2.6. Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi
O`zbekistonda lizing munosabatlari 6-son «Ijara hisobi» nomli BHMS bilan
tartibga solinadi. Unga ko`ra, «Lizing (moliyaviy ijara) ijara munosabatlarining
alohida turi bo`lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizingga
oluvchining)
topshirig`iga
binoan
uchinchi
tarafdan
(sotuvchidan)
lizing
shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va
uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish
uchun lizingga oluvchiga o`n ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunga lizing
shartnomasi quyidagi shartlarning biriga javob berishi kerak:
a) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizingga
oluvchining mulki bo`lib o`tsa;
b) lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining 80 % dan
ortiq bo`lsa yoki lizing obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyin qoldiq
qiymati uning boshlang`ich qiymatining 20 % dan kam bo`lsa;
v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizingga oluvchi lizing obyektini
uning bozor qiymatidan past narxda evazini to`lab sotib olish huquqiga ega bo`lsa,
bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos bo`ladi;
g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing to`lovlarining umumiy
summasi lizing obyekti qiymatining 90 % dan ortiq bo`lsa»
1
.
Asosiy vositani lizinga qabul qilish ham AB-I shakldagi dalolatnoma bilan
rasmiylashtirilgan bo`lishi lozim.
Lizing beruvchi subyektlar lizing berishdan asosiy vositalar uchun lizing
oluvchi subyektdan olinishi lozim bo`lgan to`lovni (qo`shilgan qiymat solig`i bilan
birga) operatsion daromadlar tarkibiga (Debet 4810 - «Uzoq muddatli ijara bo`yicha
1
6-son «Ijara hisobi» nomli BHMS. O’z.R. Adliya vazirligida 2004-yil 22-iyunda 1374-son bilan ro’yhatga olingan.
278
olinadigan joriy to`lovlar», 4820 - «qisqa muddatli ijara bo`yicha olinadigan
to`lovlar», Kredit 9550 - «Uzoq muddatli ijaradan daromadlar», 9350 - «Qisqa
muddatli ijaradan daromadlar») kiritadi.
Ijaraga olingan asosiy vositalarni joriy ta'mirlash xarajatlari lizing oluvchi
tomonidan qilinadi, kapital ta'mirlash esa shartnomadagi kelishuvga muvofiq lizing
oluvchi yoki lizing beruvchi hisobidan amalga oshiriladi.
Audit jarayonida auditor lizing subyektlarini aniqlashi lozim. 6-son BHMS ga
muvofiq, lizing subyekti bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
a) lizingga beruvchi lizing shartnomasi bo`yicha lizingga oluvchiga kelgusida
topshirish maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi shaxs;
b) lizingga oluvchi egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi
bo`yicha lizing obyektini olayotgan shaxs;
v) sotuvchi lizingga beruvchiga lizing obyektini sotayotgan shaxs.
Lizing obyekti lizingga oluvchining krediti (qarzi) hisobidan olinayotgan
taqdirda, aniq bir lizing obyektiga nisbatan lizingga beruvchining kreditori va
lizingga oluvchi bir shaxs timsolida ish ko`rishga yo`l qo`yilmaydi.
Lizingga beruvchi lizing obyektini bo`lgusi foydalanuvchidan keyinchalik uni
xuddi shu shaxsga ijaraga berish uchun sotib olgan hollarda, lizingga oluvchi va
sotuvchi bir shaxs bo`lishga yo`l qo`yiladi.Auditor yuqorida ko`rsatilgan masalalarni
tekshirib, o`rnatilgan talablar va qoidalarning buzilish hollarini o`zining ish
hujjatlarida aks ettirishi lozim.
Ko`pchilik xojalik subyektlari avtomobillarni sotib olganidan ko`ra foydaliroq
bo`lgani uchun ijaraga oladilar. Bunda auditor avtomashinani ishlatish va ta'mirlash
xarajatlarini qoplash, hisoblashishlar tartibi kelishilgan ijara shartnomasi bilan
tanishishi lozim.
Jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga ko`ra ijara to`lovlari ijarachi
tomonidan uning xarajatlariga qo`shilsa (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debet va
6910 schyot kredit) hisoblangan ijara to`lovi summasidan daromad solig`i undiriladi
(Debet 6910, Kredit 6410). Ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga ulardan ijaraga
olingan asosiy vositalar uchun hisoblangan ijara to`lovi summasidan budjetdan
tashqari fondlarga to`lovlar hisoblanmaydi.
Agar asosiy vosita obyektlari tadbirkor bo`lgan jismoniy shaxslardan ijaraga
olinsa, hisoblangan ijara to`lovi summasidan daromad solig`i ushlanmaydi. Subyekt
bunday to`lovlarning barcha turlari bo`yicha soliq inspeksiyasiga har chorakda
bildirib turishi lozim. Auditor subyektning ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar bilan
hisob-kitoblarni
hisobga
olish
qoidalari
va
soliq
qonunchiligiga
rioya
qilinayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Auditda bajariladigan barcha amallar lizing muomalalarining xususiyatini
hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Shuning uchun lizing shartnomalarini tuzish,
muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortishda yo`l qo`yiladigan
xatolarning aksariyati me'yoriy hujjatlardagi kamchiliklar va uslubiy qo`llanmalar
yetishmasligi bilan bog`liq.
279
Lizing operatsiyalarini tekshirishda auditning barcha bosqichlari: rejalashtirish,
auditorlar guruhini tuzish, tekshiruv o`tkazish, auditorlik hisoboti va xulosalarini
tuzishda maxsus yondoshuv talab qilinadi.
Lizingda lizing obyektiga egalik qilish va foydalanish huquqi bilan bog`liq
barcha tavakkalchiliklar lizinga oluvchiga o`tkaziladi. Lizingga oluvchining
buxgalteriya hisobida lizing aktiv va majburiyat sifatida lizing muddati
boshlanishidagi lizing obyektining joriy qiymati yoki minimal lizing to`lovlarining
diskontlangan qiymati bo`yicha, agar u past bo`lsa, tan olinishi kerak.
Audit jarayonida auditor lizing to`lovlarining diskontlangan qiymat to`g`ri
hisobga olinishini ham tekshirishi lozim. Minimal lizing to`lovlarining diskontlangan
qiymatini hisoblashda diskontlaydigan omil bo`lib, lizing shartnomasida ko`zda
tutilgan foiz stavkasi hisoblanadi, agarda uni aniqlash imkoniyati bo`lsa, aks hollarda
lizingga oluvchining qarz sarmoyasi bo`yicha o`sib boruvchi foiz stavkasidan
foydalaniladi. Lizing muddatining boshlanish vaqtida lizingga oluvchi va lizingga
beruvchi lizing to`lovlari jadvali (tartibi) ni kelishib oladi, unda lizingga beruvchining
daromadi, lizing obyektining qiymatini qoplash bo`yicha majburiyatlar va ularning
lizing muddati davomida taqsimlanishi ko`rsatiladi.
Auditor lizing bo`yicha foizlar lizing shartnomasi davomida davrlar bo`yicha
taqsimlanganligini va har bir davrda qoplanmagan majburiyatlar qoldig`iga doimiy
foiz stavkasini o`rnatish maqsadida lizing to`lovlari jadvalida aks ettirilganligiga
ahamiyat berishi kerak. Shuningdek, lizingga oluvchi tomonidan amalga oshirilgan
lizing obyektini sotib olish, yetkazib berish yoki belgilangan maqsadda foydalanish
uchun yaroqli holga keltirish bilan bog`liq xarajatlar lizing obyektining qiymatiga
qo`shilganligini ham aniqlash lozim.
Lizingga
oluvchining
lizing
obyektini
yaxshilash
(obodonlashtirish,
qo`shimcha qurish, qo`shimcha asbob-uskunalar bilan ta'minlash, rekonstruktsiya,
modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish va h.k.) xarajatlari lizing obyekti
qiymatini ko`paytiruvchi kapital qo`yilmalar sifatida aks ettiriladi. Agar lizing
obyekti, lizingga beruvchining ruxsati bilan yaxshilangan bo`lsa, shartnomaning amal
qilish muddati tugagandan so`ng yoki shartnoma bekor qilingach, lizingga oluvchi
ana shu maqsad yo`lida sarflangan barcha xarajatlarning qoplanishini talab qilish
huquqiga ega, agarda lizing shartnomasida o`zgacha shartlar ko`zda tutilmagan
bo`lsa.
Auditor lizingda har bir hisobot davri uchun lizing obyekti bo`yicha
amortizatsiya ajratmasi to`g`ri hisoblanganligini ham tekshirishi lozim. Lizing
obyektlari bo`yicha amortizatsiyani hisoblash O`zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining 2003-yil 9-oktyabrdagi 114-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan 5-son
«Asosiy vositalar» nomli BHMS ga muvofiq amalga oshiriladi.
Lizingga oluvchi lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin lizing
obyektiga mulkiy egalik qilish huquqini olishga ishonchi bo`lmasa, u holda u
quyidagilardan qaysi biri qisqaligidan kelib chiqib: lizing shartnomasi muddati
davomida yoki lizing obyektining xizmat qilish muddatida to`liq amortizatsiya qilishi
mumkin. Audit jarayonida lizing obyektini yillik qayta baholash lizingga oluvchi
280
tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilganligiga ishonch hosil
qilish lozim.
Lizing shartnomasi to`xtatilganda lizing obyektini qaytarish, lizing
shartnomasiga muvofiq uning to`xtatilgan sanadagi obyektining qoplanmagan
qiymati summasi bo`yicha amalga oshirilaganligi tekshiriladi. Lizing obyektining
chiqib ketishidan moliyaviy natijani aniqlaganda, oldingi qayta baholashlardagi lizing
obyekti qiymatining ko`paygan summasi, ya'ni oldingi baholashlardagi qiymat
pasayishi summasiga nisbatan ortgan qismi lizing obyektining chiqib ketishidan
ko`rilgan daromad tarkibiga qo`shiladi va bir vaqtning o`zida 8510 - «Mulkni qayta
baholash bo`yicha tuzatishlar» schyoti bo`yicha rezerv kapitalini kamaytiradi.
Lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida lizing aktiv sifatida lizing
muddati boshlanishidagi lizing obyektining joriy qiymati yoki minimal lizing
to`lovlarining diskontlangan qiymati bo`yicha, agar u past bo`lsa, tan olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |