537
1-MAVZU. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MOLIYAVIY NAZORAT TIZIMI VA
UNDA AUDITNING TUTGAN O’RNI
1. Quyidagi tushunchalarga izoh bering.
Audit, tadbirkorlik faoliyati,
mustaqil nazorat,
buxgalteriya hisoboti, xo’jalik
yurituvchi subyekt, moliyaviy majburiyat va moliyaviy talablar,
auditorlik xizmati, buxgalteriya hisobotini tuzish bo’yicha tamoyillar, taftish, ixtiyoriy va majburiy
audit, tashqi audit, ichki audit, auditorlik xizmatlari bozori, auditning obyekti va subyekti, auditning
predmeti, auditorlik
tekshiruvining usullari, xo’jalik faoliyatining tahlili,
inventarizatsiya, hujjatli
tekshirish,
tahliliy amallar, kuzatish, so’rovnoma o’tkazish,
kalkulyatsiya, baholash,
taqqoslash,
skanerlash, tanlash, xo’jalik shartnomalari.
2. Muhokama uchun savollar:
1.
Auditning mohiyati nimada?
2.
Uning iqtisodiy bog’liqligi qanday ?
3.
Auditning maqsadlari va vazifalari qanday?
4.
Auditni boshqa iqtisodiy nazorat shakllari bilan aloqasi mavjudmi? Audit va buxgalteriya
hisobotining o’zaro aloqasini ochib bering.
5.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil nazoratning ahamiyati qanday?
6.
Auditorlik axborotidan asosiy foydalanuvchilar kimlar hisoblanadi?
7.
Iqtisodiy rivojlanishining barqarorligi va ishonchliligini ta’minlashda
auditning roli nimada
ifodalanadi?
8.
Auditorlik faoliyati standatlarining mazmuni qanday?
3. Mustaqil ish uchun topshiriqlar.
1.
Iqtisodiy nazorat hozirga zamon tizimini tavsiflang.
2.
Auditning maqsadi va asosiy vazifalarini aniqlang.
3.
Agar soliq xizmati mavjud bo’lsa, davlatga audit kerakmi?
4.
Aksiyadorning nuqtai nazarida nima to’g’riroq: agar uning o’zi nazorat shaklini (auditni)
tanlasa yoki u bunday tanlovdan mahrum bo’lsa (taftishda)?
5.
Agar audit nazoratining samarali shakli bo’lsa, unda hamma tashkilotlarga uni o’tkazish
majburiyatini yuklash kerakmi?
6.
Audit nazariyasini tanlash auditorlik tekshirishini o’tkazishga yondashuvlarga qanday ta’sir
o’tkazishi mumkin?
7.
Ichki audit bo’limining ishini, agar u bosh buxgalterga bo’ysunsa, samarali deb baholash
mumkinmi? O’z nuqtai nazaringizni asoslang.
8.
Aksionerlik jamiyatining taftish komissiyasi ichki audit hisoblanadimi yo tashqi?
9.
Taftish komissiyasi samarali ishlayotgan ochiq aksionerlik jamiyatida audit o’tkazish
kerakmi?
10.
Agar auditorlik faoliyati bekor qilinsa, mamlakatda nimalar yuz beradi?
11.
Mulkdorga tekshiruvchi tashkilotni o’zi tanlashi nima uchun foydaliroq?
12.
Nima uchun auditorlik tashkiloti ochiq aksionerlik jamiyati bo’la olmaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: