Ichki nazorat va ichki auditning o’zaro asosiy farqlari
Ichki nazorat asosan ichki auditdan farqli tomoni shundan iboratki, u
rahbarlikning
barcha
darajasida
amalga
oshiriladi.
Bundan
farqli
ravishda, ichki audit mustaqil auditorlar tomonidan amalga oshiriladi, ular
faqat tashkilot rahbariga hisob beradi va ichki nazorat tizimini to’g’ri
tuzilganligini ham tekshiradi.
Ichki nazorat tizimi samarali ichki audit funktsiyasi uchun dastlabki
shartlardan hisoblanadi.
Ichki nazorat tizimi hech qachon taftishning muhimligini pasaytirmaydi.
Odatda taftish funktsiyasi davlat mablag’larini noqonuniy o’zlashtirish,
suiste’molchilik, kamomad, qallobliklarga qarshi samarali himoya vositasini
bajaradi. Lekin ichki nazorat bilan rahbariyat tomonidan har qanday ichki
audit o’rnini qoplash(kesishish)ni amalga oshirilishi mumkin emas.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, byudjetning ijrosi
jarayonida
g’aznachilikdan
foydalanish
alternativ
usullaridan biridir.
G’aznachilik asosida byudjet mablag’laridan foydalanishda ularni iqtisod
qilish, nazoratni kuchaytirish, soliq to’lovchilarning pulini talon-taroj qilish
hollarining oldini oladi.
O’zbekiston Respublikasi davlat sektorida ichki audit bo’yicha nizom
Jahon bankining “O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi auditni
instituttsional rivojlanishi va takomillashtirish” loyihasi doirasida, ushbu
loyiha xalqaro maslahatchisi P.Mordak tomonidan tayyorlangan, unga ko’ra
davlat sektorida xalqaro audit standartlari talablari asosida va amaldagi
byudjet qonunchiligi doirasida, Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va Moliya
vazirligi boshqa boshqarmalari mutaxassislari hamda Moliya vazirligi
G’aznachiligi mutaxassislari bilan birgalikda, O’zbekiston Respublikasi
Moliya
vazirligi
G’aznachiligi ichki audit xizmatining kontseptsiyasi
bo’yicha tegishli hujjatlar to’plami ishlab chiqildi. Shu jumladan, ushbu
hujjatda ichki audit tushunchasi aniqlangan: “O’zbekiston Respublikasida
davlat moliyasini boshqarishning yangi instrumenti sifatida moliya bo’yicha
davlat strategiyasida, eng avvalo G’aznachilikda qo’llash maqsadida ichki
audit kiritildi.”
Shunday qilib, unda davlat sektorida ichki auditni tashkil
etishning asoslari berilgan va u mustaqil ichki
bo’linma
vazifasini
bajaradi, G’aznachilik rahbariyati oldida javobgardir.
Ichki nazoratning 5 komponentiga asoslangan ichki audit funktsiyasining
tegishli tavsifini keltirish mumkin:
Nazorat muhiti
41
“Ichki nazorat muhiti” tushunchasi juda oddiy va aniq. U tashkil
etishning hamma umumiy xususiyatlarini o’z ichiga oladi, nazorat tizimini
engil harakatga keltirish qobiliyatini o’z ichiga oladi. Haqiqatda esa
tegishli yo’lga qo’yilgan “muhitsiz” hech qanday ichki nazorat va audit
tizimini hayotga tatbiq etib bo’lmaydi.
Uning asosiy xususiyati Davlat moliyasini boshqarish islohotlarini
samarali joriy etish hisoblanadi. Unga tegishli qo’shimchalar kiritiladi 1)
tashkiliy strukturani ishonchli tashkil etish deganda, javobgarligi va
rahbariyatga bo’ysinishi tushuniladi va 2) yaxshi boshqarish amaliyoti, shu
jumladan, inson resurslari siyosatiga taalluqli va davlat xizmati statusi,
hisobotlarning shaffofligi, to’g’riligi va asosliligini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |