261
Ichki audit maqsadi –
bu tavsiyalarni tuzish, rahbariyat tomonidan
hisobga olinadigan
majburiy tadbir hisoblanadi. Kamchiliklarni bartaraf etish
bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish rahbariyat javobgarligi hisoblanadi.
Xatolar bilan ishlash ichki audit faoliyati doirasiga kiradi,
lekin qalloblikka
qarshi choralar qabul qilish uning vazifalari doirasidan tashqariga chiqadi.
Qalloblikka qarshi kurash, rahbariyat tizimining markaziy elementi bo’lib,
NTB asosiy xususiyatidan kelib chiqadi.
Ichki
audit
funktsiyasi
samarasi
uchun
sharoit
Ichki audit xalqaro tan olingan standartlarni tan oladi va qo’llaydi. Ichki
Auditorlar Instituti tomonidan ishlab chiqilgan
Audit Standartlari Tasnifiy
Standartlar, Ijro Standartlari va Realizatsiya Standartlaridan tashkil topadi.
Tasnifiy Standartlar tashkilot va tomonlarning ichki audit faoliyatini
amalga oshirishni tasnifiga taalluqli bo’ladi. Ular asosan mustaqillik, xolislik va
kasbiy mahoratlarini o’z ichiga oladi.
Mustaqillik
va
xolislik
Ichki audit – bu mustaqil va xolisona baholash:
ichki audit ichki nazorat
jarayoniga jalb qilinmaydi, chunki u ichki nazoratni baholashi lozim.
Aksincha, u boshqaruv tarkibiga bog’liq bo’lmagan holda faoliyat yuritadi. U
bevosita tashkilot rahbari oldida hisobot beradi.
Kasbiy
mahorati
Ichki audit faoliyati bilim, ko’nikma
va boshqa vakolatlar, uning
majburiyatlarini amalga oshirishni talab qiladigan hamda tegishli kasbiy e’tiborni
talab etadi.
Ijro Standarti ichki audit faoliyatining mohiyatini ochib beradi va sifat
mezonlarini
taqdim qiladi, ushbu xizmatlarni taqqoslash orqali baholanadi.
Ular asosan ish hajmini, auditorlik ishlarining bajarilishini va ichki audit faoliyatini
boshqarishni o’z ichiga oladi.
Ish
hajmi
Hamma faoliyat ichki audit sohasi orqali nazorat qilinadi. Bu – barcha faoliyat
tekshiriladi degan ma’noni
bildirmaydi, ular audit baholanishiga kiritiladi va riskni
baholash natijalari bo’yicha qarab chiqiladi.
262
Auditorlik
ishlarining
bajarilishi
Ichki audit batafsil riskni baholanishini tekshiradi, rahbariyat tomonidan
amalga oshiriladigan va uning riskini baholashni tayyorlaydi o’zining ish dasturi
asosida va audit ishlarini o’tkazadi.
Audit
ishlarining
hamma
bosqichlarida
(rejalashtirish,
testlash,
tekshirish, hisobot) Ichki audit bo’yicha qo’llanma
loyihasida yozilgan
tartibda
tegishli
kasbiy
mahorat
bilan
amalga
oshiradi,
tegishli
auditorlik kasbiy amaliyotini qo’llaydi.
Ichki
audit
faoliyatini
boshqarish
Audit bo’limi aynan bir xil resurslar bo’yicha taqdim qiladi. Aynan bir xil
miqdordagi auditorlarni yollash va o’qitish audit strukturasini tuzish,
auditorlik vazifalarini xalqaro standartlar asosida bajarish imkonini beradi.
Realizatsiya Standartlari auditorlik ishlarini maxsus turlari qo’llaniladi
va bu erda ular to’g’risida batafsil to’xtalib o’tilmaydi.
Ichki auditning asosiy 3 xil turi mavjud – bu mos kelishlik auditi, tizimli audit
va faoliyat natijalari auditi.
Mos kelishligi auditi tegishli qo’llanilayotgan
qonunlar, qoidalar, nizom,
standart va tegishli amaliyotga nisbatan mos kelishligini baholaydi. Tizimli audit
rahbariyat tomonidan tashkil qilingan ichki nazorat ishonchliligini tekshiradi.
Faoliyat natijalari bo’yicha audit rahbariyatning uning tasarrufida bo’lgan
umumiy rahbarlik va resurslarga nisbatan harakati natijalarini baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: