4. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi
Haridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishning umumiy
qismi - qoldiqlar haqqoniyligini baholash va bajariladigan uslubiy amallar mol
yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishga o`xshash.
21-sonli BHMS ga muvofiq, «Jo`natilgan mahsulot, bajarilgan ish va
ko`rsatilgan xizmatlar uchun haridor va buyurtmachilar bilan olib boriladigan
hisob-kitoblar, 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»,
4020 «Olingan veksellar», 6310 - «Xaridorlar na buyurtmachilardan olingan
bo`naklar», 9010 - «Mahsulotlar sotishdan olingan daromadlar», 9020 -
«Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar», 9030 - «Bajarilgan ishlar va
ko`rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9110 - «Sotilgan mahsulotlar
tannarxi», 9120 - «Sotilgan tovarlar tannarxi», 9130 - «Sotilgan ishlar va xizmatlar
tannarxi» schyotlarida hisobga olinadi. Auditor 4010 - «Xaridorlar va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020 - «Olingan veksellar» va 6310 -
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo`naklar» schyotlari bo`yicha hisob
yuritish va nazoratning holati hamda qoldiqlarning haqqoniyligini baholash
natijasida haridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar bo`yicha muomalalarning
ishonchliligini tekshiradi. Bu schyot bo`yicha oborotlarni tekshirishning muhimligi
korxona faoliyatini baholaydigan asosiy ko`rsatkich- tovarlar, mahsulotlar, ish va
xizmatlarni sotishdan olinadigan daromad ko`rsatkichi bo`yicha axborotlarni
shakllantirishi bilan izohlanadi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning auditi mol yetkazib
beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarning auditiga o`xshash ravishda
amalga oshiriladi. Xaridorlar bilan hisob-kitoblarning auditi jarayonida mol
yetkazib berish uchun shartnomalar tuzilganligi, Xaridor tomonidan qabul qilingan
mahsulotlar uchun korxonaga tegishli bo`lgan summalar (sotish muddatlari,
mahsulot sifati va boshqa omillarni hisobga olgan holda) to`g`ri hisoblanganligi,
15 % miqdorida oldindan to`lov amalga oshirilmasdan turib mahsulot berilganligi,
4010 -«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan schyotlar», 6230 - «Boshqa
kechiktirilgan daromadlar», 6310 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan
bo`naklar» schyotlarda ko`rsatilgan Xaridorlar qarzi haqiqiyligi aniqlanadi.
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar bo`yicha qarzlarning haqiqiyligi, qonuniyligi va
ishonchliligi dastlabki hisob-kitob-to`lov hujjatlari, hisob-kitoblarni inventarlash
dalolatnomalari va hisob registrlaridagi ko`rsatkichlar asosida tekshiriladi.
Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarga doir muomalalarni
tekshirishda 4010, 4020 va 6310 schyotlar bo`yicha hisob registrlari
ma'lumotlarining Bosh daftar hamda o`zaro aloqador hisob registrlari ma'lumotlari
bilan tengligi aniqlanadi. Bunda asosan 4010 schyot debeti bo`yicha yozuvlar 9010
-, 9020, 9030, 9210, 9220 schyotlarning krediti bo`yicha yozuvlar bilan
solishtiriladi. Agar qonun yoki oldi-sotti shartnomasida tovarga mulkchilik
huquqining maxsus tartibi ko`zda tutilmagan bo`lsa, u holda umumiy qoida
241
bo`yicha mulkiy huquq mol yetkazib beruvchidan Xaridorga tovarni jo`natish
vaqtida o`tadi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
Debet 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»,
Kredit 9010 - «Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar».
Bunday yozuv soliqqa tortish maqsadi uchun qanday hisob tartibi to`lov
bo`yicha yoki jo`natish bo`yicha qabul qilinganidan qattiy nazar amalga oshiriladi.
Muomalalarning hujjat bilan asoslanganligini tekshirish mobaynida tovar
(ish, xizmat) lar bahosi shakllanishining shartnoma shartlariga muvofiqligi hamda
QQS summasi va Xaridorlarga taqdim qilingan schyotlar boshqa elementlarining
to`g`riligi aniqlanadi. Xaridorlar tomonidan schyotlarni to`lashning o`z vaqtidaligi
va to`liqligi 5110, 5210, 5220, 6310, 7310 schyotlar bilan bog`lanadigan
ma'lumotlarni taqqoslash va analitik hisob registrlaridagi yozuvlarni ko`rib chiqish
yo`li bilan aniqlanadi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob - kitoblarni tekshirishni boshlashdan
oldin saldo (qoldiq) reestrlarida ko`rsatilgan qoldiqlarning Bosh daftardagi 4010 -
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4020 - «Olingan
veksellar», 6310 - «Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo`naklar» schyotlari
bo`yicha qoldiqlarga teng kelishini aniqlash zarur. Shunindek, reestrlarning o`z
vaqtida to`ldirilishi, buxgalteriyaga topshirilishi va xojalikning kassasiga yoki
hisob-kitob schyotiga tushgan to`lovlar haqida belgilar (yozuvlar) mavjudligi
tekshiriladi. Mahsulot (ish, xizmat) lar realizatsiyasi bo`yicha to`lov
talabnomalarining o`z vaqtida to`ldirilishi va inkassaga qo`yilishi tekshiriladi.
Qarzlarning vujudga kelish sanalari va to`lov muddati o`tib ketgan summalarini
saldo (qoldiq) reestrlari bo`yicha aniqlash zarur. Ushbu to`lov hujjatlari bo`yicha
qarzlar nihoyatda puxta tekshiriladi. Chunki, amaliyotda Xaridorlar va
buyurtmachilarning qarzlari 4010 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan
schyotlar» va 4020 - «Olingan veksellar» schyotlarining debetida, to`lovlarning
kelib tushishi esa 6310 - «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo`naklar»
schyotining kreditida aks ettiriladi, shuningdek mahsulot va materiallar bir xojalik
yoki tashkilotga jo`natilib, schyot esa adashib boshqasiga taqdim etilishi hollari
ham uchraydi. Buning natijasida haqiqiy bo`lmagan debitor va kreditor qarzlar
vujudga keladi.
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda korxona
rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muddati o`tib ketgan debitor qarzlarni
undirish choralari ko`rilayotganligi aniqlanadi, hisob-kitoblarni o`zaro taqqoslash
va aniqlangan tafovutlarni taqqoslash dalolatnomasi tuzib to`g`rilash, qarzlarni
o`zaro surishishga doir ishlarning amalga oshirilayotganligi tekshiriladi.
Shuningdek, audit jarayonida Xaridorlarning muddatlari chiqib ketgan debitor
qarzlari talab qilinganligi va talab qilinmaganligini aniqlab tahlil qilinadi. Debitor
qarzlarni hisobdan o`chirish faktlari bo`yicha auditor ushbu faktlarning
asoslanganligi va to`g`ri aks ettirilganligini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |