrim Hindi-xitoy (vetnam tili), Myanma tillari, Zond arxipelagi va Filippin, Afrika (Saxara janubi), Amerika, Avstraliya va Okeaniya koʻpchilik tillari foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |