Davlat moliyaviy nazorati turlari
Davlat moliyaviy nazorati organlari o’zining vakolati doirasida
quyidagi nazorat turlarini amalga oshiradi:
1) kompleks nazorat – aniq davr bo’yicha hamma masalalar
bo’yicha nazorat ob’ektlarini tekshirish va faoliyatini baholash;
2) tematik nazorat – aniq davr bo’yicha ayrim masalalar bo’yicha
nazorat ob’ektlarini tekshirish va faoliyatini baholash;
3) muqobil nazorat – uchinchi shaxs nazorati, tekshirilayotgan savol
doirasida asosiy nazorat ob’ekti bilan bog’liq faqat o’zaro munosabatlar
savollari qarab chiqiladi;
4) qo’shma nazorat – davlat moliyaviy nazorati organlari boshqa davlat
organlari bilan hamkorlikda o’tkazadigan nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: |