401
qonuniyligi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 8 aprelda 422-son bilan
ro’yxatdan o’tkazilgan «O’ziga xos tovarlarning eksporti va ularning O’zbekiston
Respublikasi
hududiga importni litsenziyalash tartibi to’g’risida»gi Nizom bilan tasdiqlandi.
Bu Nizomga asosan O’zbekiston Respublikasi hududida litsenziyalashning yagona rejimi
amal qiladi, litsenziyalanadigan tovarlarning yagona ro’yxati, litsenziyalarni berishning yagona
tizimi bunday rejimning negizi hisoblanadi.
Litsenziyalar eksportchilar yoki importchilarning namunaviy
blanklardan taqdim etilgan
buyurtmalar asosida beriladi. Buyurtma beruvchi tashkilot buyurtma bilan birgalikda majburiy
tartibda Tashqi Iqtisodiy Aloqalar agentligining tegishli bo’linmasiga Vazirlar Mahkamasining
farmoyishini, xaridor bilan sotuvchi imzolagan kontraktni va tovarlarning
ishlab chiqarilganligi
haqidagi sertifikatni taqdim qiladi. Buyurtma beruvchilar litsenziya berilishi uchun arizalarning
ko’rib chiqilishi maqsadida taqdim qilinadigan ma’lumotlarning haqiqiyligi uchun javob beradilar.
Kontraktning asosiy shartlari o’zgarganda berilgan litsenziyalar qaytadan rasmiylashtirilishi kerak
bo’ladi. Auditor kontrakt shartlarida ko’zda tutilgan xaridor yoki sotuvchining o’zgarishi, narxlar,
etkazib
berish muddatlari, to’lovlar turlarining o’zgarishi kabi shartlarga alohida e’tibor berishi
kerak.
Litsenziyalar bitimni amalga oshirish uchun zarur muddatga, lekin bir yildan ortiq bo’lmagan
muddatga beriladi. Buyurtmachining asoslangan iltimosnomasiga ko’ra litsenziyaning amal qilish
muddati uzaytirilishi mumkin.
Tovarlarning yuklab jo’natilishi faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan
litsenziya
olingandan so’ng amalga oshiriladi. Arizachida litsenziya berilishi haqidagi qaror qabul qilinguniga
tuzilgan kontraktning mavjudligi litsenziyani berish va yukni O’zbekiston Respublikasidan
tashqariga olib chiqib ketish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Olingan litsenziyaning ko’chirma nusxasi bojxona yuk deklaratsiyasiga ilova qilinadi va
litsenziyalanadigan tovarlarning chegara orqali olib o’tishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Eksport muomalalari bo’yicha ichki nazorat tizimi holatini
aniqlash uchun auditor test
o’tkazishi zarur bo’ladi. Taxminiy test savollarini 6.2.34 jadvalda ko’rsatamiz. 6.2.34 jadvalda
ishlab chiqilgan testlar asosida auditor eksport tovarlar yo’nalishi bo’yicha ichki nazorat tizimining
samaradorligini aniqlaydi.
Agarda hisob tovarlar yo’nalishining har bir bosqichida joylashishini va ortiqcha xarajatlarga
yo’l qo’yilmay mol oluvchiga etib borishini ta’minlasa, nazorat yaxshi tashkil qilingan, deb
hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: