Amaliy audit


agarda tashqi iqtisodiy bitimlar qiymatga doir negizga ega bo’lmasa, bitim qiymatiga



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

agarda tashqi iqtisodiy bitimlar qiymatga doir negizga ega bo’lmasa, bitim qiymatiga 
asosan boj qiymatini aniqlash mumkin emasligi audit jarayonida alohida ko’rib chiqishni 
taqozo etadi, masalan:
a) tovarning bepul etkazib berilishi (namuna sifatida);
b) tovarning konsignatsiya shartlari asosida etkazib berilishi; 
v) tovarning vositachiga sotmasdan, vositachi orqali etkazib berilishi; 
g) tovarning barter yoki kompensatsion operatsiyalar doirasida etkazib berilishi, agar 
tovarlar narxi ko’rsatilmagan bo’lsa; 
d) tovarlarning ijara shartnomalari (lizing) bo’yicha etkazib berilishi; 
e) tovarlarning vaqtinchalik olib kelish maqsadida etkazib berilishi
j) tovarlarning kontraktda nazarda tutilgan kafolatlar hisobiga etkazib berilishi. 
Ikkinchi shart: xaridorning tovarlarni tasarruf etishida yoki ulardan foydalanishida 
quyidagilardan tashqari cheklashlar bo’lmaganida: 
- O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan cheklashlar; 


414 
- xaridorning tovarlarni keyinchalik qayta sotish (begonalashtirish) mumkin bo’lgan 
jo’g’rofiy mintaqaviy cheklashlar; 
- tovarning narxiga jiddiy ta’sir qilmaydigan cheklashlar. 
Import qiluvchining olib kelinadigan tovarlarga doir huquqlariga nisbatan muayyan 
cheklashlar mavjud bo’lganida 1-usul qo’llanilmaydi. Shu sababli auditor qo’llanilishiga imkon 
bermaydigan cheklashlarni va ushbu usulning qo’llanishi ruxsat qilinadigan cheklashlarni aniq 
farqlay bilishi zarur.
Qonunchilikka ko’ra xaridorning baholanayotgan tovarlarga doir huquqlariga nisbatan 
cheklashlar mavjud bo’lganida ham 1-usulning qo’llanilishi ruxsat etiladigan cheklashlarning faqat 
uchta turi belgilangan: 
a) O’zbekiston Respublikasi qonunlariga ko’ra belgilangan cheklashlar. Bunday holda 
quyidagi tarzdagi cheklashlar nazarda tutiladi. Masalan: muayyan tovarni import qilish huquqiga 
ega bo’lgan shaxslar doirasiga nisbatan cheklashlar va hokazo. 
b) tovarlar qaytadan sotilishi mumkin bo’lgan jug’rofiy mintaqaga doir cheklashlar. Bunday 
holda tovarning qaytadan sotilishi bo’yicha ayrim shaxslar uchun hududiy cheklashlar nazarda 
tutiladi. 
v) tovar qiymatiga jiddiy ta’sir qilmaydigan cheklashlar. Agar narxga jiddiy ta’sir etadigan 
shart mavjudligi haqida bayon qilinsa, unda 1-usulning qo’llanishi faqat bunday shart natijasida 
narxning miqdoriy o’zgarishi hujjatlar asosida belgilangan holdagina mumkin bo’ladi. Agar narxga 
miqdoriy ta’sir qilishni belgilash va hujjatlar asosida tasdiqlash mumkin bo’lmasa, unda 
baholashning boshqa usullariga o’tish kerak bo’ladi. 
Uchinchi shart: tovarlarning sotilishi yoki narxi baholanayotgan tovarlarning bojxona 
qiymatini aniqlab bo’lmaydigan holga olib keladigan qandaydir shartlar yoki fikrlarga sabab 
bo’lmasa, sotuv yoki narx bojxona qiymatining belgilanishiga to’sqiqlik qiladigan qandaydir 
shartlar yoki mulohazalar predmeti bo’la olmaydi. 
Bunday holda bitim shartlarini ko’rib chiqishda, shuningdek, umumiy qabul qilingan tusga 
ega bo’lgan va tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilariga tegishli bo’ladigan (yoki ularga 
taqdim etilishi mumkin bo’lgan) etkazib berish shartlarini va tanlangan tusdagi hamda umumiy 
qabul qilinmagan etkazib berish shartlarini farqlay bilishi auditorning asosiy vazifasidir. Masalan: 
sotuvchi tibbiy apparatni xaridor undan O’zbekiston Respublikasida faqat xayriya maqsadlarida 
foydalanadi, degan shart bilan sotadi. 
Bunday holda 1-usul qo’llanishi mumkin emas, chunki xaridorning tovardan foydalanish 
huquqiga nisbatan cheklash mavjud va bu xildagi shart bitim qiymatiga ta’sir qilishi mumkin. 
Shuning uchun baholashning boshqa usullari qo’llanilishi kerak. 
Bunday shart shuni nazarda tutadiki, tovar narxining uning sotilishi yoki etkazib 
berilishidagi tovarning qiymatiga ta’siri belgilash mumkin bo’lmagan shartlarga bog’liq 
bo’lmaydigan hollarda ham 1-usul qo’llanilishi mumkin. 
Quyida tashqi iqtisodiy faoliyatda mavjud bo’lgan, 1-usul qo’llanishi ruxsat etiladigan tovar 
etkazib berishning umumiy qabul qilingan shartlari keltirilmoqda: 
- tovar etkazib berishning barcha umumiy qabul qilingan shartlari (avvalo, INKOTERMS-
1990 ga kiritilgan etkazib berish shartlari); 
- bitimlarni tuzish va tovar etkazib berilishini amalga oshirishning «ekspertni jalb etish 
(ekspert xulosasi mavdujligi) sharti bilan xarid qilish» singari umumiy qabul qilingan shartlar
- xaridorning sotuvchiga O’zbekiston Respublikasida tayyorlangan texnik ishlanmalar yoki 
chizmalarni taqdim etishi; 
- xaridorning u import qiladigan tovarlarning sotilishiga doir qandaydir harakatlarini o’z 
hisobidan amalga oshirishi, masalan, xaridor haqini to’laydigan reklamaga oid faoliyat. 
Bitim qiymatining bojxona maqsadlari uchun qabul qilinishiga to’sqinlik qiladigan shartlar 
bitim shartlari sifatida ilgari surilgan bo’lsa, bunday holda 1-usulni qo’llash mumkin bo’lmaydi. 
Quyidagilar ana shunday shartlarga kiradi: 
- sotuvchi import qilinadigan tovarlarga narxni xaridor, shuningdek, muayyan miqdordagi 
boshqa turdagi tovarlarni ham tovarning har bir turiga narx ko’rsatilmasdan sotib oladi, degan shart 


415 
asosida belgilaydi. Masalan, 5000 pul birligi summasidagi charm buyumlari etkazib berilayapti. 
Etkazib beruvchi import qiluvchining qiymati noma’lum bo’lgan 2000 juft poyabzalni ham 
qo’shimcha ravishda sotib olishni shart qilib qo’yadi; 
- import qilinadigan tovarlar narxi ana shunday tovarlar xaridorning import tovarlarning 
sotuvchisiga sotadigan boshqa tovarlarning narxi yoki narxlariga bog’liq bo’ladi; 
- narx import qilinadigan tovarlarga aloqasi bo’lmagan haq to’lash shakli negizida 
belgilanadi; 
- oldi-sotdi shartnomasi faqat ushbu sotuvchidan sotib olish shartini nazarda tutadi; 
- oldi-sotdi shartnomasi bitim qiymatini tovarlarni o’zaro sotish (etkazib berish) sharti 
asosida belgilaydi. 
Bunday shartlar mavjud bo’lganda auditorning vazifasi ularning bitim qiymatiga ta’sir 
qilgan yoki qilmaganligini va bunday ta’sirni miqdoriy jihatdan belgilash mumkin yoki mumkin 
emasligini aniqlashi kerak. Faqat shartning qiymatga ta’siri miqdoriy jihatini belgilash mumkin 
bo’lsa va bayon qilingan narx haqiqatda to’langan yoki to’lanishi lozim bo’lgan narx bo’ladigan 
bo’lsagina, 1-usulni qo’llash mumkin. 
To’rtinchi shart: xaridor va sotuvchi bir-biriga bog’liq shaxslar bo’lmasa. 
Auditorning vazifasi o’zaro bog’liqlik mavjud bo’lgani yoki bo’lmaganini aniqlashdir. 
Shuni hisobga olish kerakki, bojxona organi o’zaro bog’liqlik mavjudligi va uning bitim 
qiymatiga ta’siri yuzasidan etarli asoslangan shubhalar bo’lmaganida firmani maxsus nazorat ostiga 
olib qo’yishi mumkin. Bunday nazorat firmaning boshqa bitimlarini rasmiylashtirishdagi faoliyatini 
kuzatish uchun kerak. 
2-usulning qo’llanilishida ayni bir xil tovarlar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab 
bojxona qiymatini belgilash uchun baza sifatida qabul qilinadi. 
«Boj tarifi to’g’risida»gi qonunning 19-moddasiga binoan baholanadigan tovarlar bilan 
hamma jihatlariga ko’ra, shu jumladan, quyidagi belgilari bo’yicha bir xilda bo’lgan tovarlar, xuddi 
shunday tovarlar
 
deb tushuniladi: 
- fizik xususiyatlari
- sifati va bozordagi qadri; 
- qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgani; 
- ishlab chiqaruvchi. 
3-usulning qo’llanilishida import qilinadigan tovarlarga o’xshagan tovarlarga doir bitim 
qiymati bojxona qiymatini belgilash uchun baza sifatida qabul qilinadi. 
Tovarlarning bir-biriga o’xshashligini belgilashda quyidagi jihatlar hisobga olinadi: 
- sifat, tovar belgisining mavjudligi va bozordagi qadri; 
- qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi; 
- ishlab chiqaruvchisi. 
4-usul bo’yicha bojxona bahosini chiqarish uchun baholanadigan aynan bir xil yoki o’xshash 
tovarlar O’zbekiston Respublikasining ichki bozorida dastlabki holati o’zgartirilmasdan sotiladigan 
sotish narxi bojxona qiymatini belgilash uchun asos qilib qabul qilinadi. 
Bojxona qiymatini ichki narx asosida hisoblash mumkin bo’lishi uchun faqat ichki bozorga 
xos bo’lgan elementlarni, ya’ni ushbu tovarlar importidan keyin amalga oshiriladigan xarajatlar 
chegirib tashlanishi zarur. 
5-usuldan foydalanilganda, tovarning:
a) baholanayotgan tovarni ishlab chiqarish munosabati bilan tayyorlovchi tomonidan 
sarflangan materiallar qiymatini va boshqa xarajatlarni;

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish