MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………
I BOB. OMMAVIY SAHNA TADBIRLARINING PAYDO BO’LISHI
1.1. Ommaviy tadbirlarning kelib chiqishi va tarixi……………………………
1.2. O’zbekistonda ommaviy tadbir va tomoshalarning ahamiyati…………….
II. BOB. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA UNING TARAQQIYOTI
2.1. Raqamli texnologiya tushunchasi va ahamiyati………………………….
2.2. Raqamli texnologiyalarning jahon miqiyosidagi o’rni…………………..
III. BOB. TOMOSHA SAHNA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARIDA DIZAYN
3.1. Madaniy tadbirlarda ishlatiladigan raqamli texnik vositalar…………….
3.2. Tomosha sahnalarida raqamli texnologiyaning qo’llanilish usullari…….
XULOSA..........................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.........................................................
GLOSSARIY…………………………………………………………………
ILOVALAR.....................................................................................................
KIRISH
“Bugungi kunda dunyoda innovatsion g‘oyasiz, ilm-fan yutuqlarisiz bironta sohaning rivojlanishi mumkin emas. Zahmatkash fidoyi olimlarimizni xudo bergan odamlar, desak, xato bо‘lmaydi. Ularni boshqalar bilan teng qilish mumkin emas. Bunday insonlar mingtadan, milliontadan bitta tug‘iladi. Ularni asrab- avaylashimiz, har tomonlama qо‘llab-quvvatlashimiz lozim. Bitta ilm namoyondasini yetishtirish uchun davlat, jamiyat 30 yil vaqt sarflaydi. Olim bо‘lish uchun inson umr bо‘yi harakat qiladi” 1
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Bugungi kunda malakatimizda madaniyat va san’at sohalariga e’tiborning davlat siyosati darajasida ekanligi mamlakatimizda sohaga oid qonun va qarorlarning qabul qilinishi va uni amalda tadbiq etishning yangicha usullaridan foydalanilishi fikrimizning yaqqol dalili sanaladi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq ma’naviyat, mafkura, g‘oya, san’at, madaniyat va ma’rifat masalalariga alohida e’tibor berila boshladi. Barcha ma’naviy-ma’rifiy faoliyat turli mavzulardagi madaniy tadbirlarni tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Gap tadbirlarni tashkil etish haqida borar ekan, unda madaniy tadbirlarning dramatik asosi bо‘lmish puxta ssenariylar yaratish, sahnalashtirish va tashkil etish barcha madaniyat xodimlari oldiga katta ma’suliyat yuklaydi. Shu jihatdan olib qaralganda, madaniyat va san’atga aloqador bо‘lgan sohalarda yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, komil inson kabi tushunchalar talqini muhim ijodiy va tashkiliy jarayonlarni qamrab oladiki, unda madaniyat xodimlari, san’at sohasi vakillari zimmasiga katta ma’suliyat yuklanadi. Aholini ma’naviy kamol toptirish, madaniy bilimlarini oshirish, ularni pok va halol yashashga chaqirish, mustahkam e’tiqodga ega bо‘lish kabi xususiyatlarni shakllantirishda madaniy tadbirlar tashkilotchilariga alohida bilim, kо‘nikma, mahorat va mehnat talab qilinadi.
Madaniy tadbirlarni tashkil etishdan asosiy maqsad - milliy va dunyo madaniyatlarining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, о‘sib kelayotgan avlodni, zamonaviy yoshlarni ma’naviy tarbiyalash, millatiga, tarixiga, insoniyatga bо‘lgan hurmatni uyg‘otish va saqlash, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda faol ishtirok etishdir. Murakkab ijtimoiy voqelik sifatida bu tadbirlarning о‘ziga xosligi shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini о‘ziga singdirib oladi, saqlaydi, doimiy boyitib boradi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazib beradi. Mana shunday ulkan ishlarni amalga oshirishda madaniy tadbirlarni tashkil etish va bu orqali inson tarbiyasi – hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir.
Har yili Respublikamiz Prezidenti tomonidan e’lon qilinayotgan “Yil” larga mos tadbirlarning ishlab chiqilishi, shu yillarga mo‘ljallangan davlat dasturlari, rejalar va vazifalarning bajarilishining negizida ham asosan tadbirlarni tashkil etish orqali amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlarni nazarda tutish maqsadga muvofiqdir. Madaniy tadbirlarni tashkil etishning nazariy asoslarini, madaniy tadbirlar turlari, rejissyorlik va aktyorlik mahorati sirlari va sahnalashtirish usullarini, tadbirlar dramaturgiyasi, tadbirlarni tashkil etishning amaliy va metodik jihatlarini о‘rganish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish bo’yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish ishning maqsadi sanaladi. Madaniy tadbirlarni tashkil etishda innovatsion usullar bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar hamda huquqiy bazaning mustahkamlanishi ishning asosiy vazifasi sanaladi.
Ommaviy tomoshalar o’tkazish, madaniy tadbirlarni tashkil etish bularning hammasi aniq reja va tashkilily ishlarni talab etadi. Yil davomida o‘tadigan tadbirlarni aniq mavzularga yo‘naltirish, yilning davlat dasturida belgilangan vazifalarini hayotga tadbiq qilish, dasturda belgilangan maqsad va vazifalar mohiyatini aholi (yoshlar, katta yoshdagilar, keksalar) ongiga singdirish - madaniy tadbirlar tashkilotchilarining asosiy qilishlari kerak bo‘lgan vazifalaridandir.
Kishilar qadim zamonlardanoq o’zlarining ishdan holi vaqtlarida ma’lum joylarda (do’stlar davralari, choyxonalar, guzarlar, maxsus muassasalarda) dam olish, bir-biri bilan muloqotda bo’lish, fikr almashish uchun to’planishgan. Bunday yig’inlar asosan kishilarning umumiy qiziqishi natijasida vujudga kelib, unda muloqotda bo’lish, fikr almashish bilan bir qatorda, har xil o’yinlar (shaxmat, shashka, domino va hokazo) o’ynashgan. Keyinchalik kechalar biron muhim voqealarga bag’ishlanib, undan rasmiy ziyofat, ko’ngil ovlash, san’atkorlarning ijodidan bahramand bo’lish kabi xususiyatlar o’rin ola boshlagan. Ularda iste’dodli kishilarning o’z ijodiy mahoratlarini namoyish qilish jarayoni kuchayadi. Bunday yig’ilishlar asosan kechqurunlari bo’lganligi sababli ular qanday xarakterda o’tishidan qat’iy nazar «kecha» deb nom olgan.
Uchrashuv kechalarida zamonaning mashhur kishilari qatnashishi, ularning so’zlarini yaqindan jonli holda eshitish, ular bilan hamsuhbat bo’lish atrofdagilar diqqatini o’ziga tortgan. Uchrashuv kechalarining asosiy maqsadi ishda ishlab chiqarish ilg’orlari hayoti va faoliyatini tahsil qilish, ularning shug’ullanayotgan sohasi bo’yicha ommaning bilimini oshirish, ularning ulkan ishlaridan ibrat olish uchun sharoit yaratib berishdir.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ommaviy tadbirlar, tomoshalar, bayramlar hammasining asil maqsadi xalq hayotini ochib berish, ommaning istaklarini bajarish va shu mamlakat ravnaqi uchun astoyidil harakat bo’lishga targ’ib qilish bo’lgan. Zero yuksalayotgan mamlakat doimo yangilikka intilib yashaydi. Bu yangilikni esa xalq oldiga olib chiqishda ommaviy tadbirlarning roli kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |