Xojalik subyektlari har doim ham bevosita o`z kassasidan yoki hisob-kitob
schyotidan hisoblashishlarni amalga oshira olmaydi. Bunday hollarda xodimlarga
hisobdorlik asosida bo`naklar naqd pullarda beriladi, ular to`lovlarni amalga
oshiradilar. Bular ma'muriy xojalik muomala xarajatlari va xizmat safarlari uchun
235
beriladigan bo`naklardir. Ushbu xojalik muomalalari 4220 - «Xizmat safari uchun
berilgan bo`naklar», 4230 - «Umumxojalik xarajatlari uchun berilgan bo`naklar»
va 6970 - «Hisobdor shaxslarga to`lanadigan qarzlar» schyotlarida hisobga olinadi.
«Naqd pulsiz hisob-kitob yo`li bilan amalga oshirib bo`lmaydigan mayda
ma'muriy-xojalik, operatsion va xizmat safari xarajatlari uchun kassadan korxona
ishchilariga beriladigan pul bo`naklari hisobdor summalar deb ataladi.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditining asosiy vazifalari: hisobdor
summalar to`g`ri va maqsadli ishlatilganligini tekshirish; xojalik yuritish nuqtai
nazaridan qonunga xilof va maqsadga muvofiq bo`lmagan xarajatlarni aniqlash;
xizmat safarlari bilan bog`liq xarajatlarni qoplash bo`yicha belgilangan tartibga
rioya qilinishini tekshirish»1.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditi mazkur obyekt bo`yicha ichki
nazorat va hisob tizimining holatini o`rganishdan boshlanadi. Ichki nazorat tizimini
baholashda aniqlangan, uning kuchli tomonlari (nazorat barcha test qilinadigan
yo`nalishlar bo`yicha amalga oshirilganligi, muomalalar haqqoniyligi, tegishli
tarzda ruxsat etilganligi va hisobda aks ettirilganligi), shunindek, kuchsiz tomonlari
(hisobdor shaxslar ro`yxati, hisobdor summalar beriladigan muddatlar va
boshqalarning buyruq bilan tasdiqlanganligi) hisobdor shaxslar bilan hisob-
kitoblarni batafsil tekshirishda e'tiborga olinadi. Bu muomalalar ko`p hollarda
yoppasiga tekshiriladi.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar auditining vazifalari quyidagilardan
iborat (7.2-jadval).
7.2-jadval
XI.
Hisob-kitoblar auditining vazifalari
№
Audit vazifalari mazmuni
1.
Xizmat safari xarajatlarining qoplanish tartibiga rioya qilinishini aniqlash
2.
Hisobdor shaxslar tomonidan qilingan xarajatlarning qonuniyligi va maqsadga
muvofiqligini aniqlash
3.
Xojalik xarajatlarining asosliligini aniqlash
4.
Xizmat safari va xojalik xarajatlari yuzasidan korxona ma'muriyati farmoyishlarining
qonuniyligini aniqlash
5.
Bo`nak hisobotlari va ularga ilova qilingan hisobdor summalarning sarflanganini
isbotlovchi hujjatlar (transport chiptalari, mexmonxona va boshqa tashkilotlari pattalari
(kvitantsiyalar), olingan moddiy boyliklarning schyotlari, har xil ishlar naqd pul hisobidan
bajarilgan shartnomalar) rasmiylashtirilishini tekshirish
6.
Kassa hujjatlarining (kassir hisobotlari, kassa kirim va chiqim orderlari va ularni qayd qilish
daftarlari) tekshirish
7.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo`yicha analitik va sintetik hisob registrlarining
ma'lumotlari (7 -ASK.- jurnal-order) ni tekshirish
8.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni audit qilishda buxgalteriya hisobi holati bilan
tanishishi, hujjatlarning to`g`ri va o`z vaqtida rasmiylashtirilishi, xizmat safarlari va xojalik
xarajatlari yuzasidan korxona rahbarining farmoyishi bor-yuqligi, xodimni bu safarga
yuborish va xojalik xarajatlarining asosliligini aniqlash
Auditor buxgalteriya xodimlarining ushbu sohadagi, qonunlar va yuqori
tashkilotlarning me'yoriy hujjatlaridan xabardorliklariga hamda ularning nusxalari
236
korxona buxgalteriyasida mavjudligiga ishonch xosil qilishi, shuningdek ushbu
me'yoriy hujjatlarga amal qilinish darajasini tekshirishi kerak. Buning natijasida
quyidagilar aniqlanishi mumkin:
- ilgari hisobdor pullar yuzasidan qarzi bo`lgan yoki bu pullar yuzasidan
hisoblashmagan, hisobot topshirmagan shaxslarga, korxonada haqiqatda
ishlamaydigan shaxslarga pul berilmayotganligi;
- navbatdagi mehnat ta'tiliga chiqarish va bir yo`la xizmat safariga yuborish
xollari mavjudligi;
- xizmat safari vaqtida mehnat qobiliyatini yuqotib, kasalxonada
davolanishda bo`lgan xodimlarga turar joy va kundalik xarajatlari to`lash tartibiga
rioya qilinishini, bu muddatning 2 oydan oshmaganligini aniqlash kerak.
Hisobdor shaxslarga bo`naklar berilishining asosliligini aniqlash xojalik
ehtiyojlari uchun hisobdor summa berish talablariga rioya qilishni tekshirishdan
iborat. Bunda auditor hisobini berish uchun bo`nak olgan shaxslar, hamda berilgan
bo`naklar summasi. va muddatining korxona rahbari buyrug`iga muvofiqligini
aniqlaydi.
Bo`nak berish uchun xizmat safari to`g`risidagi buyruq va xizmat safari
guvohnomasi asos bo`ladi. Xizmat safari uchun hisobdor summa berilganligini
tasdiqlaydigan
kassa
chiqim
orderlarini
tekshirish
mobaynida
barcha
rekvizitlarining to`liq to`ldirilganligiga, xususan, bo`nak berish uchun asosning aks
ettirilganligiga e'tibor beriladi. Muayyan hisobdor shaxs tomonidan oldingi olingan
bo`nak bo`yicha to`liq hisobot berilganidagina, unga bo`nak beriladi.
Hisobi beriladigan bo`nak berishning asosliligini tekshirish amallari kassa
muomalalarini tekshirish mobaynida amalga oshirilishi mumkin. Bunda aniqlangan
tafovutlar to`g`risidagi axborotlar ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirayotgan
auditorga beriladi.
Hisobdor shaxslar tomonidan bo`nak hisobotlarining o`z vaqtida taqdim
qilinishini tekshirish, bo`nak hisobotlari haqiqatda taqdim qilingan muddatlarni,
xizmat safari to`g`risidagi buyruqqa yoki xizmat safari guvohnomasida
ko`rsatilgan muddatlarga solishtirish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Agar auditor ushbu qoidaga amal qilinmayotganligini aniqlasa, unda 21-son
BHMS ning talablariga muvofiq belgilangan muddatlarda qaytarilmagan hisobdor
summalarning 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida aks ettirilishi (Debet
9430, Kredit 4220, 4230) va keyinchalik ushbu summalarning hisobdan
chiqarishini tekshirish zarur.
Ayrim korxonalarda xodimlarga go`yo xojalik hamda xizmat safarlari uchun
bo`nak ajratilgandek bo`lib, aslida ularning shaxsiy ehtiyojlari uchun pul
berilishiga yo`l qo`yiladi. Shuning uchun auditor xodimning xizmat safariga
jo`natish guvohnomasi borligini, uning muddatini, yo`l xarajatlarini, amaldagi
me'yorlar bo`yicha sutkalik to`lov summasi qanchaligini, hisobdor shaxslar
bo`naklar bo`yicha hisobotlarni o`z vaqtida topshirishlari va sarflanmay qolgan
mablag`lar qoldiqlarini kassaga topshirishlarini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: