korxonalar budjetga umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig`imlar to`laydilar.
244
Soliqlar va boshqa to`lovlar bo`yicha budjet bilan hisob-kitoblarni auditorlik
tekshiruvidan o`tkazishning maqsadi - tekshiriladigan xojalik yurituvchi subyekt
moliyaviy hisobotining soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar bo`yicha qarzdorlikni
aks ettirish qismida, hamda soliqqa tortishdagi tartibga solinmagan masalalar bilan
bog`liq sezilarli holatlarni aks ettirishdan iborat.
«Korxonada budjet bilan hisob-kitoblar auditining asosiy maqsadi soliq va
yig`imlarning barcha turlari bo`yicha hisoblar to`g`ri tashkil etilishi, ular to`liq va
o`z vaqtida budjetga o`tkazilishi, soliq to`lovlarining kechiktirish sabablari va
boqimandalar qaysi schyotlarga o`tkazilganligi, mablag`lar o`z vaqtida
o`tkazilmaganligiga aybdor shaxslarga nisbatan va yo`l qo`yilgan kamchiliklarni
oldini olish uchun qanday choralar ko`rilganligini aniqlashdan iboratdir. Budjet
bilan hisob-kitoblarni tekshirishda auditor xojalik yurituvchi subyektga soliq va
yig`imlar noto`g`ri hisoblanishi hamda ular o`z vaqtida budjetga o`tkazilmaganligi
uchun soliq idoralari tomonidan ko`riladigan jarima va boshqa choralari bilan
bog`liq bo`lgan moliyaviy yo`qotishlarni oldini olishga yordam berishi lozim.
Xojalik yurituvchi subyektlarning budjet bilan hisob-kitob muomalalari
bo`yicha tekshiruvining asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi:
- to`lovlar va yig`imlar alohida turlari bo`yicha ma'lumotnomalar va
hisoblar;
- tegishli summalar budjetga o`tkazilganligi to`g`risidagi dastlabki hujjatlar
ilova qilingan bank ko`chirmalari;
- soliq idoralari tomonidan o`tkazilgan tekshiruvlar bo`yicha dalolatnomalar;
- buxgalteriya hisobi schyotlari bo`yicha yozuvlar;
- jurnal-orderlar va hisob registrlarining boshqa turlari;
- Bosh kitob, moliyaviy hisobot va boshqalar.
Budjet bilan olib boriladigan hisob - kitoblar auditor jiddiy e'tibor berishi
lozim bo`lgan murakkab obyekt hisoblanadi. Birinchidan, budjetga to`lanadigan
soliqlarning noto`g`ri hisoblanganligi va to`langanligi uchun korxonaga nisbatan
moliyaviy jazo choralari qo`llaniladi. Bu esa uning moliyaviy ahvoliga sezilarli
darajada ta'sir qiladi. Ikkinchidan, hisob-kitoblarning to`g`riligini tasdiqlovchi
auditorlik xulosalari soliq inspektsiyasi tomonidan qabul qilinishi ayrim hollarda
shubha ostiga olinib, qabul qilinmasligi ham mumkin. So`ngi holatda soliq organi
taqdim qilingan auditorlik xulosasini qaytadan tekshirib chiqishga haqlidir. Agar
auditor xulosasi davlat budjeti manfaatlariga zid, amaldagi qonunchilikka va
me'yoriy hujjatlarga rioya qilinmasdan, sifatsiz tuzilganligi aniqlansa, amaldagi
qonunchilikka muvofiq sanksiyalar kuchga kiradi. Bunday hollarda auditorlik
firmasi aditorlik faoliyati bilan shug`ullanishga huquq beradigan litsenziyadan
mahrum qilinishi mumkin. Soliqlar to`lanishini tekshirishdan oldin soliqqa
tortiladigan obyekt bo`yicha ko`rsatkichlarning to`g`riligi, soliqqa tortiladigan baza
va soliq stavkalariga rioya qilinishi tekshirilishi kerak»
1
.
Bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
turli
xil
mulkchilikka
asoslangan
korxonalarning
budjet
bilan
o`zaro
munosabatlari
kengaymoqda.
Respublikamizning barcha hududlarida budjetga to`lanadigan to`lovlarning
1
Do’smuratov R. Audit asoslari. Darslik.-T.: 2003.
245
to`g`riligini aniqlaydigan va ularning o`z vaqtida o`tkazilishi ustidan qat'iy nazorat
o`rnatadigan soliq xizmatlari tashkil etilgan.
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida Davlat soliq qo`mitasiga, xususan,
Respublika Soliq qo`mitasi hamda viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi soliq
organlariga quyidagi huquqlar berilgan: foyda va boshqa soliqqa tortiladigan
obyektlarni yashirganligi yoki kamaytirib ko`rsatganligi uchun barcha yashirgan
yoki pasaytirilgan summalarni va shu summa miqdorida jarima undirish uchun
korxonalarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo`llash. Bunday xato ikkinchi marta
takrorlanganida esa ikki baravar jarima solish, shuningdek budjetga soliqlar va
boshqa majburiy to`lovlarni hisoblash hamda to`lash uchun zarur bo`lgan soliq
deklaratsiyalari, hisobotlar, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlarni taqdim
qilmaganliklari, kechiktirilganligi, foydaning hisobga olinmaganligi yoki bu
hisobning belgilangan tartibni buzib yuritilganligi uchun tegishli soliqlar va boshqa
majburiy to`lovlar summasidan foizi undiriladi. Bunda mansabdor shaxslarga eng
kam oylik ish haqining besh barobaridan etti barobariga ma'muriy jarima solinadi.
Auditor budjet bilan hisob-kitoblarni tekshirishda malakali maslahatchi va
ushbu hisob-kitoblar to`liq hamda o`z vaqtida bo`lishi lozim. Budjet bilan hisob-
kitoblarda korxona buxgalterlari tomonidan yo`l qo`yilgan xatolarni ko`rsatish
bilan auditor ushbu korxonaga soliq inspektsiyasi tomonidan qo`llaniladigan
moliyaviy jazo choralari bilan bog`liq bo`lgan zararlardan qutilib olishga yordam
beradi. Shuning uchun u budjet to`lovlariga doir hisob-kitoblarning to`g`riligi va
ularning O`zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka muvofiq o`z vaqtida
o`tkazib berilishini sinchiklab tekshirishi lozim.
Budjetga to`lanadigan to`lovlarning ro`yxati O`zbekiston Respublikasining
soliq Kodeksi bilan, ayrim to`lovlar bo`yicha budjet bilan hisob-kitoblarni amalga
oshirish tartibi esa Davlat soliq qo`mitasi va Moliya vazirligining tegishli
yo`riqnomalari bilan tartibga solinadi.
Soliqlar bo`yicha qarzlar yuridik shaxslarning budjet oldidagi majburiyati
bo`lib hisoblanadi va odatda, ma'lum sanada to`lanadi. Soliq qonunchiligining tez-
tez o`zgarishi va me'yoriy hujjatlar ayrim qoidalaridagi ziddiyatlar soliqlarga doir
hisob-kitoblarda tasodifiy xatolarni keltirib chiqarishi mumkin. Soliqlar bo`yicha
qarzlar sinchiklab tekshiruvdan o`tkazilganida quyidagi xatolar aniqlanishi
mumkin:
- soliqlarni hisob-kitob qilishda buxgalteriya hisobi tamoyillari, qonun
hujjatlari va yo`riqnomalarning noto`g`ri qo`llanilishi;
- soliq stavkalarining noto`g`ri qo`llanilishi;
- soliqqa tortiladigan bazaning noto`g`ri aniqlanishi;
- penya va jarimalarning noaniq hisobga olinishi;
Kreditorlik qarzlari va butun buxgalteriya hisobotini baholashga quyidagilar
ta'sir ko`rsatadi:
- soliqqa tortish bo`yicha imtiyoz olish uchun xato axborotlarni taqdim etish;
- soliq organlariga taqdim qinadigan ma'lumotlarning buzib ko`rsatilishi
yoki yashirilishi;
246
- budjetga qarzdorliklarni aniqlashda, soliqqa tortishdan ozod etilganlar
sifatida soliqqa tortishda hisobga olinadigan daromadlarni noto`g`ri turkumlash
yoki hisob-kitob qilish;
- soliqqa tortish bo`yicha imtiyoz olish uchun bosh va shuba korxonalar
o`rtasidagi hisob-kitoblar bo`yicha hisobda qalbaki muomalalarni aks ettirish.
Har bir soliqqa oid qonunchilik hujjatida soliq stavkalarini qo`llash, soliq
solinadigan bazani aniqlash, soliqlarni to`lash muddatlari, hisobotlarni tayyorlash
va hokazo talablar aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: