462
Auditorlik tekshiruvlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish,
korxonadagi tartib, mehnat va texnologik intizomni,
tovar-moddiy zahiralarning
omborlar va boshqa saqlash joylaridagi hisobi, mulklarning saqlanishi, hisob-kitoblar
holati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalariga sezilarli ta’sir
ko’rsatadigan boshqa ko’plab holatlarni qamrab oladi. Shuning uchun auditorlik
hisobotida korxona moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalariga bevosita ta’sir-
ko’rsatadigan, hamda hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichlari ishonchliligini
pasaytirishiga
olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi katta
kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim.
Agar audit oldiga xo’jalik tizimiga yuqori samaradorlik va mehnat unumdorligi
darajasiga chiqish uchun yordam berish maqsad qilib qo’yilgan bo’lsa, ichki xo’jalik
auditorlarining kuchi bilan ichki xo’jalik nazorati usullarining samaradorligini testdan
o’tkazish operatsion auditning elementini tashkil qiladi. Masalan, xodimlarning
kvalifikatsiya darajasini tekshirish
- bu ham operatsion audit, agar masala faqat
kompaniya o’z mahsulotini samarali va unumli ishlab chiqarayotgan yoki yo’qligini
aniqlashga qaratilgan bo’lsa.
Quyida ko’rib o’tiladigan farqlardan tashqari,
yana shuni aytish kerakki,
moliyaviy hisobot auditi o’tgan davrni hisobga olib ish yuritsa, operatsion audit
xo’jalik faoliyatining kelajagiga taalluqli bo’ladi. Masalan,
operatsion audit tufayli
xom-ashyolarni sotib olishda xarajatlarni kamaytirish uchun, biron-bir mahsulot
minimal narxda xarid qilinayotganligi yoki yo’qligini baholash mumkin.
Ichki xo’jalik nazoratni baholashda moliyaviy hisobot
auditi bilan operatsion
audit o’rtasida ikkita muhim farq mavjud:
1.
Ichki xo’jalik nazoratni testdan o’tkazish va baholash maqsadlaridagi
farq;
2.
Ularning ish ko’lamidagi farqi.
Moliyaviy hisobot auditida ichki xo’jalik nazorat tizimini baholashdan asosiy
maqsad - bu tekshiruv masshtablarini aniqlashdir. Operatsion audit uchun esa bu
maqsad shu nazorat tizimining unumdorligi va samaradorligini baholashdan hamda
ma’muriyat uchun tavsiyanomalar berishdan iborat.
Ichki xo’jalik nazoratini baholash moliyaviy
hisobot auditida moliyaviy
hisobotning aniqligiga ta’sir etuvchi savollarga javoblar bilan chegaralangan bo’lsa,
operatsion auditda nazoratning har qanday turi samaradorlik va unumdorlikka ta’sir
etishi ko’rib chiqiladi. Masalan, operatsion auditda mahsulotlarning reklama
kataloglaridan foydalanish oqibatidagi haqiqiy unumni aniqlash uchun marketing
bo’limlari foydalanadigan hisob siyosati va muolajalarini o’rganib chiqish mumkin.
Unumdorlik va samaradorlik nuqtai nazaridan ichki xo’jalik
nazoratiga baho
beruvchi operatsion auditning uchta asosiy kategoriyalari mavjuddir. Operatsion
auditning turlarini quyidagi 14.2-rasmda ko’rsatishga harakat qilamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: