Falokatli tabiiy hodisalarning oldini olish loyihalari. Halokat keltiruvchi tabiiy hodisalarni o'rganish geograflarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Surilma, tog’ qulashi, sel, jar eroziyasi, qor ko'chkisi kabi tog’ yonbag'irlari va etaklarida sodir bo'ladigan hodisalarni ayni rivojlanish o'choqlari va mintaqalari (areallari) ni xaritaga tushirish birinchi navbatda bajariladigan vazifadir. Bu sohada geograf-mutaxassislarda yetarli darajada tajriba mavjud. Har bir soy va daryo vodiysi u yoki bu tabiiy hodisaning rivojlanishi nuqtayi nazaridan o’rganib chiqilgan. Yirik shahar, sanoat korxonalari, qishloqlar atrofi doimiy kuzatuvda. Shuning uchun ham ularning ta'sir doirasida ofatlar kamroq bolishiga erishilmoqda.
Ammo ko’rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan vaqt-vaqti bilan tabiiy hodisalar sodir bolib turibdi, odamlar orasida qurbonlar bo'lmoqda, xalq xo'jaligi ob’yektlariga katta zarar yetmoqda.
Falokatli hodisalarning oldini olish borasida, respublikada ularning vujudga kelish makonlarini chuqur o'rganish maqsadida har bir soy va daryo vodiysi ehtimol tutilayotgan hodisa nuqtayi nazaridan o’rta va yirik masshtabli xaritalarga tushirilishi bilan birga ularning bashorati, baholanishi va hatto pasporti tuzilislii zarur bo'ladi,ma'lum vaqt mobaynida ularning aniq nazorati amalga oshirilishi darkor.
Tabiatdan foydalanish jarayonida ba’zi qonunlarni e'tiborga olgan holda resurslarni xo'jalik muomalasiga kiritish muhim masaladir. Bu borada nazariy ham amaliy bilimlarni to'liq egallagan holda tabiatdan foydalanish tobora zarur bo'lib bormoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiiy resurslardan fovdalanish.Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so'ng tabiiy boyliklardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilgan bo'lib, ularga amal qilish zarurati ekologik va iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqmoqda. Tabiatdan foydalanish mexanizmi bozor munosabatlariga o'tish sharoitida quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: a) tabiat resurslaridan foydalanishning pulliligi; b) tabiatni muhofaza qilish faoliyatini iqtisodiy rag'batlantirish tizimi; d) atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun jarima to'lovi; e) tabiiy resurslardan foydalanish bozorini vujudga keltirish; k) tabiatdan foydalanish bo'yicha narxlarni takomillashtirish va boshqalar.
Tabiat resurslaridan foydalanishning pullik tizimiga o'tish bozor iqtisodiyoti uchun eng zaruriy tamoyil hisoblanadi. Boylik pul bilan baholanar ekan, undan foydalanish ham pullik bo'lishi lozim. Bunda boylikning sifati, qiymati, keltiradigan foydasi va boshqa iqtisodiy xususiyatiari e'tiborga olinmog’i lozim. Masalan, bizda suvdan sug'orma dehqonchilikda foydalanilganlik uchun xo'jaliklar odatda davlatga pul to'lamaydilar, ammo ular ba'zan keragidan ko'proq hajmda suv olib ishlatadilar, suvni ifloslantiradilar va ortiqcha toza suvni tashlama sifatida markaziy kollektorlarga oqizib yuboradilar.
Yerdan foydalanish jarayonida dehqonlar, fermerlar, bog'bonlar, chorvadorlar ishtirok etadilar. Yer davlat, umumxalq mulki, uni sotish va hadya etish mumkin emas, faqat samarali foydalanish uchun ma'lum muddatga berish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yerdan foydalanishda uni mahsuldorligiga qarab baholash va shu asosda soliq masalalari, yerga o'g'it solish, almashlab ekish kabilarni hal etish maqsadga muvoiiq.Bu borada O'zbekistonda yerdan foydalanishda jamoa xo'jaligi va uning tarkibida oila pudrati, paychilik, fermer xo'jaligi va boshqa yangi usullarda qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini lashkil qilish tajribasi keng qo'llanilmoqda, bu yerga bo'lgan hurmat, uni e'zozlash, har bir qarichidan omilkorik bilan foydalanishni ta'minlaydi.Tabiatdan foydalanish va amaliy geografiya. Tabiat boyliklaridan foydalanishda boshqa fan yutuqlari qatori amaliy geografiya erishgan ilmiy natijalarga asoslanish nihoyatda samaralidir. Chunki geografiya fani tabiatni, aholi va xo'jalik bilan bir butun tarzda o'rganadi. Binobarin bu jarayonda tabiat qonunlari to’liq e'tiborga olinadi, tabiatga inson ta'sirining oqibatlari hisob-kitob qilinadi va shunga muvofiq ularning oldini olish choralari ishlab chiqiladi. Amaliy geografiya tabiat boyliklaridan foydalanish bo'yicha yetarli darajada tajriba, sinov ishlab chiqarish amaliyotiga ega. Inson sug'onna dehqonchitik bilan kamida 5-6 ming va chorvachilik bilan esa 8-10 ming yildan beri shug'ullanib kelmoqda. Bu borada mavjud sohalar bo'yicha juda katta tajriba to'plandi. Bu tajribaning geografiyaga oid tomonlari ham mavjud. Masalan, qiya yonbag'irlardan foydalanishda yerni haydash, sug'orish, tuproqqa ishlov berish jarayonida nishablik xususiyatlarini hisobga olib ko'ndalangiga yerni haydash, juda ham qiya yerlardan yaylov sifatida foydalanish yoki terrasalash, ihotazorlar bunyod etish, eroziyaga qarshi maxsus gidrotexnik inshootlarni loyihalash. Sanoat korxonalarini joylashtirishda amaliy geografiyaning tadqiqot usullaridan keng foydalaniladi. Bu borada tog’ yonbag' irlari va vodiylarining tabiiy-geografik xususiyatlari, ayniqsa, suv va iqlimiy omillar, gruntlarning fizik hamda kimyoviy xossalari e'tiborda bo'ladi. Tog' vodiylarining mahalliy shamollari odatda soy yoki daryo oqimining yuqori qismidan boshlanib, uning etagi tomon harakatlanadi. Sha-mol havodagi barcha chang va chiqindilarni olib ketadi, agar tog' vodiysida sanoat korxonalari mavjud bo'lsa, ularning havoga chiqargan chiqindilarini vodiy bo'ylab yoyadi, oqibatda atrof-muhit ifloslanadi.Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, tog' vodiylariga sanoat korxonalarini joylashtirishda mahalliy shamollar harakati albatta e'tiborga olinishi lozim, sanoat ishlab chiqarishida chiqindisiz yoki yopiq siklli texnologiyaning tadbiq etilishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, korxonalar yer usti va yer osti suvlarini turli oqava suvlar bilan ifloslaydi, bu hodisa ham diqqat e'tiborda bo'lishi darkor. Demak, barcha sohalarda amaliy geografiyaning tavsiyalari va ko'rsatmalarining hisobga olinishi tabiatdan foydalanish samaradorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |