Amaliy audit


Asosiy vositalarni harakati bilan bo g`liq muomalalar auditi



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

2.5. Asosiy vositalarni harakati bilan bo g`liq muomalalar auditi 
Dastavval, auditor moddiy javobgar shaxslarni va ular bilan tuzilgan to`liq 
moddiy javobgarlik to`g`risidagi shartnomalar mavjudligini aniqlashi zarur. Agar 
shartnomalar bo`lmasa, u holda auditor ularni tuzishni tavsiya qilishi lozim. 
Amaldagi tartibga ko`ra asosiy vositalarning analitik hisobi ularning tasnifiy 
guruhlari va inventar obyektlari bo`yicha, shuningdek obyektlarning moddiy javobgar 
shaxslarda turish joyi (bo`linmalar, brigadalar, sexlar, uchastkalar va h.k.) bo`yicha 
yuritiladi. 


276 
Subyektga kelib tushgan asosiy vositalarni tekshirishda har bir obyekt bo`yicha 
alohida tuzilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-I shakl) ning 
rasmiylashtirilishiga e'tibor qaratish zarur. Bunda dalolatnomadagi obyektning tavsifi, 
turgan joyi, sotib olingan manbai, chiqarilgan yoki ko`rilgan yili, ishga tushirilgan 
vaqti, obyektning sinov natijalari, uning texnik talablarga muvofiqligi va boshqa 
ma'lumotlar tekshiriladi. 
Ayrim hollarda bir turdagi va narxi bir xil xojalik inventarlari, asboblar, 
stanoklar olinganda asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish umumiy dalolatnomasi 
tuzilishi mumkin. Bunda ushbu dalolatnoma ma'lumotlari, unga ilova qilingan 
pasportlar, ishlatish tartibi, yo`riqnomalar ham tekshirilishi zarur. 
Hisobga qabul qilingan har bir asosiy vosita obyektiga inventar raqam berilgan 
bo`lishi lozim. Masalan, 001 dan 099 gacha inventar raqamlar binolarga, 100 dan 199 
gacha inshootlarga, 200 dan 299 gacha bo`lgan raqamlar uzatish qurilmalariga 
beriladi va hokazo. Berilgan inventar raqami asosiy vositalar obyektiga metall jeton 
bilan biriktirib, uchmaydigan bo`yoq bilan yozib yoki boshqa usullarda belgilab 
qo`yilishi lozim. Bu belgilar obyekt foydalanishda bo`lgan jami davr ichida saqlanib, 
buxgalteriya hisobining barcha tegishli dastlabki hujjatlarida va hisob registrlarida 
ko`rsatiladi. Obyekt hisobdan chiqarilganidan so`ng, uning inventar raqami yangi 
kirim qilingan asosiy vositalarga berilmaydi. 
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (ilova qilingan 
hujjatlar bilan birga) buxgalteriyaga o`z vaqtida topshirilgan bo`lishi lozim. Subyekt 
buxgalteriyasida asosiy vositalarning analitik hisobi, ularning har bir turi bo`yicha 
ochiladigan AV-6 shakldagi inventar kartochkalar yuritiladi. Bu kartochkada obyekt 
haqidagi barcha ma'lumotlar (dastlabki yoki tiklanish qiymati, amortizatsiya 
ajratmalari me'yori, kirim qilingan paytdagi eskirish darajasi) qayd etilgan bo`lishi 
kerak. 
So`ngra inventar kartochkalar ma'lumotlarining asosiy vositalarni hisobga olish 
bo`yicha inventar kartochkalar ro`yxati (AV-7 shakl) ga asosiy vositalarning tasnifiy 
guruhlari bo`yicha o`tkazilganligi tekshiriladi. 
Ro`yxatga olingan kartochkalar asosiy vositalar kartotekasida tarmoqning 
tasnifiy guruhlariga, guruh ichida esa turgan joyi, foydalanish joyi va turlari bo`yicha 
guruhlangan bo`lishi kerak. Ishlatilmayotgan asosiy vositalarning inventar 
kartochkalari alohida guruhlangan bo`lishi kerak. 
Asosiy vositalar hisobdan chiqarilganida dalolatnoma tuzilib, uning 
ma'lumotlari tegishli inventar kartochkalarda qayd qilinadi, so`ngra bu kartochkalar 
kartotekadan olib qo`yiladi. Amaliyotda, asosiy vositalar obyektlarining qiymati 
quyidagi xojalik operatsiyalari natijasida subyekt aktivlari tarkibidan chiqib ketadi: 
- sotilganda; 
- foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko`ra hisobdan 
chiqarilganda; 
- boshqa subyekt va shaxslarga beg`araz berilganida; 
- boshqa subyektlarning ustav kapitalini shakllantirish uchun ulush sifatida 
qo`shilganida; 
- kamomad yoki yo`qotish aniqlanganda va.h.k. 


277 
Audit jarayonida qayta baholash natijasida narxlar oshgan yoki kamaygan 
summalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi ham tekshiriladi. Qayta 
baholanib oshgan summa 0100 - «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» ning 
debeti va 8510 – «Mulklarni qayta baholash bo`yicha tuzatishlar» schyotining 
kreditiga yoziladi. 
Qayta baholangan asosiy vositalar obyektlari bo`yicha tiklanish qiymati 
inventar kartochkaning rekonstruksiyalash, modernizatsiyalash bo`limida qayd 
etilgan bo`lishi lozim. Shu bilan birga qayta baholangan eskirish summasi ham 
inventar kartochkaning tegishli bo`limida aks ettirilgan bo`lishi kerak. Har bir 
moddiy javobgar shaxs asosiy vositalar obyektlarining analitik hisobini AV-9 
shakldagi vedomostda yuritishi kerak. Bunda hamma moddiy javobgar shaxslar bilan 
belgilangan shaklda va ikki nusxada to`la moddiy javobgarluk to`g`pisida 
shartnomalar tuzilganligi, shartnomalarning bir nusxasi moddiy javobgar 
shaxslarning hujjatlar to`plamida, ikkinchi nusxasi esa shu xodimlarning o`zlarida 
saqlanayotganligi tanlab tekshirilishi lozim.Bulardan tashqari, auditor barcha moddiy 
javobgar shaxslar asosiy vositalarni o`z javobgarligiga olganligini tasdiqlab
inventarizatsiya vedomostlarida imzo qo`yganliklari hamda asosiy vositalarning 
keyingi kirimlari esa ularning dastlabki hujjatlardagi imzolari bilan tasdiqlanganini 
tekshiradi. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish