Potsdam bosqichi 1945-yildan boshlandi. Berlin shahri yaqinida joylashgan bu shaharchada imzolangan Shartnoma Germaniya va uning ittifoqchilari ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Yevropadagi kuchlar muvozanatini o'zida aks ettirdi, yangi geosiyosiy kuchlarning holatini, yangi chegaralarni aniqlab berdi. Shartnoma jahonning ko'p qirralilikdan biopolyar tizimga o'tganligidan dalolat berar edi. Ya'ni bir tomondan, kontinental (quruqlik) kuchlarini namoyon qiluvchi sobiq Ittifoq va uning ittifoqchilari, ikkinchi tomondan, ko'proq dengiz kuchlarini o'zida namoyon qiluvchi AQSH va uning ittifoqchilari geosiyosat olamida tan olindi. Bu ikki qutbning qarama-qarshiligi Potsdam bosqichining mazmunini aniqlab berdi. Uning ahamiyatga molik tomoni shunda ediki, ikkila yirik qutbning qarama-qarshiligi "sovuq" va yadro urushlari o'rtasidagi muvozanatda kechdi. Sobiq ittifoq iqtisodiyoti tashqi o'zgarishlar va rivojlanishlarga nisbatan moslashuvchanlik darajasi past bo'lganligi uchun inqirozga yuz tutdi.
Belovej davri yangi davlatlarning paydo bo'lishi bilan xarakterlanadi. Birinchi navbatda jahonning yangi hukmdorlari "barxatli" va ma'lum kuchga tayangan holda sobiq Ittifoq atrofida so'ngra Rossiyada yangi jahon qoidalarini shakllantirmoqdalar. Ular Versal shartnomasi qoidalariga asoslangan holda ish yuritmoqdalar.
Geosiyosatning asosiy kategoriyasi siyosiy makonni nazorat qilishdir. Jahon siyosiy makoni o'z navbatida mintaqalarga, rayonlarga, davlatlar bloki va ittifoqlariga bolinib ketadi. Shu sababli geosiyosat kategoriyalari quyidagilardan iborat: geostrategik mintaqa, geosiyosiy mintaqa, davlatiar bloki, geosiyosiy ittifoqlar, qudratli, tengi yo'q davlat, kuch markazlari, geosiyosiy chiziqlar (yo'nalishlar), frontal raqobat va boshqaiar.Geostrategik mintaqa jahon siyosiy makonining bir qismi bolib, u o'ziga xos hududga, savdo va madaniy-mafkuraviy aloqalarning o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.Geosiyosiy mintaqa csa geostrategik mintaqaning bir qismi bo'lib, maydoni uncha katta bo'lmasa ham, siyosiy, iqtisodiy va savdo aloqalarining yuqori darajadagi sur'ati bilan ajralib turadi (Yevropa, Amerika. Xitoy, Janubi Sharqiy Osiyo va bosliqalar). Geosiyosiy mintaqa o'z navbatida daviatlar chegaralari bilan mos tushuvchi siyosiy rayonlaiga boiinadi. Siyosiy rayonnmg eng muhim xususiyati siyosiy birlik va yaxlitlikdir. Har bir rayon o'ziga xos shaki va o'lchamga ega.
Davlat chegaralarining barpo qilinishi va rasmiylashtirilishi milliy davlallarning shakllanishi va rivojlanishi davrida amalga oshiriladi. Chegaralar ular o'rab turgan "Millat-davlat" makonining geosiyosiy rasmiylashtirilishidir. Bundan tashqari, tabiiy va sun'iy chegaralar mavjud. Tabiiy chegaralarga tog'lar, daryolar, dengiz va kol akvatoriyalari kiradi. Sun'iy chegaralar quruqlikda ham, suvda ham aniq tabiiy obyekt bo'lmagan joylarda o'tkaziladi. Bunda geografik kenglik va uzuniik elementlari bo'lgan parallellar va meridianlar hisobga olinadi. Masalan. AQSH va Kanada o’rtasidagi davlat chegarasi 49° parallel boyicha 1450 km ga cho'zilgan. Sun'iy chegaralar davlatlarning o'zaro kelishuvlari asosida o'tkaziladi va tasdiqlanadi.
Geosiyosatda tabiiy chegaralarga ko'proq e'tibor beriladi. Dengiz chegaralari eng qulay chegara hisoblanadi. Mashhur olim F. Ratsel: "Qirg'oq bizlarga qo’shni sifatida tabiatni in'om etdi va bu qo'shni har qanday do'stona davlatdan afzaldir", - degan edi. Dengiz chegaralari boshqa davlatiar bilan aloqa o'rnatishga katta imkoniyat yaratadi. Shuning uchun uning qiymati uzunligi ortgan sari ortib boradi.
Chegara siyosiy, mudofaa va harbiy strategik vazifalarni bajaradi. Har qanday chegara chegaraoldi hududiga ega. Ayrim hollarda bunday hududlar "buffer davlat” larga aylantiriladi. "Bufer davlat" odatda kichik mamlakat bo'lib, u ikkita kuchli davlatni turli xil kutilmagan hatti-harakatlardan saqlab turadi. Yevropada Reyn daryosining quyi qismi va Shveytsariyadagi tog’ dovonlari, Niderlandiya, Shveytsariya va Belgiya hududlari shunday hududlar qatoriga kiritiladi. Chunki ular Germaniya va Fransiya o'rtasida joylashgan. Rossiya bilan Buyuk Britaniya o'rtasida "bufer davlat'" vazifasini Afg'oniston bajargan.
Bir necha "bufer davlat”lar "bufer zona”larni hosil qilshi mumkin. Birinchi jahon urushi davrida Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg. Shveytsariya, Polsha, Eron, Afg'oniston, Koreya kabi davlatlar ana shunday "bufer zona"larni tashkil qilgan. Keyinchalik "bufer zona'lar Germaniya va sobiq Ittifoq tomonidan bo'lib olingan (Sudet viloyati, Polsha, G'arbiy Ukraina, G'arbiy Belorus va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |