14.3-rasm. Moliyaviy nazorat tizimi.
Maxsus audit. Operatsion auditning maxsus vazifasi ma’muriyat ehtiyoji bilan
aniqlanadi. Bunday audit nihoyatda turli-tumandir. Misol qilib, ma’lumotni elektron
qayta ishlash tizimining samarasizlik sabablarini aniqlashni, biron-bir bo’limda
jinoyat yuz berishi mumkinligini o’rganishni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
tannarxini pasaytirish bo’yicha tavsiyanomalar taklif qilishni ko’rsatish mumkin.
Ma’lumki, bizning korxonalar faoliyatida bu funktsiyalarning asosiy qismi
iqtisodiy bo’limlarga yuklatilgan edi. Bozor iqtisodi sharoitiga o’tish bilan
O’zbekistonda bu sohada ham ancha o’zgarishlar yuz berdi. Bunga muvofiq yuqori
davlat nazorat organi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Nazorat
inspektsiyasi tashkil etildi. Bu organ ob’ektlari bo’lib, Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi ma’muriy va moliyaviy nazorat bo’yicha komissiya va qo’mitalar hamda
nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi a’zolari
hisoblanadi.
Auditorlik faoliyati sohasida olib borilgan ishlarga qaramay, nazoratning
auditorlik tashkiloti bo’yicha o’rganishni talab qiladigan ko’proq masalalar borki,
bular fikrimizcha, operatsion auditni tashkil qilishning xususiyatlari; operatsion audit
uslubiyotini ishlab chiqish va ishchi hujjatlaridan foydalanishdir.
14.2. Operatsion audit natijalarini umumlashtirishning ahamiyati va
zarurligi
Moliyaviy nazorat tizimi
Davlat
nazorati
Jamoat nazorati
Mahkama
nazorati
Mustaqil
audit
Prezident
huzuridagi
nazorat
inspektsiyasi
Jamoat
tashkilotlari
Mahkama va
vazirliklar
Auditorlik
tashkilotlari
465
Huquqiy bozor iqtisodiyotini (ehtimolki hatto hisob auditorlik huquqining
alohida tarmog’ini barpo etib) qaror toptirish va rivojlantirish, tadbirkorlarning turli
shakllarini rivojlantirish, barqaror iqtisodiy va fuqarolarning ijtimoiy himoyalanishini
ta’minlash, chinakam oshkoralikning mavjudligi. Bunda bozor iqtisodiyotining
o’zini-o’zi tartibga soluvchi vositalari (shu jumladan audit ham) amalda samarali
tadbirkorlikni, aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlaydi, davlatimizni saqlab
qolish yo’lida mehnat qilishga imkon beradi, deb hisoblashmoqda.
Operatsion auditda auditor xo’jalik tizimining kuzatuvchi sifatida axborot
xatarini kamaytirishi zarur. Bu vazifani bajarish tekshirish natijalariga va auditorning
professional mulohaza yuritish qobiliyatiga asoslangan. Bu vazifani bajarish
tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ektlarning faoliyati (shu jumladan buxgalteriya hisobi
va yillik buxgalteriya hisoboti) muayyan mezonlarga muvofiqligi yoki muvofiq
emasligi haqida auditor o’z fikrini bildirishi bilan nihoyasiga etadi. Bu 4-rasmda
tasvirlangan.
Bu vazifani bajarish uchun auditordan keng professional va hatto intellektual
dunyoqarash, yuksak axloqiy fazilat va nazorat ishining ma’lum ko’nikmalari talab
qilinadi. Kengaytirilgan dasturda amalga oshiriladigan audit juda murakkabligi
sababli
odatda
nazorat-taftish
tadbirlarini
mutaxassislar
guruhi
bajaradi,
mutaxassislarning har biri biror kasb sohasida chuqur bilimli bo’ladi.
466
Do'stlaringiz bilan baham: |